Bahri bayt  ( 869855 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 204 205 206 207 208 209 210 211 212 213 214 ... 255 B


Abdulhafiz  18 Oktyabr 2009, 21:58:32

Madadkor istasang vaqti musibat,
Salomat vaqtida qilg'il saxovat.
Qochar bazl bandang eshikdin,
Qilur begona lutf, etsang itoat.
Sa'diy

Qayd etilgan


Abdul_Malik  18 Oktyabr 2009, 23:29:47

Tavhidni anglamak zo'r ibodatdir,
U bir poydevori zo'r imoratdir,
Qilgan hajing sening bir sayohatdir,
Ollohni qalb chindan tanimaguncha.

Hayrulla Hamidov

Qayd etilgan


Abdulhafiz  19 Oktyabr 2009, 06:35:02

Afsus, tegib dahrdin osibi xazonlar,
Yer birla teng o'ldi lolayu gul, rayhonlar,
Bu kishvari foniyda ajal ra'didin,
Teng bo'ldi yer ila tuman sultonlar.
Huvaydo.

Qayd etilgan


Mahdiyah  19 Oktyabr 2009, 06:59:44

Rahm etdim yetimlarga ushbu kun,
Sadaqadir topgan noni bir butun,
Zikr etmoq niyatimdir kunu-tun,
Ayo ummatingman, seni Muhammad.

Mahmud Jo’shqin

Qayd etilgan


Abdulhafiz  19 Oktyabr 2009, 07:54:02

Daraxtiki, navkishtadur bir kishi
Qo'pormoq oni asru oson erur.
Vale necha yil o'tsa yuz fili mast,
Qo'ngormoqlig' oni na imkon erur.
Sa'diy

Qayd etilgan


Mahdiyah  19 Oktyabr 2009, 08:29:22

Rasululloh bir kun qo‘rqib so‘zlagan
Kunlar boshimizda turibdi qarang.
Atrofning yalong‘och turgan holiga
Ko‘taramiz xatto boshimiz arang.

H.Hamidov

Qayd etilgan


Abdulhafiz  19 Oktyabr 2009, 12:48:45

Guldan senga chambarak.
Yasab berolmasam ham.
Ziyodalik tilagum.
Ixlosingga mustahkam.
Ertan seni va meni.
Ko'rsa Havvo va Odam.
Shoyad quchoqlasinlar.
Kulib turib osuda.
Sen asli bo'lding, deb zo'r.
Odamlar orasida.
Xayrulloh Hamidov

Qayd etilgan


Hadija  19 Oktyabr 2009, 15:07:32

Allohim, amringga bo’yin eggan dam
Tanimni cho’lg’aydi shirin titroqlar,
Uyg’ongan bahorday ruh bo’lar ko’rkam,
Qalbimni tark etar uyqu, mudroqlar.

Allohim, amringga bo’ysungan on
Go’yoki barg yozar dilim kurtagi,
Behisht bo’yin tuyib rohatlan, ey jon,
Bunchalar maftunkor zikrin bezagi.

Nurmuhammad Shoyoqub

Qayd etilgan


Robiya  19 Oktyabr 2009, 21:24:46

Ishq magar avval emishdir,oxir ul,
Bitta ko'rgil ishqni,ikki ko'rmagil.

Mavlono J. Rumiy

Qayd etilgan


Abdulhafiz  19 Oktyabr 2009, 21:32:05

Luqmadin ichin o'yla xoli tob,
Ma'rifat nuri birla to'lg'aysen.
Ma'rifat ko'nglunga nechuk kirsun,
To burun ta'madin pur o'lg'oysen.
Sa'diy.

Qayd etilgan