Bahri bayt  ( 870705 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 213 214 215 216 217 218 219 220 221 222 223 ... 255 B


Abdulhafiz  21 Noyabr 2009, 06:39:36

Nechukki donishim yo'q omiydurman.
Jiydaning mevasining xomidurman.
Buzuq bo'lsa so'zimni so'kmangizlar,
Yuzumdin obi xijlat to'kmangizlar.
Xato bo'lsa so'zimni o'tkazinglar,
Negaki omiyman ma'zur tutinglar.
Huvaydo

Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Noyabr 2009, 07:07:19

Ro’molda kulsa gar kula olingiz,
Loaqal dinidan to’la olingiz,
Hijobiga hijob bo’la olingiz,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

H.Hamidov

Qayd etilgan


Ansora  21 Noyabr 2009, 14:41:20

Ибодат бор сди, у стгай давом,
Қирқ билан ёпмасмиз бу уйнинг томин.
Бизни тинглаганга ҳамиша салом,
Яна ксришгунча соғ бслинг! Омин!

A.Oripov.

Qayd etilgan


Afruza  21 Noyabr 2009, 22:55:36

Nima qilsam, Oyni boshqa yig‘latmaysiz.
Nima qilsam, tinch qo‘yasiz osmonlarni?
Nima qilsam, yulduzlarga tosh otmaysiz,
Nima qilsam, o‘ldirmaysiz jayronlarni?

Birga Haqning ayvoniga boradi, deb,
Qaldirg‘ochlar qo‘llarimdan tutib olgan.
Hech bo‘lmasa, panoh so‘rab beradi, deb,
Oyog‘imga kiyikchalar yotib olgan...

Yomonlarga pastlagim yo‘q, asli, lekin,
Giyohlarning nomlaridan qo‘l so‘rayman.
Hali kechmas, hali yana sevish mumkin,
Men gullarning ko‘ngli uchun yo‘l so‘rayman.

Nurga qayting — ro‘yolarni ketkazasiz,
Yeru ko‘kning tinchi uchun boshlandi jang.
Bu ketishda umringizni yutqazasiz,
O‘zingizga shafqat qiling — Oyga tegmang.

Qayd etilgan


Mahdiyah  22 Noyabr 2009, 07:55:39

Go'zal hulqni sen o'rgan go'zal Rasulullohdan
Rizqing kutgin sen faqat Buyuk Buyuk Allohdan.
Shukr ayla Rabbingga, bersa senga bir burda non.
So'rasa gar Rabbing tayyor bo'l bermoqqa jon!

(kamina)

Qayd etilgan


_NOSTRA_  22 Noyabr 2009, 11:31:41

N omingiz o'chirdiku xiyonatiz dilimdan,
O rzularimiz qiynab tinmay so'roqlar meni.
S evgimiz bir tomonda o'ksib-o'ksib yig'laydi,
T anho qolgan yuragim faqat sizni so'raydi.
R ahmingiz kelmadi-a?g'arib bir sevgilizga?
A rmonim bo'ling mayli yetolmay vaslingizga...

Qayd etilgan


siddiqa  22 Noyabr 2009, 11:41:31

aldab ketar hayosi qursin ,
pinhon yashar riyosi qursin ,
ikki kunlik dunyosi qursin ,
Fikr qilgim keldi o'limni
 Hayrulla Hamidov .

Qayd etilgan


Abdulhafiz  22 Noyabr 2009, 15:35:04

"Аллоҳ бир", деб тавҳид учун йиғламас,

А­нг ҳақиқат йслни кснгли хоҳламас,

А Али, деб ширк келтирар ҳар нафас

Лайғамбарин танимайин ссганлар?!

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Noyabr 2009, 05:58:43

Rabbim, o’zingsan sarvari olam,
Senga sajda etay, yetsin bu nolam,
Sig’ingum men senga kiprikda jolam,
Umiddan ayirma hech bir bandangni.
Haqni nohaqlikka burgan beimon,
Uning bu dunyoda turmog’i gumon.
Hatto u dunyoda qolmaydi omon,
Umiddan ayirma hech bir bandangni.
So’fi Olloyorni Jo’shqin o’qigil,
Uning ta’rifiga qo’shiq to’qigil.
Umiddan ayirma hech bir bandangni

MAHMUD JO'SHQIN

Qayd etilgan


Abdulhafiz  23 Noyabr 2009, 06:51:10

Iloho, lutf qil, man mubtalog'a,
Tushubdurman biyoboni balog'a.
Yotibman yuz tuban isig'da suvsob,
Kishi yo'qdur tomizg'ay qatrayi ob.
Qurib qonim, yetibdur labga jonim,
Tushubdur yerga og'zimdin zabonim.
So'fi Allohyor

Qayd etilgan