Bahri bayt  ( 870717 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 214 215 216 217 218 219 220 221 222 223 224 ... 255 B


Mahdiyah  23 Noyabr 2009, 07:00:02

Men kimman? Asli bir nodon...
Demoqqa uyalgum asli bir inson...
Umar Hayyom bermish mendekka bir nom
Na chin kofiru na chin musulmon.

(kamina)

Qayd etilgan


Ansora  24 Noyabr 2009, 12:38:07

Nahot orzuyima yetmay ko‘yida xonumon kuysa,
Nahot Shirin kabi yorim demas: "Kel munda, Farhodim".

Taajjub etmangiz gar bunda jonim tez chiqar bo‘lsa,
Ne tong, novaklari-la dilni teshkan o‘lsa jallodim


Shokirbek akamizni ijodlaridan...

Qayd etilgan


Abdulhafiz  24 Noyabr 2009, 21:51:00

Kel e ko'ngil, jahon savdosidin kech,
Qadam g'am kishvarig'a urmag'il hech.
Jasad qolmasdin ilgari nafasdin,
Havo ko'b qilmag'il, kechgil havasdin.
Dari tavba ochuqda ista maqsud,
Ish o'tkan so'ng pushaymondin nechuk sud.
So'fi Allohyor

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Noyabr 2009, 07:24:55

Na dardu na shodligi bor uning
Ko'zlarida tomchi malhami bor uning.
Mayli na boyligu-shafkati bor uning
Lek IYMONU, go'zal LAFZI BOR UNING
(c)

P.S. qopiyayam qopiya bo'p ketti uzrrrrrrrrrrr


Qayd etilgan


Abdulhafiz  25 Noyabr 2009, 07:37:21

Gunohim ko'p men ham bir banda,
Ammo quyosh sharqqa botganda,
Qiyomatning tongi otganda,
Ummatim deng yo Rosululloh.
Mahmud Asror

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Noyabr 2009, 07:48:30

Hofizi-qorilar, olimlar ko'pdir
Ularni deb ilmu toliblar ko'pdir...
Asl muallim siz yo Rasululloh!
Jonim fido sizga yo Habibulloh (c)

Qayd etilgan


Abdulhafiz  25 Noyabr 2009, 08:03:48

Ҳикмат айтай санга дсстим қулоқ сол,

Ҳақни севсанг бу сабоқдан ибрат ол!

Чун агар айбингни айтса бир тараф,

А­т қабул, инсонлигингга бу шараф.

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Noyabr 2009, 08:10:07

Faqat ko'rinsada dunyo "qora"mas,
Senga tuyilsada u faqat "oq"mas.
Ko'ra olsang turli ranglarni do'stim
Hayot aslida qiyin tuyilmas.

kaminai "rosa" kamtarin   :D

Qayd etilgan


Abdulhafiz  25 Noyabr 2009, 10:35:49

Savob ishni har kun qilaylik,
Oxiratni doim yodda tutaylik.
Biron ishni qilishdan avval,
Oxirini o'ylab, bilib qilaylik.

Qayd etilgan


Hadija  25 Noyabr 2009, 21:15:15

Keksaygan chog’imda talaba men ham.
Ilmda zabardast, sara-mumtozlar
Sabog’I dillarga bo’lmoqda malham.
O’rganay kaloming, madad ber O’zing,
Yo Rabbim, yolvoray O’zingga har on.
Ko’zlarimga surtay har nurli so’zing,
Dilimga jo bo’lsin muqaddas Qur’on.

To’lqin Lutfullayev, Mehnat faxriysi

Qayd etilgan