Bahri bayt  ( 871047 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 240 241 242 243 244 245 246 247 248 249 250 ... 255 B


Muslimahon  28 Dekabr 2011, 00:53:42

Navro'zguli

Navro'zguli, boychechagim, bormisan,
Men senga zor, sen menga ham zormisan?
Muz ichida asradim men ko'nglimni,
Sen o'zingni asrab, baxtiyormisan?

Omonliqsan, to'tiyosan ko'zlarga,
Sevgi maktubisan ma'sum qizlarga.
Suykalasan dudoqlarga, yuzlarga,
Bitta o'zing bir butun gulzormisan?

Ninachining qanotidek barging bor,
Asal va sut bo'yi kelar atring bor.
Qadrim bilib yo'qladingmi, qadring bor,
Yolg'izginam, yolg'izlarga yormisan?

Ay, ko'ngilni qitiqlagan erka gul!
Ay, olamni ko'mgan orzu-sirga, gul!
Qayga desang, men ketarman birga, gul!
Sen ham mendek dardga xaridormisan?

Oy ham kulcha ko'rinarmish ochlarga,
Bulut ko'rpa bo'lib zor-muhtojlarga.
Tashna dilu ruhi yalang'ochlarga -
Birdek tansiqmisan, madadkormisan?

Jonim gulim, o'tinaman, so'lmay tur,
Dunyo yashnaganda hazon bo'lmay tur.
Meni yetim qilma, ketma, o'lmay tur,
Sen ham mendek dunyodan bezormisan?

Iqbol Mirzo

Qayd etilgan


Aqoid  28 Dekabr 2011, 04:55:16

Na aylay obi kavsarni nigorim bo'lmasa soqiy,
Xarobot ichra bordim, qatra may ondin totib o'ttum.

Ayo do'zax, meni kuydur, haloyiq kuymasun hargiz,
Tamug'din ish o'ti purzo'r, aning zahrin yutib o'ttum.

Qayd etilgan


Muslimahon  28 Dekabr 2011, 06:37:21

BIZ BAXTLI BO`LAMIZ

Mayli-da, kimgadir
Yoqsa,
Yoqmasa,
Ularga qo`shilib
Yig`lasharmidik.
Biz baxtli bo`lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa
Uchrasharmidik"¦

Rayhon hidlaringni
Yo`llarimga sep,
Kut meni,
Har oqshom,
Ko`kka oy chiqqan.
Faqat,
Yig`lamagin,
Gunohim ne deb,
Aybing —
Onang seni
Chiroyli tuqqan!..

Menga
Bir tabassum
Hadya et, ey yor,
Nur tomsin
Lablaring
Sohillaridan.
O`zing ayt,
Senday qiz
Yana qayda bor,
Kipriklari uzun —
Kokillaridan?..

Iymanib yashama
Xayol pinjida,
Yoyil,
Yayra jonim,
O`rtanma g`amda.
G`iybatlarga chida,
Tuhmatga chida,
Sen bittasan, axir,
Yorug` olamda.

Men esa
Oshig`ing sening —
Eng g`arib.
Tundan so`z
Qarz olib,
Tongga tutguvchi.
Sening yonimda ham
Seni axtarib,
Sening yoningda ham
Seni kutguvchi.

Ista,
Tiz cho`kaman
Hozir oldingda.
Sevdim,
Sevganimdan
Uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar
Sening qalbingda
Ijarada turgan
Qizlar men uchun!..

Biz baxtli bo`lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa,
Uchrasharmidik?!

Qayd etilgan


Secret  28 Dekabr 2011, 10:27:25



   Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulro' kelmadi,
   Ko'zlarimg'a kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

   Lahza-lahza chiqdimu chektim yo'lida intizor,
   Keldi jon og'zimg'a bu ul sho'xi badxo' kelmadi.

   Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot,
   Ro'zgorimdek ham o'lg'onda qorong'u kelmadi.

   Ul parivash hajridinkim yig'ladim devonavor,
   Kimsa bormukim anga ko'rganda kulgu kelmadi.

   Ko'zlarindin necha suv kelgay deb o'lturmang meni,
   Kim bori qon erdi kelgan bu kecha suv kelmadi.

   Tolibi sodiq topilmas, yo'qsakim qo'ydi qadam,
   Yo'lg'akim avval qadam ma'shuqa o'tro' kelmadi.

   Ey Navoiy, boda birla xurram et ko'nglung uyin,
   Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg'u kelmadi.
   (Alisher Navoiy)

Qayd etilgan


Abdulhafiz  28 Dekabr 2011, 12:25:26

Ishq niholin dilga ekdim g'amingdan,
Ne-ne alamlarni chekdim g'amingdan.
Ne so'ylay, g'amingda to'ydim jonimdan,
Yaxshisi demain lom-mim g'amingdan.

Nizomiy Ganjaviy

Qayd etilgan


ree7  28 Dekabr 2011, 19:50:37

Nega islom ko'rinmaydi, musulmonlar diyorida,
Qoldi faqat kitoblarda, o'quvchilar hayolida... (nashid)

Qayd etilgan


Muslimahon  28 Dekabr 2011, 21:30:31

Ayol qalbing bilan
Suv kech, olov kech,
G`am kelsa boshingdan
Xushing uchmasin.
Xudodan so`radim:
Mendan keyin hech,
Nomard kimsalarga
Ishing tushmasin.
Ularning qo`lida
Hamisha tuzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!

Muhammad Yusuf

Qayd etilgan


Muslimahon  28 Dekabr 2011, 22:53:19

Nedan ranjidingiz jon singillarim,
Qaboqlar uyuldi, chimrildi qoshlar.
Turkman tushunmay tosh otsa, chidadim,
Ammo yomon botdi siz otgan toshlar.
 ::)

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  28 Dekabr 2011, 23:28:17

Rubobiy she'r yozsam...
qaytsam bir nafas...
hamisha musaffo chashmani ko`rsam,
qoraygan cho`qqilar qoriga qarab,
bir nafas xayolchan o`snirga do`nsam.
Voh, o`shal lahzalar...
o`tdimi butkul
gunafsha atirli tansiq tuyg`ular,
sahargi bog`larni uyg`otgan bulbul,
oylarning nurlarin elagan suvlar.
Yashil shajar edim...
Qandoq sog`indim...
ko`zimni yashnatsa rubobiy ranglar.
Qaysi bir dunyoga buncha og`rindim,
dilimni qaritdi besamar janglar.
Men jangchi emasdim,
men shoir edim,
nihoyat shoirdan ko`ra zobitman,
har nafas musulmon millatim dedim.
nafsiga kuyganlar keldi oqibat.
Haromni xush ko`rgan malakfurushlar
zig`irday himmatin qilganda minnat,
yaproqday sarg`ordim buyuk urushda
musulmon yo`q edi,
yo`q edi millat.
Bas, qushlar sayroqi,
yaproqlari mo`l
yashil shajar kabi turay mushakkal,
ilhomim haqida so`ylasinlar xo`b,
zaharli tilimdan to`kilsin shakkar.
Rubobiy sabolar ruhimdan esing,
qaytadan uyg`onsin ilohiy tug`yon.
Voh, yalang shoxlarim qilichday keskir,
bir yaproq qolmaptir shivirlayturg`on.

(Shavkat Rahmon)

Qayd etilgan


Muslimahon  29 Dekabr 2011, 00:33:27

Nafsqasrini shohona qurmoq
Haqdan yuz o'girib, iblisga burmoq

Nafs daryosiga cho'ksa hamiyat ,
Xorlik maydonida qolur jamiyat .

Kimki buzuq nafsining quli,
Erta so'ngay umrining guli ,

Nafsing poyida aqling bo'lsa hor,
Ikki dunyoying ham kechadi nochor
                                     
Kubro

Qayd etilgan