Bahri bayt  ( 870553 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 241 242 243 244 245 246 247 248 249 250 251 ... 255 B


Muhammad Sanjar  29 Dekabr 2011, 20:44:22

Ro'molingni bo'yama,
Bilmaygina yuvdirdim.
Otang seni bermay, men
Olaman deb kuydirdim...

Meni suysang bo'lgani,
Sen so'zingda tur, jonim.
Otangni o'zim yo'lga
Solaman, deb kuydirdim.

Malomatlar yog'ilsin,
Toshlar yog'sin boshimga,
Men ahdimga vafodor,
Qolaman, deb kuydirdim.

Otang seni bermadi,
Taqdir dedim. Ko'nikdim.
Men bechora... bir shoir
Bolaman, deb kuydirdim...

(Muhammad Yusuf)

Qayd etilgan


Muslimahon  29 Dekabr 2011, 21:03:02

YOZG‘UVCHILIKKA ARIZA
(Bir g‘alamis tilidan)

Meni nazariga ilmaydi birov,
Sizga shu gaplarni aytayin tikka.
Kecha bir davrada o‘ynadim garov,
Meni qabul qiling, yozg‘uvchilikka.

Har xil soyuzlar bor.
Masalan, kino,
Demangiz men o‘zni unga uraman.
Sabil texnikasi qiyinmish, ammo
Tomosha qilishni yaxshi ko‘raman.

Rassom bo‘lishlikka toqatim hech yo‘q,
Chunki zaril bunda g‘alat iste’dod.
Masalan, xo‘tikka o‘xshasin xo‘tik,
Sharmanda qiladi bundaqa ijod.

Bastakorlarda ham bor emish soyuz,
Bu ham to‘g‘ri kelmas, rostini aytsam.
Vijdonim yo‘l bermas, chidamaydi yuz,.
Qo‘shiq aytmaganman umrimda hech ham.

Shoirlik-chi, tegsin xudo urganga,
Sotib olayinmi tekin kulguni.
Dab-durust jumlalar qator turganda,
Teskari aytmoqlik shartmikan uni.

Yozg‘uvchilik esa, oh, bu g‘aroyib,
Mening talantimga shu soha nuqta.
Pastu balandlarga turfa, ajoyib
Maktublar bitganman g‘oyaviy puxta.

Xullas, o‘rtoq rais, aylangiz imdod,
Men sizga haq gapni aytaman tikka.
Ko‘pirib yotibdi menda iste’dod,
Meni qabul qiling yozg‘uvchilikka.
1981

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


Rabella  29 Dekabr 2011, 21:58:27

Ishonmang  bu qadar tirikligimga,
Zulmatda ziyodek yorishib ketsam.
Ertaga qayerdan topasiz meni,
Hokisor tuproqqa qorishib ketsam.

Qayd etilgan


Muslimahon  30 Dekabr 2011, 09:24:38

Nedin axir ruhimdagi xavotirlar,
Siz qaydasiz ertakdagi bahodirlar?
Necha yilki, dunyo dilim ma’yus qildi,
Endi baxtdan xushnud kulgali ketsaydim.

Guljamol

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  30 Dekabr 2011, 19:31:00

Men mag'rurman - qo'y - boshqani sev,
Maftun bo'lsin senga boshqa dil.
Bu dunyoda hech bir narsaga -
Sevgiga ham - men bo'lmayman qul.

(Pirimqul Qodirov "Uch ildiz" romanidan)

Qayd etilgan


Muslimahon  31 Dekabr 2011, 12:34:27

La’lmi, larzonmidi ishq?
Qarzmi, ehsonmidi ishq?
Bir yortiga yor bo`lmay,
Arshda sarsonmidi, ishq?
Dardmi, darmonmidi ishq?
Asli armonmidi ishq?
Alishganing — muz bo`ldi,
Shuncha arzonmidi, ishq?..

Lobar Aziz

Qayd etilgan


Muslimahon  31 Dekabr 2011, 13:01:37

Uzun tunlar bunchalar muhzun,
Mahzun kunlar bunchalar uzun.
Men ertaga yashashim uchun,
Seni bugun ko'rmasam bo'lmas!

Iqbol Mirzo

Qayd etilgan


Donishmand  31 Dekabr 2011, 13:03:24

Siz mening qalbinmi hech ocha ko'rmang,
Unga ko'mganman ko’p tun, kun, yillarni,
Har biri aslida bir manzilga teng,
Asrga tatgunday o'tgan yo’llarni,

Siz mening qalbimni hech ocha ko'rmang
Undagi hotira sizni kuydirar,
Donishmandning bosgan har bir qadami,
Aslida dard bilan g'amni bildirar,

Lekin sirti mudom hotirjam uning,
Borar manzili ham yodida hamon,
Ko'zlagan cho'qqisi oldida boshqa -
Chiroyli tuyg'ular tuyular  yomon!

                         
                          Donishmand.

Qayd etilgan


Muslimahon  31 Dekabr 2011, 13:08:43

Netay, peshonamda shu dard bor bo‘lsa!
Qaniydi bu dardga xaridor bo‘lsa...
Seni tanlarmidim, ixtiyor bo‘lsa!
Holim yomon bo‘ldi seni sog‘inib.

Qayd etilgan


Muslimahon  31 Dekabr 2011, 13:21:57

Shu P xarfiga bog'lamela oxirini iltimoss  ::) rossayam qiyinde P ga topishsh  :5

Лешонамни қслимга тираб,
Тунда узоқ стираман жим.
Қайлардадир унсиз тентираб
Талпинади Сизга юрагим.
Майли менга битта ссз айтманг,
Имо қилманг хатто ксз билан.
Ҳеч бслмаса бегоналардек,
Дийдорлашгим келар Сиз билан.

Qayd etilgan