Bahri bayt  ( 867032 marta o'qilgan) Chop etish



Muhammad Sanjar  01 Yanvar 2012, 20:11:11

Сочларимга инмоқда қорлар,

Интиқтирди бизни баҳорлар.

Секин стар бслганида он,

Йсллар қараб чашминг нигорон...

Соғинганим,

Соғинмадингми?

 

Туманларга айланди оҳим,

Хун бслган шу юрак гувоҳим.

Дардим ёзиб, стганимда ёд,

Тиқилади бсғзимга фарёд.

Соғинганим,

Соғинмадингми?


Ishq biyobonida yurmoq ham mushkul,
Undan oyoq yig'ib turmoq ham mushkul,
Hammadan mushkulroq shuki, har joyda
Yoring ma'lum, lekin ko'rmoq ham mushkul.

(Pahlavon Mahmud)

Qayd etilgan


Muslimahon  01 Yanvar 2012, 20:16:31

Лабларга озуқа илохий сзан,
Бир ёнда қизимга жилмаср хусан,
Боламнинг оғзига тупурса хасан
Асри саодатни қаттиқ соғиндим!

H.H

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  01 Yanvar 2012, 20:23:38

Muhabbat - chiroyli kapalak,
qo'rqaman sho'rlikni tutgani.
Kapalak quvganim yodimda,
yodimda yo'q ammo yetganim.

Yuragim ranjigan boladay
na ermak, taskinga ko'nadi.
Muhabbat - chiroyli kapalak,
hali ham gullarga qo'nadi.

Ortidan halloslab chopaman,
xijolat bo'laman g'o'rlikdan -
qanchalik yugurmay baribir
orqada qolardim sho'rlikdan.

(Shavkat Rahmon)

Qayd etilgan


Muslimahon  01 Yanvar 2012, 20:37:45

Ne g`urbatlarni chektim charx bebunyod dastingdin,
Mudom motamda qoldim, bo`lmadim dilshod dastingdin,
Tamomi xonumonim bo`ldi chun barbod dastingdin,
Qafasdin bo`lmadimki qumridek ozod dastingdin,
Hama obod bol`di, bolmadim obod dastingdin
Ki men har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdin.
Dilimning quvvati, ruhi ravonimdin ayirdilar,
Ko`zimning oqi yanglig` mehribonimdin ayirdilar,
Azizim, hamdamim, oromijonimdin ayirdilar,
Jahon gulzorida ul gulistonimdin ayirdilar,
Hama obod bol`di, bolmadim obod dastingdin
Ki men har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdin.

Mashrab

Qayd etilgan


Машраб  01 Yanvar 2012, 20:40:46

 :asl3:

Men, Alisher Navoyining "Kecha kelgumdir debon" deb nomlangan baytlarini juda yoqtiraman, sizlarchi.

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  01 Yanvar 2012, 20:44:42

Nokasu nojins avlodin kishi bo'lsun debon,
Chekma mehnatkim, latif o'lmas kasofat olami.
Kim kuchuk birla xo'dukka necha qilsang tarbiyat,
It bo'lur, dog'i eshak, bo'lmaslar aslo odami.

(Alisher Navoiy)

Qayd etilgan


Muslimahon  01 Yanvar 2012, 21:00:00

Ilm ila, yo rab, qil oning rutbasin andoq baland
Kim, bori olimlar o'lsun tabe'u minqod ango.

Ilm andoq ganji nofi'dur bani odamg'akim,
Kimda ul bo'lsa, iki olam bo'lur odob ango.

Ogahiy

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  01 Yanvar 2012, 21:07:44

Oddiy mashinani ko'rsa bolalar
Hayratga tushishni kanda qilmaydi.
Olis yulduzlarda ulkan kemalar
Uchib yurganini ular bilmaydi.

Biz-chi, dunyo ishin bilamiz andak,
Oila quramiz, bola ko'ramiz.
Lekin mashinaga boqqanday go'dak,
Hamon ilk sevgini eslab yuramiz.

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


Muslimahon  01 Yanvar 2012, 21:12:22

Zaminingga sig’mayin qoldim
Osmonlarga uchgim keladi
Bulutlarga termulib toldim
Men ularni quchgim keladi

Sajdalarga qo’yolmayin bosh
Talpinar vujudim yuksakka
Osmonlardir menga qora tosh
Sig’mam sajdagoh u burchakka

Oq bulutlar qalbim yoritar
Ular go’yo iymonimga jon
Seni menga ko’proq tanitar
Ishq qo’ymoqqa beradi imkon

Robiya

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  01 Yanvar 2012, 21:40:17

Iltimos, BAHRI BAYT qoidalariga rioya qilaylik!

Oq bulutlar qalbim yoritar
Ular go’yo iymonimga jon
Seni menga ko’proq tanitar
Ishq qo’ymoqqa beradi imkon

Nafis chayqladi bir tup na'matak
Yuksakda, shamolning belanchagida,
Quyoshga ko'tarib bir savat oq gul,
Viqor-la o'shshaygan qoya labida,
Nafis chayqaladi bir tup na'matak...

Mayin raqsiga hech qoniqmas ko'ngil,
Vahshiy toshlarga ham u berar fusun.
So'nmaydi yuzida yorqin tabassum,
Yanoqlarni tutib oltin bo'sa-chun
Quyoshga tutadi bir savat oq gul!

Poyida yig'laydi kumush qor yum-yum...
Nafis chayqaladi bir tup na'matak...
Shamol injularini separ chashmadak,
Boshida bir savat oq yulduz-chechak,
Nozik salomlari naqadar ma'sum.

Tog'lar havosining feruzasidan
Mayin tovlanadi butun niholi,
Vahshiy qoyalarning ajib ijodi:
Yuksakda raqs etar bir tup na'matak,
Quyoshga bir savat gul tutib xursand!

(Oybek)

Qayd etilgan