Chigirtkalar
Rizqimizni terib jim,
Yurganday biz - g‘ir-g‘ir,
Har qadam xavf-xatardan
Qaqshar yurak zir-zir.
Ana biri - yirtqichlar,
Bir tulki deb, xirr-xir,
Yirtib-yirtdi tipglashib
Bir-birini shirr-shir.
Tomoqlari takkillab,
Darrandalar "chirr-chir",
Poylab yurar bizni ham
Og‘iz ochib qirr-qir...
Sal boshimiz ko‘tarsak,
Uchib kelib pirr-pir,
Changal urar och arvoh,
Parrandalar birr-bir.
O’t, ushoq yeb, yalang‘och,
O’rnimiz loy, kirr-kir.
Oyoq osti umrimiz,
Aytishamiz jirr-jir.
Bosh bo‘lmasa bir boshda,
Yursak titrab dirr-dir,
Bosib o‘tar har hayvon,
Temirlar ham "tirr-tir".
Nur tovlanar bir, ana,
Bu ne balo sirrsir?..
Joning bo‘lsa, qochib qol,
In-inigga kirr-kir!..
Cho'lpon