Bahri bayt  ( 870713 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 ... 255 B


Nodi  18 Iyul 2006, 07:15:29

Ruhsorlari oyim onam,
Armonlarga boyim onam,
Sog`ingandur debon bolam,
Onajonim kelmadingiz.

Sizsiz koshonalar vayron,
Yuragim sanchar beomon,
Sog`indim ko`p bugun yomon,
Onajonim kelmadingiz.

Tohir Mahkamov qo'shig'idan.
   

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:15:36

Zangor o`rmon bag`rida
Mag`rur o`sgan, oqqayin.
Senga keldim atayin,
Kel, qo`shig`im aytayin

Seni ko`rdim, esladim,
Oqbilak malagimni
Yoshlikning tor yo`lida
Yo`qotgan tilagimni.

Sherali Jo'rayev qo'shig'idan

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:15:44

Izlab-izlab topganlarim dard,
Insonlaring shaytonga ulfat,
Topolmasam bitta do`stu mard,
Tikka turib o`lganim bo`lsin.

Yig`layverma yig`loqi ko`ngil,
Bizni dardni anglamas hech kim,
Mard bo`l kulib kelsa ham o`lim,
Tikka turib o`lganim bo`lsin.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:16:07

Nopok do'stlarimdan yana kuyayin,
Malomatlar otsin, yana ko'rayin,
Hasratingda umrim o'zing suyayin,
Panohingga olgin, meni Xudoyim.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:16:16

Muhabbat, ey go'zal iztirob,
Ey ko'hna dard, ey ko'hna tuyg'u.
Ko'kragimga qo'lingni tirab,
Yuragimni to'kib qo'yding-ku.

Qancha ko'zlar menga zor edi,
Na g'am, na anduhim bor edi.
Qushday yengil ruhim bor edi,
Chok-chokidan so'kib qo'yding-ku.

Ne qilarding menga tegib sen,
Yengilmagan edim — yengib sen,
Boshlarimni yerga egib sen.
Qomatimni bukib qo'yding-ku.

Sen men uchun bir xayol eding,
Yaxshi bor yo yaxshi qol eding,
Jon kerakmi — mana ol endi,
Qiynar bo'lsang qiynab to'yding-ku.

Bilmam, nima edi maqsading:
Menga bir juft guling asrading,
Birin otin Kumush atading,
Birin ismin Zaynab qo'yding-ku!

Muhabbat, ey go'zal iztirob,
Ko'chang kezdim sarson, dovdirab,
Yuzlarimga yuzlaring tirab,
Ko'zlarimni boylab qo'yding-ku!

Muhammad Yusuf

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:16:24

Ul parivash hajridinkim yig'ladim devonavor,
Kimsa bormukim anga ko'rganda kulgu kelmadi.

Ko'zlarindin necha suv kelgay deb o'lturmang meni,
Kim bori qon erdi kelgan bu kecha suv kelmadi.

Tolibi sodiq topilmas, yo'qsakim qo'ydi qadam,
Yo'lg'akim avval qadam ma'shuqa o'tro' kelmadi.

Ey Navoiy, boda birla xurram et ko'nglung uyin,
Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg'u kelmadi.

Alisher Navoiy

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:16:31

Ikki yil biz uchun xuddi bir dunyo
Kezgandik falakni xayollar bilan
Endi-chi azobda qolib bu dunyo
Kim ham istar dardni shirin hayotdan?

Yo'q endi undayin sevgi kelmaydi,
Qiynalib o'tarman sevolmay chindan
Buni hech kim aslo aslo bilmaydi
Qog'ozga to'kaman dardimni dildan.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:16:37

Niqob bilan do`st bo`lma, gulro`,
Yoz so`zimni yoding lavhiga,
Umr o`zi g`oyat qisqa-ku,
To`ymoq qiyin tole shavqiga,
Yoz so`zimni yoding lavhiga.

Qismatlarda ne qaroliq bor,
Qolmas bir zum baxsh etsang rohat.
Gunoh bo`lur shu sabab, dildor,
Bu dunyoda yashirsang tal’at,
Bergach uni ona tabiat.

Sergey Yesenin
   

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:16:44

Tunlar ko’kka boqib o’ylaysan kimni,
Gul kabi jamoling kimga fidodir?
Samodan izlayver, mayli, baxtingni,
Sevgingni arsh bilgan oshiq — xudodir:
Baxt sari ibtido tilayman senga,
Eng sodiq bir xudo tilayman senga!

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:16:56

Armonlarga zorlanadi jonsiz vujudim,
Ko'z yoshlari qum bag'riga singmagan daryo.
Tushunmaydi, yolg'izlikdan ko'r bo'lgan qalbim,
Muhabbatning orzulari armonli dunyo.

Alisher Bek

Qayd etilgan