Bahri bayt  ( 870733 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 ... 255 B


Nodi  18 Iyul 2006, 07:17:03

Oshiqlarni dargohig'a olib borg'ay,
Bari Haqdin qo’rqub yana yig'lab turgay,
Ug'on Izim tuhfang bo’lsa keltur degay,
Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.

Oshiq aytur: "Tuhfamiz yo’q g'ayr az gunoh,
Qilg'onimiz doim erur jurmu xato,
Lutfung bilan afv etmasang holim taboh,
Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.

Ahmad Yassaviy
   

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:17:10

Qiynadi bu ishq meni tun kechalar zor yig`latur,
Ayta olmayman netay ham nomusu or yig`latur.

Ushshog`u segoh mening ruhimni sel qilgay yana,
Bo`ldi, bas deyman quloq solmay yana tor yig`latur.

Ba’zida aylab tavoze qilsalarku muhtaram,
Bu ulug` jonimni shum qilmay biror kor yig`latur.

Gul desam yonishi yo`q, bulbul desam honishi yo`q,
Bu latif ruhimni aylab bunchalar xor yig`latur.

Ko`zlarimda shashqatordur yoshlarim yo`lga qarab
O`ylamayman telbani aqlu hushim bor yig`latur.

Qiynadi bu ishq meni tun kechalar zor yig`latur,
Ayta olmayman netay ham nomusu or yig`latur.

Hajr o`tida kuydirib, ishqing o`tida yondirib,
Ne sababdin bilmadim ko`nglimni Ra’no yig`latur.

Ra'no Aliyeva

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:17:17

Raqiblar sezsalar jonon kuyib kul bo‘lg’usi shu dam,
Alardin ajratib bizni suyib-saylab qarashlarga.

Tig’ing yetganda ko‘ksimga ki ko‘zlar to‘qnashib olgay
Nishonga tegdimu yo‘qmi deya o‘ylab qarashlarga.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:17:24

Atirgulim, atringni soch,
Mayli tikan xoring bo‘lay,
Ko‘z tegmasin bo‘yingga deb
Tilovchi zor-zoring bo‘lay.

Mayli bo‘lay ko‘zmunchog‘ing,
Bo‘yningda tumoring bo‘lay,
Yiroq ketma, ketsang agar
Yo‘lingda sardoring bo‘lay.

Boring bo‘lay, yo‘g‘ing bo‘lay,
Yoningdagi yoring bo‘lay.

Sherali Jo'rayev

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:17:30

Yulduzsan sirlaring yecha olmadim,
Armonsan bir to‘yib qucha olmadim,
Ketdim deb, kechdim deb kecha olmadim,
Sen meni armonim, birinchi sevgim.

Yengildim to‘kildim qiynoqlaringdan,
Shoirlar bo‘ldimey firoqlaringdan,
Endi ne foyda bor titroqlaringdan,
Sen meni armonim, birinchi sevgim.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:17:37

Malohatda tengsiz ekan ul qalamqosh,
Go'zallikda oylar bilan husn talosh,
Dugonasin ta'rif etar tilida bol
Voh, bilmas-ey o'zini der, yurak bebosh.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:17:44

Shohimardon tog'lariga chiqdim, bolajon,
Zilol-zilol suvlaridan ichdim bolajon.

Ohunjon Madaliyev

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:17:52

Nasib etmay yor vasli,
Endi hajri qiynasin!..
Kimda kimning ko'ngli bor,
Qo'yavering, o'ynasin...

Ikki yorti bosh uzra
Porlasin ishq quyoshi.
Qizga hayo, yigitning
G'urur bo'lsin yo'ldoshi.

Diydoriga bir-birin
Termulishib to'ymasin.
Kimda kimning ko'ngli bor,
Qo'yavering, o'ynasin...

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:18:04

Nodirajon, Shoirajon,
Tanam qimir etmaydi.
Osmon to'la havolar
Faqat menga yetmaydi...

Shavkat Rahmondan

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:18:15

Ishongandim, ko‘zlar meni sotib ketdi.
Ayamadi — so‘zlar meni otib ketdi.
Dardim bor-ku, nega buncha duduqlandim,
Zabonimni to‘tiqushlar yutib ketdi.

Yuzlarimda muhabbatning so‘qmoqlari,
Dunyolarni yoqmaydimi chaqmoqlarim?
Tuproq edim, tuproqlarga botib ketdim,
Gunohlarim o‘sayapti, gunohlarim.

Tutab-tutab ko‘k bag‘rini tig‘layapman,
Yuragimdan boshqa joyga sig‘mayapman.
Ko‘ksimdagi og‘riqlarim yolg‘onmidi,
Osmonlarni yig‘latolmay yig‘layapman.

Behzod Fazliddin
   

Qayd etilgan