Bahri bayt  ( 870759 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 ... 255 B


Nodi  18 Iyul 2006, 07:18:25

Nelardandir ko`ngil bo`lib g`ash,
Ham egilib, bu egilmas bosh.
Ko`zlarimda qalqib tursa yosh,
Bir mushtipar onam yig`laydir,
Qolganlari yolg`on yig`laydir!
   

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:18:32

Roziydim bir nafas qoshingda,
Cho'kkalab, oyog'ing ostiga,
Yuzingga termulib yuzingga,
Eng ajib so'zimni so'zlolsam.
Va o'lsam mayliga shu holda...

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:18:39

Azoblaring — muhtaram,
Men dardingga xaridor.
Tovonimni o‘psa ham,
Tikanlarning haqqi bor.

Yuragimni uyg‘otgan
G‘amlaringga ming shukur.
Gardlarimni yo‘qotgan
Dardlaringga tashakkur!

Endi Senda parvoyim,
Dunyoni yutib ketdim.
Suyunchi ber, Xudoyim,
O‘zimdan o‘tib ketdim.

Behzod Fazliddin

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:18:46

Men seni sog’ingach bedor tunlar,
O’rtanib yulduzlarga suyandim.
Tong otib, bag’ritosh kunlar,
Sevgiling yo’q bunda, ket dedilar"¦

Men seni sog’ingach, yomg’irdek,
Yuzlarimni yuvdim ko’z yoshim ila.
Xayollarim sekin to’zib ketdiy-u
Men unga begona,ket dedilar..
   

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:18:53

Rostin aytsam, yuragimda dosh qolmadi,
Men boshimni urmagan bir tosh qolmadi,
Qurib qolgan kiprigimda yosh qolmadi,
Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay.

Uzun-uzun armonlarim chiqib ketsin,
Zardoblarim ko‘z yosh bo‘lib oqib ketsin.
Qalbimga bir qizg‘aldoqlar boqib ketsin,
Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay.

Behzod Fazliddin

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:19:00

Yog`dularga ko`milgan shahar
Betonlari biqinni chaqar.
Uyim qasr bo`lsa ham agar,
Guvalakka almashaman men.

Shoirlikni suymaydi jinim,
Menga havas qilmagin inim.
Shuhratimni totli bir tilim,
Handalakka almashaman men.

Muhammad Yusuf
   

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:19:07

«Ne uchun oy ma’yus sochar nur?»
Chechaklarni tutdim so`roqqa:
Ular dedi: guldan so`rab ko`r
Sahar payti kirganda boqqa.

Yesenin

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:19:13

Aytdimmi kimlarning asl do`stligin,
kimlarning haqiqiy yog`iyligini?!
Kun keldi,
boshingni egadigan kun,
hattoki o`zgalar gunohi uchun
yuzingni bosgancha yerning yuziga,
silkinib-silkinib yig`laydigan kun.
Mendan nima qolur,
abadiy nurlar
barq urib yashnagan dunyo tomonda?
Urinib-surinib, sira to`lmagan
bir ko`ngil qoladi
qolsa ham mendan.

Shavkat Rahmon

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:19:21

Naqadar kechikib angladim seni,
chaqinlar yo`q qilsa meni daf'atan,
ayt, qandoq chidayman bunday xo`rlikka,
ayt, qandoq yotaman qa'ringda, Vatan!

Shavkat Rahmon
   

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:19:28

Necha ming musulmon tunu kun uyg‘oq,
Ka’ba atrofini tinmay aylanar,
Murodi tabarruk maskanni o‘pmoq
Sajdaga har biri har zum shaylanar.

Olam ummon bo‘lsa, girdobi shu joy,
Olam osmon bo‘lsa, mehvari bunda
Milliard martabali jahon haynahoy
Kemadek qalqadi bitta to‘lqinda.

Abdull Oripov

Qayd etilgan