Bahri bayt  ( 870455 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 ... 255 B


Mas'ud  02 Avgust 2006, 11:12:40

Nechun, jonim, ko'zlaringda nam?
Nechun yillar qiynading o'zing?
Dadrlaringni ko'ramiz baham,
Haqiqatdan yummagin ko'zing.

Qancha kutdim gohida chidab,
Gohi sendan qilib andisha.
Majbur bo'ldim o'zimni aldab,
Yashab yurdim kulib hamisha.

Qalbim-chi, u yig'lar edi jim,
Qayg'ularin etmasdi oshkor.
Faqat rozing kutdi yuragim,
Qadamingga bo'lib intizor.

Ko'zlaringni yashirma mendan,
So'zing tinglab, qarab to'ymayman.
Menikisan. Endi hech qachon,
Hech kimsaga berib qo'ymayman.

hurmat ila...JaruleUZB

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Avgust 2006, 16:36:17

AbdulAziz, manimcha eski forumdagi "Bahri bayt" g'oliblarini aniqlash kerak.
Kim eng ko'p post qilganini.

Nima dedingiz?
Taklifingizga ko'ra eski forumdagi bahri bayt natijalarini e'lon qilayapman:

AbdulAziz   151
Farzonochka   93
Maknuna      93
Kumushbibi   67
Mohinur      53
Shoir      51
Assalom      46
Otabek      41
Shahina      21
Nargiza85   19
Muxbir      10
Margilanets   9
Muhabbatli kongil   4
Quvonchbek    3
Nodi      3
Bekmirzo      3
Mansur      2
Karima      2
Shoiru sheru shuur   2
kamol      2
Pitnak      2
Mansur Xusanov   1
Tolib      1
Kamolbey      1
Abu Muslim   1
ISTANBUL   1
Bonu      1
Komron      1
Nodirbek      1
Behzodbek   1
Adashgan it   1
begi      1
Akbarxon      1

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Avgust 2006, 16:43:53

Nechun meni sababsizcha unutdingiz, aytingiz?
O'tunamen, yalinamen, qochmangiz, qaytingiz!
Yana butun borlig'imning negizlari yemrildi,
Umidimning ko'p chidamli teraklari yiqildi.

Abdurauf Fitrat

Qayd etilgan


maknuna  03 Avgust 2006, 08:27:55

Il gado jonig'a o't tushkaykim,
Olg'ali sham'i mazorim kelgay.

Ko'yida itti ko'ngul, vah, qachon ul
Masti devonashiorim kelgay.

Qani maykim, chu ichib mast o'lsam,
Ko'kka tuz boqqali orim kelgay.

Ey Navoiy, tilamon huru pari,
Shoyad ul bazmda yorim kelgay.

Alisher Navoiy

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Avgust 2006, 14:02:18

Yo'lda adashib yurgan bola kabidir holim,
Majnun dilidan chiqqan nola kabidir holim,
Arqonga madad bo'lmas tola kabidir holim,
Ohu ko'zida bitgan bola kabidir holim,
Umidi saodat yo'q,sen bo'lmasang yonimda.

Tunni uladim tongga vaslingga to'yarman deb,
G'am lashkarini sabrim tig'i-la so'yarman deb,
So'ng qatli g'amim qonin ko'z yoshla yuvarman deb,
G'urbatdagi boshimni tizzangga qo'yarman deb,
Umrimda farog'at yo'q,sen bo'lmasang yonimda.

Ma'ruf Jalil

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:33:12

Avfilillohkim, sabo keltirmasa sendan xabar,
Hech nasib bo`lmasdi ko`rmak bizga ko`cha-ko`laring.

Bexabar erdi jahon avvalda ishq oshubidin,
Qoldi g`avg`oga u ko`rgach g`amzai jodularing.

Hofiz Sheroziy

Qayd etilgan


Abdusalom  05 Avgust 2006, 11:57:21

Garchi shuncha mag`rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak?

Kamtarin bo`l, hatto bir qadam
O`tma g`urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O`par doim peshonasidan.

Erkin Vohidov

Qayd etilgan


Mohinur  06 Avgust 2006, 08:57:35

Na ishonchu na quvonchu na ko'ngildan gapni och,
Barchasidan ushbu kun yo'qdir samar, ketmoqdaman.

Men quyosh yuzlimga deb, tun-kechalar berdim yurak,
Oqibat otganda tong qondir jigar, ketmoqdaman.

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


maknuna  11 Avgust 2006, 13:56:22

Niqob bilan do`st bo`lma, gulro`,
Yoz so`zimni yoding lavhiga,
Umr o`zi g`oyat qisqa-ku,
To`ymoq qiyin tole shavqiga,
Yoz so`zimni yoding lavhiga.

Qismatlarda ne qaroliq bor,
Qolmas bir zum baxsh etsang rohat.
Gunoh bo`lur shu sabab, dildor,
Bu dunyoda yashirsang tal’at,
Bergach uni ona tabiat.

Segey Yesenin

Qayd etilgan


Mas'ud  13 Avgust 2006, 07:18:16

Tong saharda, bugun, quyosh chiqishin,
Hayolimda sening birla kuzatdim.
Nedandir yoshlangan ko'zing yoshini,
Artmoqlik uchun so'ng qo'lim uzatdim.

Ko'zing tubidagi qayg'u ne uchun?
Nimaga qalbing ham unsiz yig'laydi?
Nimadan hafasan singiljon bu kun?
Javobsiz savollar jonim tig'laydi.

Qarashingda yo'q hech umid uchquni,
Xissiz nigohingda nelar mujassam?
Qalbing tuyg'ularingnimi tutquni?
Armonlar tinchliging bermas, kuzatsam.

Dardlaring to'kib sol boshdan mufassal,
Ayt  menga: nimadan chekding iztirob?
O'zimga olayin dardimni tugal,
Osmon etay ko'ngling, orzuing so'rab.

Qalbing yig'lab zabun, titraysan nechun,
Hech qovushmas dildan aytgan so'zlaring.
Javobsiz ishq nahot qiynarmi bugun?
So'yla nedan mayus, mahzun ko'zlaring???

hurmat ila...JaruleUZB

Qayd etilgan