Bahri bayt  ( 870391 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 ... 255 B


Shahina  10 Sentyabr 2006, 12:09:31

Alvido, ey, xushxayollarim,
Sizni changday puflab uchirdim.
Hayot, sizga yo‘q savollarim,
Hayot, hammasiga tushundim.

Iqbol Mirzo

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Sentyabr 2006, 08:18:42

Minoralar temuriylar savlatidandur,
Madrasalar pok iymonlik sarhadidandur,
Alisher ham temuriylar avlodidandur,
Sherali ham uning buyuk davlatidandur,
Tugab-bitmas san’ati bor sohibqironning.
Azal buyuk davlati bor sohibqironning.

Sherali Jo'rayev

Qayd etilgan


Shoxjahon12  11 Sentyabr 2006, 10:34:56

Minoralar temuriylar savlatidandur,
Madrasalar pok iymonlik sarhadidandur,
Alisher ham temuriylar avlodidandur,
Sherali ham uning buyuk davlatidandur,
Tugab-bitmas san’ati bor sohibqironning.
Azal buyuk davlati bor sohibqironning.

Sherali Jo'rayev


Gar qizlardan bo`lsa ziyoda,
Men gullarni qirqardim butkul,
To ko`rmayin yorug` dunyoda
Shahinamdan suluvroq bir gul.


Sergey Yesenin

Qayd etilgan


Nodi  11 Sentyabr 2006, 20:09:28

Lablarimga tabassum ko’chdi,
Seni o’ylab, hayratim cheksiz.
Shoir so’zi yodimga tushdi:
Buncha sodda, buncha o’zbeksiz!"œ

Mirzo Kenjabek

Qayd etilgan


Shahina  12 Sentyabr 2006, 07:56:38

Zulfi halqa-halqau ko'zi qaro bu yerdadir,
Boqishi shafqatli-yu,nozikado bu yerdadir.

Kiprigi - xanjar, karashma - tig'u ko'z tashlash yashin,
Gar shahid bo'lmoqchi ersang, Karbalo bu yerdadir.

Zebunniso

Qayd etilgan


Abdusalom  12 Sentyabr 2006, 09:14:26

Raqiblar sezsalar jonon kuyib kul bo‘lg’usi shu dam,
Alardin ajratib bizni suyib-saylab qarashlarga.

Tig’ing yetganda ko‘ksimga ki ko‘zlar to‘qnashib olgay
Nishonga tegdimu yo‘qmi deya o‘ylab qarashlarga.

Sherali Jo'rayev

Qayd etilgan


Mohinur  12 Sentyabr 2006, 10:32:08

Arazingiz ko‘zlarimga jola qilay,
Ko‘ngil ber deb ming bor o‘lib, ming tirilay,
Sizga yolg‘iz men alamli qo‘shiq aytay,
Arazlarda jonim qolib ketsin mening.

Qayd etilgan


Nodi  13 Sentyabr 2006, 19:05:39

Garchi meni sevolmasang,
Sevgimga hech ko`nolmasang,
Birga-birga yurolmasang,
Sevaman deb aldab qo`ygin,
Sevaman deb aldab qo`ygin.

Qayd etilgan


yabancicek  14 Sentyabr 2006, 00:46:52

Nahotki siz ketdingiz sevgimizdan voz kechib,
Ortingizdan qarab qoldim so'z deyolmay men hayron.
Endi tanho qolaman hijron sharobin ichib,
Endi bo'lar muhabbat ikkimiz uchun armon.

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Sentyabr 2006, 06:48:55

Nafsim meni yo’ldun urub, xor ayladi,
Termulturub xaloyiqg’a zor ayladi,
Zikr ayturmay, shayton birla yor ayladi,
Hozirsen, deb nafs boshini sonchtim mano.

Ahmad Yassaviy

Qayd etilgan