Bahri bayt  ( 870345 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 ... 255 B


Mas'ud  21 Sentyabr 2006, 22:03:03

Qaro qoshing qalam qoshing,
Qiyiq qayrilma qoshing qiz.
Qilur qatlimga qosh qayrab,
Qilich qotil qaroshing qiz.

Qafasda qalb qushin qiynab,
Qanot qoqmoqqa qo'ymaysan.
qarab qo'ygin qiyo,
Qalbimni qizdirsin quyoshing, qiz.

yana Erkin Vohidovdan

Qayd etilgan


Shahina  22 Sentyabr 2006, 09:52:49

Zavol ko'rma hech qachon, o'lkam,
Zavol bilmas shu yoshing bilan.
Muzaffar bo'l, g'olib bo'l, o'ktam,
Do'stu yoring, qardoshing bilan.
Asrlarning silsilasida
Boqiy turgay koshonang sening.
Ulug' bashar oilasida
Mangu yorug' peshonang sening.
Mangu yorug' maskanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


Nodi  23 Sentyabr 2006, 11:01:28

Malhamingman doim hamdam bo'laman derding,
Turna bo'lib har bahorda kelaman, derding,
Aytchi unda nechun menga sevaman derding,
Turna bo'lib har bahorda kelaman, derding.

Qayd etilgan


Abdusalom  23 Sentyabr 2006, 22:17:01

Garchi qurutmas ko'zumning yoshini,
Haq uzun qilsun ul oyning yoshini.
Yig'lama ko'p, bu vujuding ishq o'ti,
Ne qurug'in qo'yg'usi,ne yoshini.

Lutfiy

Qayd etilgan


shoir  24 Sentyabr 2006, 07:06:27

Ishq bobini Mavlom ochqach menga tegdi,
Tufroq qilib, hozir bo’l, deb bo’ynum egdi,
Boron sifat malomatni o’qi tegdi,
Paykon olib, yurak-bag’rim teshtim mano.

Ahmad Yassaviy

Qayd etilgan


Shahina  24 Sentyabr 2006, 17:35:00

Olam bozor emish, barcha xaridor,
Har kim ne ilinsa, sotishga tayyor.
Kimdir do‘stin sotar, kim tashna, kim zor,
Bu yo‘lda iymonin asragan kim bor?!

Sherali Jo'rayev

Qayd etilgan


Shahina  26 Sentyabr 2006, 07:48:31

Rishtakim, muhlik yaram og'zig'a tiktim angladim,
Kim kafan jinsi qirog'idin suvurgan tor emish.

Ko'yi devoridin og'riq tang'a tushgan soyadek,
Sel g'amidin emdi soya o'rnig'a dildor emish.

Alisher Navoiy

Qayd etilgan


Mas'ud  28 Sentyabr 2006, 13:08:10

Shu kecha yolg’izlik meni qiynaydi,
Sog’inish dardiga bo’ldim mubtalo.
Hukmron jimjitlik bag’rim tirnaydi,
Qalbim huvillaydi misli karbalo.

Ko’nglim torlarining mungli nolasi,
Haydalish kuyini chalar tinmayin.
Yuragim ko’z yoshin sho’x shalolasi,
Bardoshim sinaydi balki atayin?

Balki rutubatning tubsiz qa’riga,
Tashlab sinamoqni istaydimi, u?
Mushkulot dunyosin sirli bag’riga,
Taklif etib meni ulashar qayg’u?

Bilmayman, nima u — bag’rim tig’lagan,
Bevafo sevgining makkor malagi.
Men yolg’iz emasman, mening ortimda,
Umid bor, ishonch bor, so’ngsiz tilagim!

2004...JaruleUZB


Qayd etilgan


Nodi  28 Sentyabr 2006, 15:45:30

Mayli men ne bo’lsam ham omon bo’l sen!
Onang orzu qilgandek o’g’lon bo’l sen!
Otangni qayg’urmay yashasang ham,
Yurti uchun qayg’urgan inson bo’l sen!

Qayd etilgan


Mas'ud  28 Sentyabr 2006, 23:15:49

Нечун жоним кўзларингда нам?
Нечун йиллар қийнадинг ўзинг?
Дардларингни кўрамиз барҳам,
Ҳақиқатдан юммагин кўзинг.

Қанча кутдим: гоҳида чидаб,
Гоҳи сендан қилиб андиша.
Мажбур бўлдим ўзимни алдаб,
Яшаб юрдим кулиб ҳамиша.

Қалбим-чи, у йиғлар эди жим,
Қайғуларин этмасди ошкор.
Фақат розинг кутди юрагим,
Қадамингга бўлиб интизор.

Кўзларингни яширма мендан,
Сўзинг тинглаб, қараб тўймайман.
Меникисан.Энди ҳеч қачон,
Ҳеч кимсага бериб қўймайман.

hurmat ila...JaruleUZB

Qayd etilgan