Bahri bayt  ( 870540 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 ... 255 B


Shahina  29 Sentyabr 2006, 20:32:36

Na ko`rgilik tushmish mening boshima,
Qon yig`ladim, dunyo cho`mdi yoshima.
Yor, yuraging Sangijumon toshima,
Nechun yoshim sen qatori bo`lmadi?

faxriyor

Qayd etilgan


Nodi  30 Sentyabr 2006, 07:48:35

Istalgan hur dillarni kuydirmasang,
Hijronlarga aslo yo`l qo`ydirmasang,
Oshiqni ham jonidan to`ydirmasang,
Ey, muhabbat, malhamu shifokorsan.
Ey, muhabbat, Mo`minga madadkorsan.

Qayd etilgan


shoir  01 Oktyabr 2006, 06:39:15

Netayin,darmonda bo'ldum men bu ko'nglum ilkida,
Sensizin hech yerda bir lahza qaror etmas,begim.

Garchi sen dashnom etarsen,men duochiman senga,
Oshiqi sodiq jafodin elini chetmas,begim.

Atoyi

Qayd etilgan


Nodi  04 Oktyabr 2006, 20:01:15

Men kimman, bir ko‘ngil quliman xolos,
Dardini she’r qilgan shoirman, shoir.
Nahotki siz menga qilasiz havas,
Nigohi og‘ir qiz, nigohi og‘ir?..

Abdulaziz Muborak

Qayd etilgan


Shahina  06 Oktyabr 2006, 21:47:32

Rangim sariq, ko'zlarim yosh,
Bag'rim pora, jigarim tosh,
Holim bilan dardli qardosh,
Kel ko'r mani ishq nayladi.

Yunus Emro

Qayd etilgan


Nodi  07 Oktyabr 2006, 07:19:03

Ishqimdin pokroq obi zilol yo'qdur,
Ishqimdek g'amu dardi halol yo'qdur.
O'zgalar ishqi faqat hol bo'lsa gar,
Manim ishqi nigorimga zavol yo'qdur.

Jaloliddin Rumiy

Qayd etilgan


shoir  11 Oktyabr 2006, 19:25:37

Rahm ichra paydo bo'ldum, nido keldi,
Zikr ayt, dedi, badanlarim junbush qildi,
Farzandim, deb haq Mustafo ulush berdi,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.

Ahmad Yassaviy

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:48:50

Aziz, xor qilg'uvchi sulton sanuqsan,
Saning lutfing qamug' alvondin ortuq.

Na xush bu dunyoda Iymonu Qur'on,
Ne bo'lg'ay bu dunyoda Iymondan ortuq.

Sulaymon Boqirg'oniy

Qayd etilgan


Nodi  12 Oktyabr 2006, 08:01:43

Qon yoshim erur yux uza yulduz kabi sonsiz,
Ul ko'zlari cho'lpon,mahi tobonima ayting.

Lutfiyi dilafkor tilar hajr eliding dod,
Ahvolini ul begimau xonima ayting.

Mavlono Lutfiy

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2006, 17:12:54

Garchi osmon qadar afg'on etdilar,
Ular Vatan nomin osmon etdilar.

Uzilmas bu yurtdan iymon torlari,
Toki hikmat so'ylar Olloyorlari.

Ey, boshidin oyog'i ruh va yod, Vatan,
Ulug' siymolari barhayot, Vatan.

Sening dovrig'ingu shoning o'chmagay,
Abadiyat qadar noming o'chmagay!

Sirojiddin Sayyid

Qayd etilgan