Rizq agar har kimga kelur begumon,
Aql der: "œQidirgil uni sen o’zing"
Hech kishi ajalsiz o’lmaydi, ammo —
Kim ajdar og’ziga uradi o’zin?
Necha bahorim o'tdi gul atriga begona,
Shamoldayin shoshgani-yo'l qadriga begona.
Qaysi oshiq,axir,ayt, ishq dardiga begona?
Oqqushginam o'zingni so'roqlardan izladim.
Payqarmiding,bilmadim,suvlarda oqqim keldi,
Baliqlarga aylanib ortingdan chopgim keldi.
Eh,bilsayding,shunchalar o'zingga yoqqim keldi,
Oqqushginam o'zingni qirg'oqlardan izladim...
Qaylarga uray boshim,dog'larga yetolmasman,
Qadginamni dol qilgan tog'larga yetolmasman.
Shunchalar sog'intirgan yoqlarga yetolmasman,
Oqqushginam o'zingni yiroqlardan izladim...
To'zib ketdi xayolim,to'zon bo'lib qoldim men,
O'z qalbimga sig'mayin zindon bo'lib qoldim men.
Hasratlarga ko'milgan armon bo'lib qoldim men,
Oqqushginam o'zingni firoqlardan izladim...