Bahri bayt  ( 868845 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 ... 255 B


Nodi  06 Sentyabr 2006, 11:43:52

Armon bo’lib qoldi o’sha qiz,
Dardlarimni bilmaysan, yomg’ir.
Bevafoga uchratib qo’yib
Yuiragimni tig’laysan, yomg’ir"¦

Chaqmoq chaqar, chaqmoq chaqar"¦
Yomg’ir yog’ar, yog’ar yomg’ir"¦

Qayd etilgan


Shoxjahon12  07 Sentyabr 2006, 13:10:03

Armon bo’lib qoldi o’sha qiz,
Dardlarimni bilmaysan, yomg’ir.
Bevafoga uchratib qo’yib
Yuiragimni tig’laysan, yomg’ir"¦

Chaqmoq chaqar, chaqmoq chaqar"¦
Yomg’ir yog’ar, yog’ar yomg’ir"¦
Ruxsat eting menga,yaxshi qiz, biroz,
Dilimni ochmoqchi bo'lyapman sizga.
Tunov kun bir do'stim meni dab-durust,
Aybladi sevgisizlikda...

Qayd etilgan


Nodi  07 Sentyabr 2006, 13:39:40

Azal kunda asar etgandi sirri may qulog’img’a,
Bugun, vah, dil bulog’I jo’sh urmoqliqda toshibdur.

Visoling orzusi shiddati hijronni yiqmoqda,
Bu ikki pahlavon maydoni dil uzra kuroshibdur.

Uvaysiy, olma boshing zikru fikri yor yodidin,
Suluki ishq aro be yodi haq yo’ldin odoshibdur.

Uvaysiy

PS. uzr Shoxjahon, sizning yozganingiz she'rmi? Qofiya, turoqlari qani?

Qayd etilgan


Shoxjahon12  07 Sentyabr 2006, 18:04:23

Azal kunda asar etgandi sirri may qulog’img’a,
Bugun, vah, dil bulog’I jo’sh urmoqliqda toshibdur.

Visoling orzusi shiddati hijronni yiqmoqda,
Bu ikki pahlavon maydoni dil uzra kuroshibdur.

Uvaysiy, olma boshing zikru fikri yor yodidin,
Suluki ishq aro be yodi haq yo’ldin odoshibdur.

Uvaysiy

PS. uzr Shoxjahon, sizning yozganingiz she'rmi? Qofiya, turoqlari qani?

PS: Uzr, saal aralashtirb yuboribman. Boshqa qaytarilmaydi. Qani, davom etamiz...

Rossiyada gulday qizlarni
Tutqunlikda saqlamas erlar.
Sarmast etar busa bizlarni
Bexanjaru, bemakru bezar.



Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Sentyabr 2006, 21:28:05

Rassom bo‘lishlikka toqatim hech yo‘q,
Chunki zaril bunda g‘alat iste’dod.
Masalan, xo‘tikka o‘xshasin xo‘tik,
Sharmanda qiladi bundaqa ijod.

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


Margilanets  08 Sentyabr 2006, 07:30:15

Dunyoning durisan,
Qalbimning qo'risan.
Begimsan, bekangman,
Erkamsan, erkangman.

Kuyimdagi hush sado,
Dilimdagi bir nido,
Dunyoda men uchun, men uchun
Bir sen-u, bir xudo.

Qayd etilgan


Shahina  08 Sentyabr 2006, 07:49:35

Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Bir baloni ko`rib yorug` dunyoda,
Toshkanni ko`rmagan bechora onam,
Bolang bo`lib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga farzand bo`ldimmi!..

Deysan: olislarda omon yursang bas,
Yodingga tushsam goh yo`qlab tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi xavas...
Axir, mening dardim qo`shiqmas faqat,
Men mashhur hofizmas — mashhur beshafqat,
Endi men ham senga farzandmanmi, ayt?...

Muhammad Yusuf

Qayd etilgan


Shoxjahon12  08 Sentyabr 2006, 09:42:43

Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Bir baloni ko`rib yorug` dunyoda,
Toshkanni ko`rmagan bechora onam,
Bolang bo`lib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga farzand bo`ldimmi!..

Deysan: olislarda omon yursang bas,
Yodingga tushsam goh yo`qlab tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi xavas...
Axir, mening dardim qo`shiqmas faqat,
Men mashhur hofizmas — mashhur beshafqat,
Endi men ham senga farzandmanmi, ayt?...

Muhammad Yusuf

Talpinma ko`p, devona ko`ngil,
Barchamizdan yuz o`girmish baxt.
Shafqat tilar gadolar faqat...
Talpinma ko`p, devona ko`ngil.

Sergey Yesenin

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:58:48

Lekin Layli boshiga kelgan
Qora kunlar bizga yot bugun;
Bizga yotdir shirin baxtini
Poymol etgan u qop-qora tun.

Hamid Olimjon

Qayd etilgan


Nodi  09 Sentyabr 2006, 23:47:51

Nahot shuncha mas’um, shuncha pok
Sevishmoqda alam bor shuncha?
Bardosh bermas iroda, idrok,
Tamoman lol aql, tushuncha.

Zulfiya

Qayd etilgan