Bahri bayt  ( 869924 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 ... 255 B


Nodi  14 Sentyabr 2006, 19:52:39

Oydinim oy bo'lmadi,
Ko'z yoshim soy bo'lmadi,
Mehridaryo qalbingda
Bir menga joy bo'lmadi.

Qayd etilgan


Farida  15 Sentyabr 2006, 04:42:44

Ikkimizni qoralab,
Raqiblar ham to'ymadi.
Sevib yondik norizo
Ota-onang qo'ymadi.

Sevgan yorim yig'lama,
Shirin jonim, yig'lama,
Yurak bag'rim tig'lama,
Men senga begonaman...

Qayd etilgan


shoir  15 Sentyabr 2006, 06:12:34

Nahot tilab bo'lmas hayot ne'matin
Unga halovatu orom va shodlik?
Hattoki barnoning qalbiga yaqin
Rafiqa atovchi kimsaga tole?

Pushkin

Qayd etilgan


yabancicek  16 Sentyabr 2006, 02:51:09

Eh, buncha bag'ritosh bo'lmasa yillar,
Xayr demoqlikka bormaydi tilim.
Endi hayot bizni qaylarga yo'llar
Nahot ortda qoldi o'quvchiligim?!

Qayd etilgan


Nodi  18 Sentyabr 2006, 04:13:07

Men sendan nima deb gina qilayin?
"Qul edik" desam ham boshing silkiysan,
"Kul edik" desam ham silkiysan boshing,
"Ozodmiz" desam ham boshing silkiysan,
"Bunyodmiz" desam ham silkiysan boshing
Men sendan nima deb gina qilayin?

Qutlibeka

Qayd etilgan


Shoxjahon12  18 Sentyabr 2006, 15:30:44

Men sendan nima deb gina qilayin?
"Qul edik" desam ham boshing silkiysan,
"Kul edik" desam ham silkiysan boshing,
"Ozodmiz" desam ham boshing silkiysan,
"Bunyodmiz" desam ham silkiysan boshing
Men sendan nima deb gina qilayin?

Qutlibeka
Nahot, ishq qismati buncha berahim,
Bunchalar buyuksan, vafo shevasi.
Sengadir hurmatim,senga sharafim,
Qahramon jangchining sodiq bevasi.

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


Shahina  19 Sentyabr 2006, 12:20:05

Ishq bog'imda bahor bo'lib yashnaganim,
Izlab-izlab chamanlardan tanlaganim,
Go'zallikda tanho go'zal ataganim,
Yot quchoqda baxting kulsin, yig'lamagin.

Qayd etilgan


Nodi  21 Sentyabr 2006, 13:33:35

Nigohida oftoblari bor,
Ko'z yoshlarin javoblari bor,
So'ngan sevgi azoblari bor,
Bevafo ko'p ekan dunyoda...
Muhabbat yo'q ekan dunyoda!

Muhammad Yusuf

Qayd etilgan


Mas'ud  21 Sentyabr 2006, 15:21:19

Aytar edi bir zamon onam,
O'sib katta bo'lursan o'g'lon.
Oqil bo'l-u, mard bo'l chinakam,
Bu ikki ish emasdir oson...

Erkin Vohidovdan

Qayd etilgan


Shokirbek  21 Sentyabr 2006, 20:06:17

Aytar edi bir zamon onam,
O'sib katta bo'lursan o'g'lon.
Oqil bo'l-u, mard bo'l chinakam,
Bu ikki ish emasdir oson...

Erkin Vohidovdan


Nadur qulliq? Aning mushtoqi bo'lmoq,
O'zidin foniy, Haqqa boqiy bo'lmoq.


So'fi Ollohyor.


Qayd etilgan