Bahri bayt  ( 870685 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 187 188 189 190 191 192 193 194 195 196 197 ... 255 B


G_u_l_i  03 Avgust 2009, 08:34:40

Ичларида сақлаган рашкин,
Ксз ёшлари дарёдан тошқин...
А смолига сширган ишқин
Оддий қизлар схши бслади!
Хайрулла Хамидов

Qayd etilgan


siddiqa  03 Avgust 2009, 11:23:00

Ичларида сақлаган рашкин,
Ксз ёшлари дарёдан тошқин...
А смолига сширган ишқин
Оддий қизлар схши бслади!
Хайрулла Хамидов

Istar edim dunyoda faqat
bahtli hayot sizga yor bo'lsin
boqib turgan shahlo ko'zlaringiz,
doim hayr ,yahshilik ko'rsin .

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  03 Avgust 2009, 13:18:53

Baxtsiz kunlarim.

Nе qilayin, tor bo`lsa olam.
Barchasiga chidaydi odam.
O`tdi qancha baxtsiz kunlarim,
O`tar mеning bu kunlarim ham.

Bolaligim, xayr dеb kеtdi.
Ishqdan qalbim tashvishlar chеkdi.
Qancha baxtsiz kunlarim o`tdi,
O`tar mеning bu kunlarim ham.

Kunlar botib, tonglar otdi-ku,
Qancha tashvish kеlib, kеtdi-ku,
Sabr qildim, yillar o`tdi-ku,
O`tar mеning bu kunlarim ham.

Nе qilayin, tor bo`lsa olam.
Barchasiga chidaydi odam.
O`tdi qancha baxtsiz kunlarim,
O`tar mеning bu kunlarim ham.

Qayd etilgan


Fatima  03 Avgust 2009, 14:13:38

Madinaga Rasul borib, bo’ldi g’arib,
G’ariblig’da mehnat tortib, bo’ldi habib,
Jafo tortib, yaratqang’a bo’ldi qarib,
G’arib bo’lub, uqbolardin oshtim mano.

Xoja Ahmad Yassaviy

Qayd etilgan


Abdulhafiz  04 Avgust 2009, 00:13:15

Ona zamin har lahzada senga uqar:
"Vataningni unutsang gar, dushman yiqar!"
Chinqirsang ham, o'sha yomon qo'shning chiqar...
Vatanni sev, bul muhabbat iymondandir!
Xayrulloh Hamidov

Qayd etilgan


Jalol Ahmad  04 Avgust 2009, 00:46:29

Allox sizni sevgan bandamdur desin.
Rasulullox chin ummatim desin.
Yurgan yo'llaringiz nurlarga to'lsin.
Olgan har nafasingiz ibodat bo'lsin.

Qayd etilgan


ZUBAIR  04 Avgust 2009, 00:52:42

Ona zamin har lahzada senga uqar:
"Vataningni unutsang gar, dushman yiqar!"
Chinqirsang ham, o'sha yomon qo'shning chiqar...
Vatanni sev, bul muhabbat iymondandir!
Xayrulloh Hamidov

Allox sizni sevgan bandamdur desin.
Rasulullox chin ummatim desin.
Yurgan yo'llaringiz nurlarga to'lsin.
Olgan har nafasingiz ibodat bo'lsin.


bu yerda xato ketibdi. She'r "R" harfi bilan boshlanishi kerak edi.

Qayd etilgan


Whizz-Kid  04 Avgust 2009, 14:39:51

Rahmi yo'q, ey bevafo dildor, bilmaysan hanuz,
Qomatingga bo'lmisham xushtor, bilmaysan hanuz.

Hasratingda qon yutarman kechalar tong otquncha,
Man asiri mubtaloying, yor, bilmaysan hanuz.

Nomi harfingni Nihoniy misraimga toj etib,
Arzi dilni ayladim izhor, bilmaysan hanuz.

Hamza

Qayd etilgan


Abdulhafiz  05 Avgust 2009, 05:24:29

Zinolarni ikki yoshning sayli, derlar,
Oqsoqollar bir ho'rsinib, mayli, derlar.
Yupun kiyim zamonaning zayli, derlar,
Zamon bo'ldi, iymon saqlar zamon bo'ldi!
Xayrulloh Hamidov

Qayd etilgan


G_u_l_i  05 Avgust 2009, 06:36:10

Исломсиз сшаган бечора инсон
Бир куни орзуси бслади ҳайвон.
Тупроққа айланган маҳлуқни ксриб,
Ўрнига сзини тургайдир ссриб...

Xayrulloh Hamidov

Qayd etilgan