Bahri bayt  ( 867331 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 205 206 207 208 209 210 211 212 213 214 215 ... 255 B


Robiya  19 Oktyabr 2009, 21:45:49

Ne yaxshilik bersang,shukri bilan ber,
Ne g'am bersang avval bergin sabrini.
Bir parcha go'sht - qalbni zikri bilan ber,
Jononni istasa, tortsin jabrini.

Robiya Turob qizi

Qayd etilgan


Abdulhafiz  19 Oktyabr 2009, 22:52:18

Iqror yo'lida na bir qaroring bordir,
Inkor safidan na chet - kanoring bordir,
Chunki qilasan xayol ishim yengil deb,
Ey aqli qasir, uzui koring bordir...
Fadriddin Attor

Qayd etilgan


Robiya  19 Oktyabr 2009, 23:07:52

Rahmdillik odamga oliy xulq, ammo,
Dilozor yarasiga qo'ymagil malham.
Aylama rahm-shafqat ilon-chayonga,
Bundan ozor topar farzandi odam.

Sa'diy

Qayd etilgan


Abdulhafiz  19 Oktyabr 2009, 23:29:08

Mardlar silsilasi bu ishga bormas,
Ular yot manzilga sira ham zormas!
Ota hovlisini ham sotishlik ormas,
Lek Vatanni sotib bo'lmaydi aslo!
Xayrulloh

Qayd etilgan


Robiya  20 Oktyabr 2009, 00:23:31

Ollohga shakkoklik etgan ko'paydi,
Ko'paydi shaytonga dars berguvchilar.
Bolalari o'z otasin tergaydi,
O'zga bug'doyzordan don terguvchilar.

M. Jo'shqin

Qayd etilgan


Abdulhafiz  20 Oktyabr 2009, 12:34:03

Ranjimang holingiz so'rayvermasam.
Og'ir kuningizga yarab bermasam.
Jannatga kirmayman sizla kirmasam.
Alloh yo'lidagi birodarlarim.

Qayd etilgan


Ansora  20 Oktyabr 2009, 13:01:03

Moziyga urilib sinar ovozim,
Umr o'tib borar benaf , benavo-
Nahotki bu-qo'lim? Bu mening sozim?
Allohdan so'rajman: - Nechun bu jafo,

Jami judoliklar jonimga yetdi,
Ol, deyman, Allohim, omonatingni.
Tavba qil?- dedi ul, bir Kitob tutdi-
Muroding mustajob, mingil otingni,

Ummonlar yo'lingda, changal yo'lingda,
Noma'lum har joyda qurilgan doring.
Olamning kalidi sening qo'lingda,
Jafo habibingdir, xiyonat - yoring?.

Allohim, lahza- men, sen ersa mangu,
Taskin berganingmi, shafoatingmi bu?!

Rauf Parfi

Qayd etilgan


Robiya  21 Oktyabr 2009, 22:05:18

Umid uchqunlarim so'ldirma Olloh,
Iymonsiz holimda o'ldirma Olloh.
Do'zaxingni men-la to'ldirma Olloh,
Oxirat kun mening holim ne bo'lur.

Robiya Turob qizi

Qayd etilgan


Robiya  21 Oktyabr 2009, 22:23:19

Ruh gulshanining toza gulidir chehrang,
Nozik shu qadarki, shom -sahar, ey sho'xu shang.
Ko'zim yonidan agar xayoling o'tsa,
Kiprik tegib, ahvoli uning bo'lgay tang.

A. Abulxayir.

Qayd etilgan


Abdulhafiz  21 Oktyabr 2009, 22:40:28

Gulzor kerak yo'q manga, gul ro'ying bas,
Gulzor yuzungsiz manga monandi qafas,
Ne ayb bu bog' ichra yuzung olida
Gar aylamasam behisht bog'ini havas.
Huvaydo

Qayd etilgan