...La ilaha illalloh deb tillari,
Daxriyona tug'yon urar dillari,
Bir kun bo'lsin besaodat yillari,
Bir manzilda tutashmadi bu ummat.
Biri arab, biri turku biri fors,
Millat degan tuyg'u endi bo'ldi farz,
Bir yonda dard kasallikdan qolgan dars,
O'z loyiga qorishmadi bu ummat.
Xorlar bo'ldi malun g'arbning poyida,
Chidayverdi eng alamli joyida,
Hayotiga joriy bo'lmish qoyida
Ila hech hisoblashmadi bu ummat.
Qur'on endi mozorlarda o'qilmish,
Turli fasod rivoyatlar to'qilmish,
Endi to'g'ri yo'llarda ham qoqilmish,
Haq yo'liga unashmadi bu ummat.
Shul so'zlarni o'ylab, o'ylab uhladim,
Faqatgina Allohimdan tiladim,
Alam bilan ko'zimda yosh yig'ladim,
Umardan so'ng birlashmadi bu ummat.
(Hayrulla Hamidov)