Bahri bayt  ( 870574 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 238 239 240 241 242 243 244 245 246 247 248 ... 255 B


Muhammad Sanjar  25 Dekabr 2011, 14:40:07

Rayhon, aylanayin rayhoningdan sening,
Oyqaboq go'zalim, joningdan sening.
Kulib ko'klaringdan tushmaysan, qara,
Oy o'tsa uyalar yoningdan sening.

Yetti iqlim aro yetsaki izing,
Tuproqqa to'kilgay tutday hush ising.
Gulga tegsa gulxan paydo qiladur,
Suvga tegsa suvni yondirar yuzing.

Hurlardan hur o'zing, xurshidi tobon,
O'zing Rayhonsanu vujuding rayhon.
Bu yorug' dunyoda sendan suluv yo'q,
Mendan bechora yo'q, mendan notavon.

Sen Arshi a'loda jannatiy chashma,
Men yerda yonaman tomchingga tashna.
Ko'klarga qo'lini tutgan qulingman,
Zilolim, uvolim tutgay adashma...

Rayhon, aylanay rayhoningdan sening
Oy o'tsa uyalar yoningdan sening.
Kulib ko'klaringdan tushmaysan sen-da,
Menga-da joy yo'q osmoningdan sening.

(Muhammad Yusuf)

Qayd etilgan


Muslimahon  25 Dekabr 2011, 14:43:25

Gar qizlardan bo'lsa ziyoda,
Men gullarni kesardim butkul.
To ko'rmayin yorug' dunyoda,
Sahinamdan suluvroq bir gul.

Erkin Vohidov

Ps. Bizda saxargi 4  ;D
Yana kim yozadi bu mavzuga  :7

Qayd etilgan


Muslimahon  25 Dekabr 2011, 22:52:09

Аимага тушларим огоҳ стмади?
Аега қовоқларим учиб нетмади?
Бу рангсиз ксйлакда келмасдим асло,
Таъбу, хафсаламга бслди бир бало,
Билсайдим юрагим куйлаб келарди,
А ухимда жийдалар гуллаб келарди
Аимага қсққисдан шошдим бу ёққа,
Ларишон қиёфа, ҳорғин сиёқда?
А­нди бундан тезроқ кетақолайин,
Сиз ксрмай уйимга етақолайин.
Снзнинг қаршингизда турмайин сслиб,
Анингизга келай чучмома бслиб,
Сиз бор жойда ойдек тслингим келар,
Ксзингизга стдай ксрингим келар.

(muallifi esimdan chiqibti)  ::)

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  25 Dekabr 2011, 23:11:46

(muallifi esimdan chiqibti)  ::)
Muallifi adashmasam Marhabo Karimova bo'ladilar.

Rashkingdan bog'da gul o'zni so'ldirur,
Loladek ko'ksin dog' birla to'ldirur,
Jamoling shu'lasi yoritgan joyda
Chiroq o'z nurini o'zi so'ndirur.

(Pahlavon Mahmud)



Qayd etilgan


Muslimahon  26 Dekabr 2011, 00:00:12

Роббимизнинг Каломини тобтаб кулиб қотарлар,
Мўминларга саломини нажосатга отарлар.
Расул Акрам Муҳаммадни (с.а.в.) мазах қилар тинмайин,
Аллоҳ севган ул Аҳмаднинг кимлигини билмайин.

H. Hamidov

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  26 Dekabr 2011, 23:22:01

Nega men ba'zida ma'yus, bezabon?
Sizga bayon etsam, do'st-hamdamlarim,
Mazmundorligini pesh aylab mudom,
Ortimdan yuradi dardu g'amlarim.

Menga shodlik bering, teran, ulug'vor,
Toki shodon bo'lay, bo'lmay aftoda.
Menga shodlik bering, g'amimday dildor,
Menga shodlik bering, undan ziyoda....

Jamol Kamol

Qayd etilgan


Safida  27 Dekabr 2011, 07:03:04

Aslida odamdan kam emas odam,
Chunki barchamizning otamiz Odam.
Kimniki javhari bo'lsa ilmdan,
Uning tagi ulig',o'zi muhtaram!

Husrav Dehlaviy.

Qayd etilgan


azizbek_mx  27 Dekabr 2011, 07:48:44

Men sensiz ham yashay olaman,
Unutarman sen-la ötgan damlarni.
Yuragimdan quvib solarman
Armonlarni, ösha g'amlarni.

Baxt qasrini topaman, allbat,
Baxtimga ham sensiz yetaman.
Angladimki, azizim faqat
Taqdirimga könmay netaman?!.

Qayd etilgan


Aqoid  27 Dekabr 2011, 07:50:43

Muttaqi bo'lmoq bu yo'lda nafsni o'ldirmoq kerak
Zindalikda o'lmasang,ahli tariqatman dema.

Qayd etilgan


Aqoid  27 Dekabr 2011, 07:55:09

Men sensiz ham yashay olaman,
Unutarman sen-la ötgan damlarni.
Yuragimdan quvib solarman
Armonlarni, ösha g'amlarni.

Baxt qasrini topaman, allbat,
Baxtimga ham sensiz yetaman.
Angladimki, azizim faqat
Taqdirimga könmay netaman?!.

Namozu taqvisin zohid qilur olam aro mash'hur
O'g'urub subhasin tinmay ishi doim  riyo ermish.
                       (Mashrab)

Qayd etilgan