Mo'jiza!  ( 14412 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Usmon  16 Fevral 2008, 17:14:28

Mo'jiza


To'ng'ich farzandim olti yoshga yetganida tez-tez bosh og'rig'idan shikoyat qila boshladi. Keyinchalik rangi oqarib, qayt qila boshladi. Neyroxirurg huzuriga olib borganimizda shifokorlar miyasida o'simta borligi, bor-yo'g'i uch oylik umri qolganini, faqatgina uni jarrohlik yo'li bilan olti oy yoki bir yilga uzaytirish, shunda ham nogiron bo'lib qolishi mumkinligini aytishdi.

Uyga kelib ahvolni qaynotamga tushuntirdim. Ular gapimni diqqat bilan tinglagach: "Nima bo'lsa ham ALLOHning xohishi bilan bo'ladi. Yurib turgan bolani majruh qilib qo'ymaylik", dedilar. Noiloj ko'ndim. O'g'limni operatsiya qilishdan zo'rg'a voz kechdim.

Lekin jigarbandim kundan-kunga ko'z o'ngimda xazon bargidek so'lib borardi, kechalari ibodat qilib, ALLOHdan shifo tilab, iltijolar qilardim. O'g'lim borgan sari qiynala boshladi. "Boshim siqilib, kuyib og'riyapti. O'lgim kelmayapti, onajon!", deb nola qilardi.

Ramazon kunlari edi. Qadr kechasini kutish uchun uyimizga qarindoshlar va qo'shnilarimiz kelishdi. Tong otguncha ko'pchilik bo'lib o'g'lim uchun shifo tiladik. Ayniqsa qaynonam bilan ikkimiz tinimsiz duo qildik.

ALLOHning qudratiga tan bermay iloj yo'q. Ertalab o'g'lim nonushta qildi, boshi ham og'rimadi, qayt ham qilmadi. Kun davomida ukalariga qo'shilib o'ynadi ham. Sekin-sekin o'ziga kela boshladi. Biz juda xursand edik. ALLOHga hamd aytib, o'g'limni bilganimcha namozga, Qur'onga o'rgatdim.

Mana shifokorlar aytgan uch oydan nechtasi o'tib ketdi. O'g'lim hozir 5-sinfda o'qimoqda.

Darvoqe, boshini kompyuterga tushirsak, o'simtadan asar ham qolmabdi.

Hanifa
Media plyus gazetasi

Qayd etilgan


Huseyn  17 Fevral 2008, 12:19:17

Bir ayolni bilaman. Tumanda nogironlikka chiqarish bo'yicha rahbar edi. Kasal qolib, sog'lomlar ham nogironlik nafaqasi olib yotaverardi uning xizmati sabab. Mana, 20 kun-ki, avtohalokatga uchrab, shifoxonaning reasnimatsiya bo'limida hushsiz yotibdi. 6 na qovurg'a singan, o'pkani teshvorgan. o'ng tomon a'zolar umuman ishlamayapti. Ilohim, tuzalib ketsin. Hullas, o'zi nogiron bo'lib qolmasa yaxshi edi. Ollohning irodasiga qoyil qolasan kishi....

Qayd etilgan


yasemin  26 Fevral 2008, 22:21:39

SubhanAlloh, dardini ham shifosini ham berguvchi Rahmon va Rahim Allohdir. bandasiga tashiy olmaydigan dard bermaydi, marhmati cheksizdir. Hasta bo'ganlarga Alloh shifosini bersin.

Qayd etilgan


registan  05 Avgust 2008, 15:39:47

Mo'jiza


To'ng'ich farzandim olti yoshga yetganida tez-tez bosh og'rig'idan shikoyat qila boshladi. Keyinchalik rangi oqarib, qayt qila boshladi. Neyroxirurg huzuriga olib borganimizda shifokorlar miyasida o'simta borligi, bor-yo'g'i uch oylik umri qolganini, faqatgina uni jarrohlik yo'li bilan olti oy yoki bir yilga uzaytirish, shunda ham nogiron bo'lib qolishi mumkinligini aytishdi.

Uyga kelib ahvolni qaynotamga tushuntirdim. Ular gapimni diqqat bilan tinglagach: "Nima bo'lsa ham ALLOHning xohishi bilan bo'ladi. Yurib turgan bolani majruh qilib qo'ymaylik", dedilar. Noiloj ko'ndim. O'g'limni operatsiya qilishdan zo'rg'a voz kechdim.

Lekin jigarbandim kundan-kunga ko'z o'ngimda xazon bargidek so'lib borardi, kechalari ibodat qilib, ALLOHdan shifo tilab, iltijolar qilardim. O'g'lim borgan sari qiynala boshladi. "Boshim siqilib, kuyib og'riyapti. O'lgim kelmayapti, onajon!", deb nola qilardi.

Ramazon kunlari edi. Qadr kechasini kutish uchun uyimizga qarindoshlar va qo'shnilarimiz kelishdi. Tong otguncha ko'pchilik bo'lib o'g'lim uchun shifo tiladik. Ayniqsa qaynonam bilan ikkimiz tinimsiz duo qildik.

ALLOHning qudratiga tan bermay iloj yo'q. Ertalab o'g'lim nonushta qildi, boshi ham og'rimadi, qayt ham qilmadi. Kun davomida ukalariga qo'shilib o'ynadi ham. Sekin-sekin o'ziga kela boshladi. Biz juda xursand edik. ALLOHga hamd aytib, o'g'limni bilganimcha namozga, Qur'onga o'rgatdim.

Mana shifokorlar aytgan uch oydan nechtasi o'tib ketdi. O'g'lim hozir 5-sinfda o'qimoqda.

Darvoqe, boshini kompyuterga tushirsak, o'simtadan asar ham qolmabdi.

Hanifa
Media plyus gazetasi

SUBHANALLOH!!!

Qayd etilgan


The_Alchemist  05 Avgust 2008, 16:17:14

Usmonga,
Olloh shifoisini bersin farzandingizning.
Lekin baribir shifokorlarni gapiga ham kirish kerak edi. Shifosi Ollohdan lekin harakat qilinsa.
Mujizalar ruy beradi lekin doim ham emas 1000 dan bir holatda holos.
Olloh ham aytgan ekan bandam sandan harakat mandan barokat deb.
Manimcha birinchi holatda vrachla hato qilishgan farzandizga tashxiz quyishda.
Olloh hamma narsani sabab bilan amalga oshiradi. Tuzalishga sabab tabibni muolajasi buladi.
Endi kimnidir oyogi sinsa shifosini bersin deb duo qilgan bilan bitib qolmaydi, zudlik bilan tabibga olib borish kerak bulmasa yo qiyshiq bitadi yoki battar bulib oyoqsiz qoladi.
Ushanda ham Ollohni idorasi deb utiraversangiz Ollohga ham yoqmaydi befarqliginggiz.
Bir inson doim duo qilar ekan ey Hudo manga ham lotariyadan yutuq chiqsin deb. Oradan 40 yil utib ham Hudodan surarmish. Ushanda Hudodan nido keladi ey bandam hech bulmasa bitta lotariya olgin yutuq chiqishi uchun deb.
Albatta bu latifa lekin shuning zamirida ham mano bor. Banda harakat qilishi kerak jimgina utirmasdan ushanda Olloh yul beradi.
Hammamizni Olloh uzi asrasin.

The Alchemist

Qayd etilgan


Usmon  05 Avgust 2008, 16:24:50

Usmon

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  05 Avgust 2008, 16:31:15

Usmonga,
Olloh shifoisini bersin farzandingizning.
????

Usmon faqat maqolani keltirganlar.

Maqola muallifi Hanifa    Media plyus gazetas


Qayd etilgan


The_Alchemist  05 Avgust 2008, 16:33:36

Ohoooo, Unda uzur surayman....
Etibor qilmabman....

Qayd etilgan


secretman  09 Avgust 2008, 01:35:21

Mana shu mo'jizadan ham Allohni qanchalik mehribonligini bilib olsa bo'ladi yana bir bor amin bo'ldim bunga. Alloh hamd-u sanolar bo'lsin. Payg'ambarimiz Mustafo Sollallohu alayhi vasallamga durud salovotlar bo'lsin.

Qayd etilgan


secretman  09 Avgust 2008, 01:36:29

Bu maqolami yoki boshqa narsami ahamiyati yo'q bu haqiqatligi aniq-ku. Va Allohu A'lam.

Qayd etilgan