Assalam alaykum wa rahmatullohu wa barakatuh.
Aziz forumdoshlar kecha men bir video rolikda Allohning yaqin kunlarda ko'rsatgan mo'jizasini guvohi bo'ldim, to'g'risini etsam qalbimda alla nechuk his o'tdi
Yaqinda Buxoroning Kogon shahrida bo'lib o'tgan portlashdan barchamizning habarimiz bo'lsa kerak, ana shu yerda osmondan ko'z ko'rinibti deb
www.forum.islom.uz saytining a'zosi Robiyaning postlaridan birida o'qib qolgandim va Robiyadan o'sha video rolikni yuborishini iltimos qilib so'ragandim va iltimosimni yerda qoldirmay Robiya video rolikni yubordi, uni ko'rdimu, o'zimdagi his hajayon tuyg'uni so'z bilan tushuntirishim qiyin. Meni fikrimcha Alloh taollo qiyomat soatlarining yaqin qolganini bildirib bunday mo'jizalarni yuboryapti. Iso Masihning qiyomatdan oldin tushishlariga Insonlar o'rtasida yana fitnali ishlar bo'lib ketmasdligini oldini olib Alloh subhanohu Taolloh o'z mo'jizalarini yubormoqda, agarda adashayotgan bo'lsam Alloh kechirsin. Albatta barcha narsani bilguvchi, ko'rguvchi Qiyomat kuning podshohi Alloh Subhanohu Taollohdir. Men o'zimni tahminimni bildirgandim.