Mo'jiza!  ( 14404 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B

Mr.Twister  21 Avgust 2008, 17:06:31

Alloh qudratli zot!
Bir kuni Jum'a namozni shahrimizdagi Shaxy Olam masjidda o`qimoqchi bo`lib kirayotganim birdaniga fikrim o`zgarib Bahouddin Naqshband ziyoratgohida o`qimoqchi bo`ldim soatga qarasam namozgacha 30 daqiqa vaqt qolibdi, hali tahorat olganim yo`q yo`l esa uzoq edi. Bu niyatimni kelasi haftaga rejalashtirib namozni shu yerda o`qimoqchi bo`lib tahorat oldim, keyin esa uyerdan chiqdimu negadir be ihtiyor Masjid tomon emas balki yo`lga chiqdimu yo`nalish taksiga minib Bahouddin Naqshband ziyoratgohi tomon yo`lga tushdim soatga qarasam 15 daqiqa vaqtim bor. Yo`l esa taxminan 20 km. "Ichimda esa Olloh Jum'a namozini o`qishni Bahouddin Naqshband ziyoratgohida o`qishni niyat qildim, kech qoldirma" deb borardim. Keyin doim 20-25 minutda o`tadigan yo`lni mashinamiz 15 daqiqada bosib o`tdi, negadir o`sha kuni mashinadan yo`lda hech kim tushmadi va boshqa hech kim minmadi va vaqt tejaldi holbuki bu yo`nalishdagi mashinalarga doimiy mijozlar topilardi. Va men Jum'ani shu ziyoratgohga o`qishga musharraf bo`ldim!

Qayd etilgan

Hadija  16 Sentyabr 2008, 12:53:54

Assalam alaykum wa rahmatullohu wa barakatuh.
Aziz forumdoshlar kecha men bir video rolikda Allohning yaqin kunlarda ko'rsatgan mo'jizasini guvohi bo'ldim, to'g'risini etsam qalbimda alla nechuk his o'tdi
Yaqinda Buxoroning  Kogon shahrida bo'lib o'tgan portlashdan barchamizning habarimiz bo'lsa kerak, ana shu yerda osmondan ko'z ko'rinibti deb www.forum.islom.uz saytining a'zosi Robiyaning postlaridan birida o'qib qolgandim va Robiyadan o'sha video rolikni yuborishini iltimos qilib so'ragandim va iltimosimni yerda qoldirmay Robiya video rolikni yubordi, uni ko'rdimu, o'zimdagi his hajayon tuyg'uni so'z bilan tushuntirishim qiyin. Meni fikrimcha Alloh taollo qiyomat soatlarining yaqin qolganini bildirib bunday mo'jizalarni yuboryapti. Iso Masihning qiyomatdan oldin tushishlariga Insonlar o'rtasida yana fitnali ishlar bo'lib ketmasdligini oldini olib Alloh subhanohu Taolloh o'z mo'jizalarini yubormoqda, agarda adashayotgan bo'lsam Alloh kechirsin. Albatta barcha narsani bilguvchi, ko'rguvchi Qiyomat kuning podshohi Alloh Subhanohu Taollohdir. Men o'zimni tahminimni bildirgandim.   

Qayd etilgan

Mr.Twister  16 Sentyabr 2008, 15:36:43

Shu haqida man ham eshitdim lekin haligacha ko`rganim yo`q Robiyadan so`rab qolaman.

Qayd etilgan

Rukhiya  16 Sentyabr 2008, 17:58:39

Mana shuni  nazarda tutmayapsizlarmi naboda?

Qayd etilgan

Hadija  17 Sentyabr 2008, 11:48:39

Mana shuni  nazarda tutmayapsizlarmi naboda?
Aha shuni nazarda tutgandim, buni qaysi shaharda bo'lganini kim biladi???

Qayd etilgan

Robiya  17 Sentyabr 2008, 15:08:52

Shu haqida man ham eshitdim lekin haligacha ko`rganim yo`q Robiyadan so`rab qolaman.

Assalamu alaykum wr ta'ala wb! Aziz birodarlar, men ko'rganim ham boshqalar ko'rgan tasvirga o'xsharkan. Bu mavzuni islom.uz forumida boshladim, ancha bahs-munozara, fikrlar almashinuvi bo'ldi. Oxir-oqibat bu ham bir kompyuter hunari ekanligiga amin bo'ldim. Rukhiya opam bergan linkdan ko'rgan tasvirlarimdan keyin bunga 100 % ishonch hosil qildim.
Shunday ekan, bu voqealarga ortiqcha e'tibor qaratmay, Alloh farzlarini mukammal ado etishlik, Payg'ambarimiz SAV sunnatlarini qattiqroq ushlashlikka harakat qilaylik.

Qayd etilgan

Hadija  17 Sentyabr 2008, 15:22:49

Ya'ni qanaqa qilib comp bo'lishi m-n, u narsa osmonda ko'ringanku?

Qayd etilgan