Qizlar sigaret cheksa...  ( 38347 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:42:44

Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, chekayotgan ayollar chekmaydigan ayollarga nisbatan stenokardiya bilan 13 marta, miokard infarkti bilan bir marta va oshqozon yarasi bilan 10 marta ko‘proq zararlanadilar. 96-100 foiz kashanda ayollar o‘pka raki bilan kasallanadilar.

Qiziqarlisi shundaki, tamaki tarkibidagi nikotin asabni zararlovchi moddalar tarkibiga kiradi. Hayvonlar ustida tajriba o‘tkazilganda shu narsa aniq bo‘ldiki, nikotin oz miqdorda yuborilsa, asab hujayralarini qo‘zg‘atuvchi ta’siri ko‘riladi, ya’ni nafas olish va yurak urishi tezlashadi, yurak qisqarish ritmi izdan chiqib, ko‘ngil aynishi va qusishga sabab bo‘ladi. Ko‘p miqdorda yuborilganda esa, markaziy asab tizimi, ayniqsa vegetativ asab tizimi tormozlanadi, undan so‘ng asab hujayralari faoliyati falajlanadi. Asab tizimini izdan chiqishi, mehnat qobiliyatining pasayishiga, qo‘llar titrashi va xotiraning susayishiga sabab bo‘ladi. Nikotin ichki sekretsiya bezlari faoliyatiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatib, ayniqsa buyrak usti bezidan ishlab chiqarilayotgan gormon-adrenalinni qonga quyilishi va qon-tomirlarni qisqarishi natijasida qon-bosimining ko‘tarilishiga va yurak urishining tezlashishiga sabab bo‘ladi.

Ayollarda esa tuxumdonlardagi gormonlar disbalansiga olib keladi. Natijada hayz funktsiyasining izdan chiqishi va hayzni vaqtida kelmaslik hollari paydo bo‘ladi. Homilador ayollarda homila gipotrifiyasi, homiladorlik gipertenziyasi kuzatiladi.
Qizlarimizning har tomonlama sog‘lom va turli zararli odatlardan holi bo‘lishi bu kelajagimiz uchun sog‘lom farzandlar tug‘ilishining asosiy negizidir.

"œShifokor" gazetasidan

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:43:00

Ozoda:

Assalomu alaykum!!
Ha qizlarga sigareta chekish umuman yarashmaydi!!keyin qiz bolani sog'ligiga ham zarar!!
Ayniqsa o'zbek qizlarimizni sigareta chekishi umuman dinimizga hos emas!!
Qizlarni sigareta chekishi yomon deymizu lekin o'g'il bolalarchi???BU ularga yarashadimi???
YUq , hecham yarashmaydi..ular o'zlaricha "zamon bilan hamnafas" deganday qilib chekishadi...Lekin bu dinimizga ,O'zbeklar deb atalishimizga mosmi??
Sigareta chekish nafaqat yarashmas balki hamma o'g'il bolarni ham, qiz bolalarni ham sog'ligiga zarar!!

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:43:10

Mohinur:

To'g'ri aytasiz.
Sigareta chekib, ham o'zlariga zarar qilishadi, ham yonlaridagilarga.
Yigitlarimizning ham ko'chalarni zaharli tutunga to'ldirib, buruqsatishlari umuman etikaga to'g'ri kelmaydi.
Bir tanishim bilan gaplashganimda kuniga 1 pachka sigaret chekishini aytgandi.
Endi o'ylab ko'ring, bir pachka sigaretdan qancha zhahrli tutun yutadi ichiga? O'pka, yana boshqa a'zolar chirib qoladi-yu.
Iqtisodiy zararini qarang:
Kuniga 500 so'm sigareta uchun ketyapti. Oyiga 15000, yiliga 180000.
Shuncha mablag' tutun bo'lib uchub ketyapti ...

Qayd etilgan


Robiya  21 Oktyabr 2006, 21:24:38

Bu mavzu ham juda dolzarb.Chekish inson boshiga kulfatlar soluvchi bir salbiy oqibatlar keltirib chiqaruvchi illat.Hozirga kelib esa ikki jins vakillari orasida "urf"ga kirgan bu zormandani chegaralashning iloji bo'lmayapti, aksincha kundan-kunga kashandalar soni ortib boryapti.Buning sababi nimada deyishimiz mumkin.Avvalo oiladagi muhit, otasi chekdimi bolasi ham chekadi.Ota vaqtinchalik bolasini tergashi mumkin lekin bundan ish chiqmaydi.Ikkinchidan tashqi muhit.Ya'ni do'stlari nima qilsa shuni bajarib ko'rish istagi(hamma ham bunday emas).
 Bu illatning qizlar orsida ham tarqalayotganligi juda achinarli.Hozirda qizlar har jabhada erkaklar bilan tenglashishga urinishyapti(yaxshimi yomonmi farqi yo'q).Buni to'xtatishni menimcha iloji yo'q, chunki hamma ham irodali bo'lolmaydi.

Qayd etilgan


shoir  22 Oktyabr 2006, 07:58:30

Qizlarimizning kashandalikka berilishilariga sabab nima deb o'ylaysiz/

Qayd etilgan


watson  22 Oktyabr 2006, 15:00:39

rivojlangan mamalakatlarda yashaydigan qizlarga taqid qilish.
man uzim maskvada uqiman mani uqishimda uqidigan uzbek qizlarini 60% sigaret 4ekishadi :(

Qayd etilgan


Chustiy  05 Noyabr 2006, 02:11:16

mavzuni nomini o'zgrtirsa yaxshi bo'lardi deb o'yliman chunki mavzuda qizlar jumlasi ishlatilgan huddi qizlarga sog'ligiga ziyonu erkaklarga taluqli emas degandek.
papiros hamma uchun haromdir hoh er kishi bo'lish hoh ayol kishi bo'lsin...


Savol:Sigaret va nos chekish joizmi???

J: Sigaret va nos "keksayib" topgan kasalilardan biridir.Nabiy s.a.v davarlarida xam,sahobalar va tobeinlar davridan ham sigaret va nos yo'q edi.SHunig uchun Quron va Hadisda ular haqida hech narsa deyilmagan..Ammo Kitob va Sunnat qiyomatgancha insoniyatga hodiy ekan,bunday salbiy moddalar haqida hech gap aytmagan deyish unchalik to'g'ri emas.Boshqa ko'pgina hususlarda bo'lgani kabi, tutun va nos to'g'risida ikkala manbada ham ko'plab ishoralar bor:

"O'zingizni halokatga tashlamang" (Baqara surasi 195 oyat);

"O'zingizni o'zingiz o'ldirmang.Albatta Alloh sizlarga rahmlidir"(Niso surasi,29 oyat); "Bugun sizlarga barcha pokiza narsalar halol qilind"(Moida surasi,5 oyat) kabi oyatlaga asoslanib aksar fatvo kitoblarida sigaret va nos chekish harom qilindi.

Ummu Salama onamiz (r.a): Rasululloh s.a.v har qanday mast qiluvchi va badanni bushashtiruvchi,zaiflashtiruvchi narsalani istemol qilishdan qaytara edilar",deydilar Imom Ahmad Ibn Mojjalar rivoyatlarida, yana boshqa bir hadisda Islomda o'ziga ham o'zgaga ham zarar etkazish yo'q" deyilgan..
Kashandalik esa ham o'ziga zarar ham o'zgalarga.
Tamaki tutunining tarkibita 4 000ga yaqin modda bo'lib,hammasi insonni salomatligini emiruvchi ekanligini tibbiy tajribalrda aniqlangan.
Inson-Allohning mukammal tarzda yaratgan san'ati.Uning tanasidagi qon tomirlari uzunligi 150 000(bir yuz ellik ming)km. tashkil qilar ekan (ikki kihishini tomirlarini birlashtirilsa,Oyga etar ekan)..sigaret esa ,ayni shu go'zal san'atga halal beradi: qon tarkibi va aylanishini buzadi,tomirlani qotiradi.Nosning zarari esa tutunnikidan aslo kam emas.
Har kuni o'rtacha bir quti tamaki chekish bir yarim soat vaqtni olar ekan, bu hisob bir yilda yigirma uch kunni, o'n olti yilda esa roppa rosa bir sanani tashkil etar ekan.
Chekadiganlarni farzandlari esa bir yilda 80-90 quti chekkandek zaharlanar ekan.
O'rtacha narhda chekuvchi odam bir yilda 100 000 (yuz ming) so'm pulini tutunga aylantirar ekan(bu 2001 yil hisobi bo'yicha)
Bir marta tutun puflash atrofni etmish milligramm kukun ,yigirma besh milligramm karbonooksid bilan zaharlaydi.
Tamaki o'rash uchun eng sihatli suv qog'ozlar ishlatiladi.agar bu qog'ozlar kitob bosish uchun ishlatilsa bormi.....Oddiy bir qiyos: Bitta chekuvchini umr bo'yi chekkan tamakisi qog'oziga 300 000 (uch yuz ming) betli kitob bosish mumkin ekan.
Hullas, ezgulik dini Bo'lgan Islom bundayin zararkunandalrga beparvo qarashi mumkin emas.Ularni iste'moli Ulamolarimiz ijmoiga ko'ra man qilingan.....
.. (Muslmonlar Taqvim kitobi 2001 yil soni)


Qayd etilgan


Chustiy  05 Noyabr 2006, 02:14:53

bir birodarimizzi forumdagi postidan info..

ЦРУ нинг статистик маълумотларидан бир парча

1. Dunyo nufusı: 6.5 mılyard

2. Musulmonlarnıng sonı: 2 mılyard

3. Sigaret chakadıgan inson sonı: 1.15 mılyard

4. Sigaret chakadıgan Musulmon sonı esa: 400 milyon.

5. Eng yırık sıgaret ıshlab chıqaruvchı kompanıya: Phillip Morris.

6. Phillip Morris'nıng topıshını yuzda 12'si İsroil'ga tegıshlı

7. Kundalık musulmonlarnıng Phillip Morris'ga foyda qılıb berganı: 800 milyon dolar.

8. O'rtalama foyda foizi nisbati: Yuzdan ondir.

9. Phillip Morris'ning, musulmonlardan o'rtalama kunlik foydasi: 80 Milyon dolar.

10. Shundey qilib har kun sigaret chakadigon Musulmonlar 9.6 milyon dolar pul miqdorida İsroil'ga yubormoqda

Qayd etilgan


Chustiy  05 Noyabr 2006, 02:22:55

Savol:assalamu alaykum.Savol Sigaret chaksa tahorat ketadimi
Javob:Кетади.
http://www.islam.uz/forum/phpBB2/viewtopic.php?p=7838#7838

Qayd etilgan


SHahinur  06 May 2007, 23:44:58

Assalomu alaykum yahshi mavzu qizla segaret chekishi bu judayam hunu ish,shunaqa chiroyli qizlani sigaret chekib turganini kop koraman umuman hunuk korinadi endi u qizni oldiga yaqinlashib ham bo'midide,faqat qizlamas o'gil bollani ham sigaret chekishi hunuk odat nimaga chekasan disa siqilganim uchun chekaman diyishadi,nimaga boshqa siqiladigan odamla chekmidi inson siqilganida yomon odatlaga berilmasdan uzini tutishi kere irodasi kuchli bolsa sigaret chekishga hojat ham qolmasdi,chekib faqat uzini sogliginimas atrofidigilani sogligini ham yoqotadi oilasiga ham zarar qiladi shunaqa odamlani korganman bolasini dorisi yoki kiyim kechagi pampersiga keganda pul yoq diyishadi lekin bir pachka sigaretga pul topishadi usha pulni yigsa usha bolasiga kerakli narsalani olishi mumkunku.
Chekvotganla bilishmasmikin uzligini sogligini yoqotib umrini qisqarishiga uzligi sabab bulishvotganini,chekadigan odamni yonida turishni uzi bir azob uni hidiga chidab bulmiydi nahotki ushala boshqalaga uzligini shunaqa hunuk korsatishni yahshi korisharkin,chekadigan odam yahshi hidlani ovqat tamini bilmiydigan ham bolib qoladi.
Kim cheksa ham uzini sogligiga ziyon qivotgan umrini qisqartirvotgan boladi.

Qayd etilgan