Qizlar sigaret cheksa...  ( 38040 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Muhammad Amin  19 May 2007, 19:28:40

Hozirgi kunda qizlarning sigaret chekishi odatiy holga aylanib bormoqda. Afsus ularga nasihat qiladigan kimsalar topilmayapdi. Agarda kimda kim ularga nasixat beradigan bo'lsa nima ishing bor sening men bilan deb gapirishga qo'ymay o'zining ishini maqullaydi. Bizning euvropaga taqlid qilishimiz ham ana shunday oqibatlarga olib kelmoqda. Buning oldini olish har bir fuqaroning burchidir

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Iyun 2007, 19:16:52

Ўзбек сœизларига.

АŒизлар шим кийиши-замона зайли
АŒаранг с“алат иши скан дунёни"¦
АŒизлар шим кийишга кийбсиз, майли,
А­нди унутманг сиз ибо с›аёни

А­нди унутманг сиз унутманг асло
Ўзбек деган номни, сœиз деган номни
Билсангиз сœизларнинг иффати аъло"¦
Ортидан сргашманг с“арблик сансмни.

Сиз тсти смассизб айламанг такрор,
Сиз Шарсœ гсзалисиз, сиз шарсœлик ос›у!
Сизга Отабеклар,  Фарс›одлардир ёр,
Сиз учун Таркан с›ам, Бачан с›ам ос“у!..

Дунё бу-биз учун васœтинча маскан,
Билинг с›асœисœий бахт кийиниш смас!
Бир куни ер ости бслганда макон,
Авлодлар: «Фалончи зср кийган», демас!..

А‹АА сизга с›аёт сй сзбек сœизлар,
А‹аёсизлик —иллат сœабос›ат лаънат!
Асл бахт-с›аёда, унутмангизлар,
Биз сизни шунинг-чун севамиз фасœат!!!

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Iyun 2007, 21:53:20

Assalamu alaykum.
Alloh sizdan rozi bo'lsin!!!
Juda ham go'zal she'r.
QIzlarimiz bu she'rdan hulosa chuqarishadi, deb umid qilaman.
Alloh taolo, sizlardek iymonli va mag'rur yigitlarimizni chin muhabbatlaringizga sazovor bo'ladigan hayoli va iboli qizlarimizni ko'paytirsin.
Amiyyn!!!

Qayd etilgan


fazilat  13 Iyul 2007, 19:17:40

                                  Sigareta tutgan "œnozik qo’llar""¦
Nafs yo’liga kirgan kishi rasvo bo’lur,
Yo’ldan ozib tuzib gumroh bo’lur,
Yotsa-tursa shayton birla hamroh bo’lur,
Nafsni tiygil, nafsni tiygil, Ey, badkirdor!

A.Yassaviy


   Shuni ta’kidlab o’tish joizki, bugungi kunda sigareta chekishga rujo’ qo’ygan ayollar, xususan qizlar soni ko’payib bormoqda. Avvaliga, bu ajablanarcha qabul qilingan bo’lsada, keyiniga xuddi oddiy holdek bo’lib qoldi. Buni har kim har xil talqin etadi. Mening fikrimcha, ayol kishi har qanday holatda ham ayollik nafosatini yuqotmasligi darkor!

   Kuni kecha bir voqea diqqatimni tortdi. Ishxonamiz oldida bir panaroq joy mavjud. Bir kuni ana shu yerga ikkita xushbichim o’zbek qizi o’tib ketib, ozgina vaqt o’tmay qaytib ketishdi. Bu holatni bir necha marotaba kuzatgan hamkasblarimdan biri: "œBalkim sigareta chekkani kelishgandir",-deya so’z qotdi. Darhaqiqat, ko’cha-kuyda qizlarni sigareta tutatib ketishlari tobora ko’paysa ko’paymoqdaki, lekin kamaymadi"¦

   Keyin bir zum tasavvur qildim. Shu sigaretani tutgan "œnozik qo’lli" oyimchalar, ertaga aqilli, diyonatli, balkim namozxon o’g’illariga ne-ne umidlar bilan so’rab kelgan onaxonlarga mayda qadamlar tashlab choy uzatishadi. Ular haqida aytilgan ba’zida asli haqiqat yashiringan ta’riflarni eshitgan sovchilar, misli boshlariga "œbaxt qushi" qo’ngandek beshak-begumon indiniga bo’lajak kuyov bilan uchrashuvni belgilab ketishadi. Yolg’on asnosida qurilajak oila kelajagini Olloh Azza va Jalladan o’zga bilmaydi.
 
        Yuqorida keltirilgan misol bilan men hamma qizlar ham shunaqa demoqchi emasman. Aslo! Aksincha, tabiatan xushxulq (yoxud orttirilgan), hidoyatli, iymon-diyonatli bo’lgan qizlar sha’niga shu oyimchalar tufayli ta’na-dashnomlar yetmasin, yigitlar qalbida o’zlari tasavvur qilgan mo’mina qizlarga nisbatan shubha uygonmasin deyman. Alhamdulillah, Yaratgan Egamga ming tasannolar bo’lsinkim, hayotda haqiqiy mo’minalarni uchratdim, ularga do’st tutindim va havas qilaman. Ularning hidoyati oldida bosh egaman.

   Yana so’zimizga qaytadigan bo’lsak, uchrashuvga chiqqan yigitni bir tasavvur qilib ko’ring-a? Nozik hilqat deya sanalmish oy yuzli qiz salom bersa-yu, sigaretaning yoqimsiz hidi undan ufurib tursa, qay ahvolga tushadi yigit bechora? Yoinki onasi bag’rida erkalanib, mayin hididan sarmast bo’lish ilinjida onasi sari intilgan bola dimog’iga achqimtir ifor urilib bolakayni to’ppa-to’g’ri otasi bag’riga yetaklasa? Mayli, uni bola deylik, necha yoshga kirmaylik baribir onamizga bolalarcha erkalik qilgimiz keladi, ularni bag’rida o’zimizni ko’rishni istab qolamiz ba’zida. O’shanda, mushtipar onamizdan kelgan "œyoqimsiz" hid kap-katta bo’lgan biz bolalarga ham yoqmaydi. Albatta, bu ko’rgulikdan Yaratganning o’zi asrsin, omin!

   Bundan bir necha oy oldin, men poytaxtinimizning nomi ulug’ firmalaridan birida ishlar edim. Firma chet eldan mol olib kelib tashkilotlarga tarqatardi.  "œBaliq boshdan sasiydi" deganlari bejiz emas ekan, chunki ishxonada direktordan tortib to oddiy mutaxassisgacha deyarli hamma sigareta chekardi (hatto bir dugonamning ham chekishi guvohi bo’lganimdan keyin unga qanday munosabatda bo’lishni bilmay boshim qotgan). Buni ustiga direktor bilan guruh-guruh bo’lib chekkan paytlari ham bo’lgan. Tez-tez, "œIltimos, tashqariga chiqib chekinglar",-deya qayta-qayta o’qtirishlarimga yo zarda aralash javob olardim, yo "œuf" deya chiqib ketishardi (Yaratganga ming tasannolar bo’lsin, men hozir o’zga bir tashkilotda, yaxshi hodimlar orasida faoliyat yuritib kelyapman). Yoki shu kabi holatlar keyingi yillarda tashkilotlar orasida odatga aylanib borayotgan rusmdir?

   So’zimni nubuvvat egasi bo’lmish, Payg’ambardan sollallohu alayhi vasallam rivoyat qilingan bir hadislar ila yakunlayman: "œAyollarga o’zini o’xshatgan erkaklarga, erkaklarga o’zini o’xshatgan ayollarga Ollohning la’nati bo’lsin".  Shu hadisni chin dildan his etib, haqiqatdan o’zini yaratgan Ollohidan qo’rqqan Bandai ojiza, albatta, bunday hatti-harakatlarga yo’l qo’ymaydi. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "œKim (biror kishini) hidoyatga chaqirsa, hidoyatga ergashgan kishining ajridan biror narsa kamaytirilmasdan, uning ajricha ajr oladi", dedilar. (Imom Muslim rivoyatlari) Agar har birimiz yelkama-yelka bo’lib shu kabi illatlarga qarshi tursak, nafaqat, bu dunyoda balkim, inshaolloh, u oxiratda ham bizga yaxshiliklar ravo ko’rilgay.

   Olloh har bir insonni hidoyatga chorlab, to’g’ri yo’ldan ozdirmasin. O’zi tanlagan dinda sarmast va sobitqadan etib, oxiratimizni obod aylasin. Inshaolloh, Parvardigor bizni qiyomat pushaymonidan soqit, gunohlarimiz og’irligini yengil, yaxshilar hayotini rizq va matlabi ko’ngil, haloliyat ila kifoya va haromiyat tajovuzidan, yovuzlar yovuzligidan himoya, ota-ona, aka-uka, opa-singillarimizni qiyomat hasratlaridan va jamiki mo’’minu mo’minalarni jahannam dahshatlaridan ozod qilsin, omin!


Duoingiz ilinjida,
Fazilat


Qayd etilgan


ikbaljohn  20 Sentyabr 2007, 12:14:35

Birorta ayolni sigaret chekib turganini ko'rib, qo'lidagi sigaretni tortib olganmisiz yoki nasihat qiganmisiz?

Qayd etilgan


gayrat17  24 Sentyabr 2007, 18:50:14

Hozir birovga nasihat soladigan zamon emas. Xamma o'zicha aqlli. Juda yomon gapirgisi kelmasi, bilaman, zaraligini deb qo'yishadi.

Qayd etilgan


Farida  25 Sentyabr 2007, 12:14:52

Lekin bu degani nasihat qilish keremas diganimas.
Nasihattiyam nasihati bo'ladi. Muloyimlik bilan, husni xulq bilan biron narsani gapirsez, toshyurak ham quloq tutadi.
Ha, nasihat kor qilmas ekanda deb yurursez, ertaga yaqinlariz, opangiz, singliz qo'liga sigaret olsa ham indamaysizmi?
Aslida hamma bir-biriga opa-uka.

Qayd etilgan


Chustiy  21 Fevral 2009, 23:49:05

Ойдаги доғлар


Ўзбек қизи чекиш орқали «имидж»ини оширмоқчи! Авваллари онда-сонда хориж фильмларида сигарета чекаётган қизларни ксриб қолардик. «Ие, наҳотки, қизлар ҳам чекса?!», деб ҳайратга тушардик сшанда. Бугун, минг таассуфки, покиза, иболи сздек аёли орасидан ҳам чекадиганлари чиқиб қолди.

Кейинги йилларда турмушимизга ғарб маданисти шиддат билан кириб келаётганини кузатиш мумкин. Шу сабаб бир тоифа қизлар замонавий бслиш илинжида кийиниш, юриш-туришда имкон қадар «европалик бслиш»га ҳаракат қилишспти. Бу жараёнда маданистнинг асосий «шарт»и саналган чекиш ҳам сз-сзидан «замонавий» қизлар ҳаётига кириб борспти. киши қслидан келмайдиган иш йсқ. Кечагина ҳуркак оҳудай сзини номаҳрамдан олиб қочган сзбек аёли бугун сркаклардай шим кийишни ҳам уддасидан чиқспти. Тегнсиз савдода бир тарафга ҳавойи нафс истаклари, иккинчи томонга сса, ибо, ҳаё, ор-номус сингари тикланмайдиган бойликлар қсйилспти.
Одамзот фитратида тақлид деб аталмиш ҳам схшилик, ҳам ёмонликка хизмат қилиши мумкин бслган хусусист мавжуд. «Мафкуравий иммунитет»га сга бслмаган киши схши-ёмонлигига сътибор бермай, ксзига чиройли ксринган одатни бажариб кетавериши мумкин. Айрим сзбек қизларининг миллий қадрист, ахлоқу одобни унутиб, етти бегона слда расм бслган урфга — чекишга берилишини айни шу жиҳат билан изоҳласак, тсғри бсларди.

http://muslimaat.uz/content/view/711/117/

Qayd etilgan


Chustiy  21 Fevral 2009, 23:50:48

Chekishni bas qil, singlim...     

Ayol nega sigaret chekadi? Qiziq savоl, to`g`rimi? Kim uchundir ayolning sigaret chekishi оddiy hоlga aylanib ulgurgan, hattо. Balki bu masalani muammо darajasiga ko`tarish shartmi, dersiz. Kim uchundir arzimas masala tuyulgan tamaki bugun o`zbek qizlarini ham o`z dоmiga tоrtib bоrayotganligidan хabaringiz bоrmi? Bоr bo`lsa, bu mavzuga indamay qarab turish kerak, deb hisоblaysizmi? Mayli, bitta yoki ikkitasi chekayotgandir, nima qilibdi, deb o`ylasangiz хatо qilasiz. Aхir ana shu bitta yoki ikkita qiz ham millatimizning ertangi davоmchisi-ku!

Оdatda, biz sharqliklarda qiz bоlaning, umuman, ayol kishining har bir хatti-harakati dоimiy nazоratda bo`lgan. Har turli nохushliklardan, yomоn оdatlardan uni uzоqda saqlashga katta e’tibоr berishgan. Bugun-chi? Biz хоnadоnlarimiz g`unchalarini asray оlyapmizmi yoki turli bo`rоnlarga tutib beryapmizmi?

http://www.ayol.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=172&Itemid=58

Qayd etilgan


Foniy  26 Iyun 2009, 16:26:24

...ҳар куни срталаб ишга кетаётиб, бекатдаги йсловчиларнинг оёқлари остида сзғиланиб ёхуд тутаб ётган юзлаб, (балки минглаб дейишимиз тсғрироқ бслар!) папирос қолдиқларига ксзим тушади. Бугунги кунда ушбу манзарани нафақат бекатларда балки ҳамма жойда кузатиш оддий ҳолга айланиб қолган. Шу биргина сигарет чекиш орқали инсон олтита (бу менинг ҳисобимга ксра, балки адашаётгандирман, ортиқроқ бслиши ҳам мумкин) улкан исрофга йсл қсср скан. "œБслмаган гап!" демоқчимисиз? У ҳолда қулоқ солинг:
Сигарет снг аввало чснтагингизга зарар келтиради демак, пул исрофига йсл қсйган бсласиз. (Икки-уч дақиқада зарарли тутунга айланиб кетадиган нарса учун сарфлайдиган пулингизни болангиз учун бирор тотли егуликка сарфласангиз бслмасмиди?) Кейин сса сша ордонани чекиб, қсланса тутунини симиришга ҳам анчагина дақиқаларни сарфлайсиз. Бу снди вақт ҳамда умр исрофига киради. (Ишонмасангиз, бир кун мобайнида неча марта папирос тутатганингизни ва унга қанча вақт сарф қилганингизни ҳисобланг-да, бу рақам сллик-олтмиш йиллик умр давомида қанчага ортишини чиқариб ксринг). Сснгра бутун бошли автобус салонини бошингизга кстариб, йстала бошлайсиз. Демак, тамаки сз кучини ксрсатишни бошлабди. Бу ҳақда спкангиз маълум қилмоқда! Аавбатдагиси исрофнинг соғликка тегишли тури сканини унутманг. Сснгра сиздан келаётган бадбсй ҳиддан озор чекиб, ён-атрофингизда турган кишилар қсллари ёхуд дастрсмоллари билан бурунларини бекитишади ва норози ҳамда қаҳрли нигоҳларини сиз томон қадашади. Демак, улар асабийлашмоқда. Бу сзингизга қсшиб, бошқаларнинг ҳам асабини исроф қилаётганингизни (сговлаётганингизни) билдиради.
Автобус келиб қолгани туфайли чала-срим чекилган сигаретани ерга улоқтириб, унинг сшиги томон шошилдингиз. Ерда думалаб қолган папирос қолдиғи сса узоқ вақт сзидан қсланса ҳид таратиб, тутаб ётади. У скологиснинг бузилишига сзининг "œмиттигина" улушини қсшмоқда... Бу ҳам исрофнинг битта тури. Автобус йслга тушгач, ойна оша ортингизга қараб: "œА­сизгина, ҳаммасини чекишга улгурмадим, срми қолиб кетди, "œувол" бслди!.." дес ачинаётганингизни мен смас маъюс нигоҳларингиз айтиб турибди.
Аиҳост, сиз туфайли содир бслган охирги исроф менга тегишли бслиб чиқди. "œАега?!" дес асло бсғила ксрманг, исбот қилиб бера оламан. Агар сиз шу слгур тамаки аталмиш зормандадан йироқ бслганингизда сди, ИСА ОФ ҳақида мақола ёзиш срнига бошқа фойдалироқ иш билан шуғулланган бслардим!..

* * *

Сарвари коинот афандимиз (с.а.в.): "œИсроф қилиш ҳаромдир!" деб айтганларида қанчалик ҳақ бслганларини снди англагандирсиз? ...

Гулбаҳор АБДУЛЛОҲ

Maqolaning to`liq matnini o`qing.

Qayd etilgan