— Payg‘ambarlardan, alayhimussalomlar, keyin odamlarning eng afzali Abu Bakr Siddiq, so‘ngra Umar ibn al-Xattob al-Foruq, so‘ngra Usmon ibn Affon Zinnurayn, so‘ngra Ali ibn Abu Tolibdirlar. Ularning hammasidan Alloh rozi bo‘lsin. Ular Haq bilan bo‘lib, haqda o‘tganlar. Ularning barchalarini do‘st tutamiz. Payg‘ambarimiz sahobalaridan har birlarini faqat yaxshilik bilan yodga olamiz. Biror musulmonni qilgan gunohi uchun, garchi u katta gunoh qilgan bo‘lsa qam, uni halol hisoblamasa, kofirga chiqarmaymiz, undan imon nomini olib tashlamaymiz va uni haqiqatda mo‘min deb ataymiz. Kishi kofir bo‘lmay fosiq mo‘min bo‘lishi mumkin.