Imomi A’zam Abu Hanifa. Al-fiqh al-akbar  ( 18423 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:39:37

— Jannat va do‘zax hozir yaratib qo‘yilgandir, ular abadiy yo‘q bo‘lmaydilar. Hurlar ham
abadiy o‘lmaydilar. Allohning iqobi va ajri yo‘q bo‘lmaydi, ular abadiydir. Alloh istagan bandasini fazl aylab, hidoyatga soladi. Istagan bandasini adl aylab, izlol etadi. Alloh taoloning izloli xizloniydir. Xizlonning tafsiri — O’zi rozi bo‘ladigan amallarga bandani moyil qilmasligidir. Bu Allohning adlidir. Shuningdek, moyil qilinmaganni gunoh uchun jazolash ham adolatdir. Biz, shayton mo‘min bandaning imonini zo‘rlab, qahr qilib tortib oladi, demaymiz. Balki biz, banda oldin imonini tark etadi, ana shu vaqtda shay-ton undan imonini tortib oladi, deymiz.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:39:44

— Qabrda Munkar va Nakir nomli farishtalar savollarining bo‘lishi haqdir. Qabrda bandaga uning ruhi qaytarilishi haqdir. Qabrning qisishi haqdir. Qabrda hamma kofirlarga va ba’zi bir osiy musulmonlarga azob bor va bu haqdir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:39:52

— Alloh taoloning yad sifatidan boshqa mutashobih hamma sifatlarini arabchadan boshqa tilda ulamolar aytganlaridek aytish joizdir. Yad sifatini boshqa tilga tarjima qilib aytish mumkin emasdir. Undan boshqa mutashobih sifatlarini «o‘xshashsiz» va «tasavvursiz» so‘zlari bilan qo‘shib, masalan: «O’xshashsiz va tasavvursiz Parvardigorning yuzi uchun», deb aytmoq joizdir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:40:00

— Allohning yaqinligi va uzoqligi masofaning uzoq va qisqaligi jihatidan ham, fazilat va haqorat ma’nosida ham emasdir. Balki itoatgo‘y Allohga tasavvursiz yaqin va gunohkor-osiy Undan tasavvursiz yiroq degan ma’nodadir. Yaqinlik, uzoqlik, yuzlanish yolboruvchiga nisbatan qo‘llaniladi. Shuningdek, bandaning jannatda Unga yaqinligi va huzurida turishi tasavvursizdir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:40:08

— Qur’on Payg‘ambarimizga, sollallohualayhi va sallam, nozil etilgandir. U mushaflarda bitilgandir. Qur’on oyatlarining barchasi Allohning kalomi bo‘lganidan fazilatda va ulug‘liqda tengdirlar. Ammo ba’zi oyatlarida ham zikr fazilati, ham zikr qilinganning fazilati bor. Bunga misol, Oyatul Kursiydir. Unda Allohning ulug‘ligi, buyukligi va sifatlari zikr qilingandir. Demak, mazkur oyatda ikki fazilat jam’ bo‘lgan, ya’ni, zikr fazilati va zikr qilinganning fazilati. Ammo ba’zi oyatlarda faqat zikr fazilati bor. Kofirlarning qissalari bayon qilingan oyatlar bunga misoldir. Unda zikr qilinganning — kofirlarning fazilati yo‘qdir. Shuningdek, Allohning ismlari va sifatlari ulug‘lik va fazilatda tengdir, ular orasida tafovut yo‘qdir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:40:14

— Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, ota-onalari kufrda vafot etgan emaslar. U zotning amakilari Abu Tolib kofirlikda bu dunyodan o‘tgan. Qosim, Tohir va Ibrohim, Alloh ulardan rozi bo‘lsin, Payg‘ambarimizning, alayhissalom, o‘g‘illaridir. Fotima, Ruqiya, Ummu Gulsum va Zaynablar Payg‘ambarimizning qizlaridirlar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:40:21

— Agar mo‘min kishiga Tavhid ilmining nozik masalalaridan birortasi tushunarsiz bo‘lsa, shu zahoti bir olimni topib undan so‘rab bilishi zarur. Bunga qadar, Alloh oldida qanday to‘g‘ri bo‘lsa, shunday e’tiqod qildim, demog‘i lozimdir. Unga bu holda so‘rashni kechiktirish mumkin emas. Uni bilmay turishi uzr bo‘lmaydi. Agar tavhid ilmining tushunmagan masalasini o‘rganishga harakat qilmasa, kofir bo‘ladi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:40:28

— Me’roj to‘g‘risidagi xabar haqdir. Kim uni rad etsa, ahli sunna val jamoadan ajralgan va adashgan bo‘ladi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:40:59

— Dajjolning va Yajuj-Majujning chiqishi, quyoshning g‘arbdan tulu’ qilishi, Isoning, alayhissalom, osmondan tushishi va Qiyomatning sahih hadislarda vorid bo‘lgan boshqa alomatlari haqdir, sodir bo‘lajakdir.
Alloh istagan bandasini to‘g‘ri yo‘lga soladi.

Hamd olamlarning Parvardigori Allohgadir. Xojamiz Muhammadga, sollallohu alayhi va sallam, va uning barcha avlodlariyu sahoba-lariga durudu salomlar bo‘lsin!

Abduqahhor Shoshiy tarjimasi

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Iyul 2008, 09:23:00

Al-fiqh al-akbar



Muallif: Imomi A'zam Abu Hanifa

Hajmi: 16 Kb
Fayl tipi: pdf, zip

Saqlab olish

Online o'qish

Qayd etilgan