Imomi A'zam Abu Hanifa. Al-fiqh al-absat  ( 39346 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:12:14

Savol: — Nima u?

Javob: — Alloh kofirga Islomni qabul qilishni buyurgan, ammo kofir Islomga kirishini xohlamagan, U kofirlarga kufrni xohlagan, lekin ularni kufr qilishlikka buyurmagan.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:12:22

Savol: — Alloh rozi bo‘lgan, ammo uni odamlarga buyurmagan narsa bormi?

Javob: — Ha, u nafl ibodatlardir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:12:29

Savol: — Alloh rozi bo‘lmagan narsani odamlarga buyurganmi?

Javob: — Yo‘q.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:12:37

Savol: — Nega?

Javob: — Chunki Alloh taolo nimani buyurgan bo‘lsa, undan rozidir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:12:45

Savol: — Alloh bandalarni rozi bo‘lgan narsasi uchun azoblaydimi yoki rozi bo‘lmagan narsa uchun azoblaydimi?

Javob: — Alloh bandalarni rozi bo‘lmagan narsa sababli azoblaydi. Chunki Alloh ularni kufr va gunohlari uchun azoblaydi. Kufr va gunohdan esa Alloh rozi emas.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:12:54

Savol: — Alloh bandalarga iroda qilgan narsa uchun azob beradimi yoki iroda qilmagan narsa uchun azob beradimi?

Javob: — Alloh bandalarga iroda qilgan narsa uchun azob beradi. Chunki Alloh ularni kufr va gunohlari uchun azob beradi. Alloh kofir uchun kufrni, gunohkor uchun gunohni iroda etdi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:13:04

Savol: — Alloh ularni Islomni qabul qilishga buyurib, so‘ngra ularga kufrni iroda etdimi?

Javob: — Ha.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:13:26

Savol: — Allohning irodasi amridan oldin bo‘ladimi yoki Allohning amri Uning irodasidan ilgari bo‘ladimi?

Javob: — Allohning irodasi Uning amridan oldin bo‘ladi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:13:34

Savol: — Allohning xohishi Uning roziligimi yoki yo‘q?

Javob: — Allohning xohishi va Uning rizosi bilan ish qilganidan Alloh rozi bo‘ladi. Kim Allohning xohishi, toati va buyurganlarini qilsa, Allohning roziligi va adli bilan ish qilgan bo‘ladi. Kim Allohning xohishi va buyurmaganlarini qilsa, Allohning roziligi bilan ish qilmagan bo‘ladi, lekin gunoh qilgan bo‘ladi, gunoh qilish Allohning roziligi emasdir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:13:45

Savol: — Alloh bandalarga rozi bo‘lgan narsa uchun azob beradimi yoki rozi bo‘lmagan narsa uchunmi

Javob: — Alloh ularni kufr kabi rozi bo‘lmagan nar-sa uchun azoblaydi. Lekin itoat qilmaganliklari, gunoh ishlarni qilganlari uchun ularni azoblashga va ulardan qasos olishga rozi bo‘ladi.

Qayd etilgan