Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn  ( 272552 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 38 B


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:26:06

BO'STONUL ORIFIYN
AL-FAQIH ABU LAYS SAMARQANDIY

Arab tilidan Beknazar Muhammadshukur va Mas'udxon Mahdixon o'g'li tarjimasi. "Movarounnahr", Toshkent

SO'Z BOSHI

Aziz kitobxon!

Ushbu asar Faqih Abul Lays Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ibrohim as-Samarqandiy al-Hanafiy (vafoti 373/980 yoki 396/1003 yil)ning mo'tabar asarlaridan biridir. Muallif (rahmatullohi alayh) bilan "Tanbehul-g'ofiliyn" nomli asar orqali yaxshi tanishsiz.

"Bo'ston ul-orifiyn" esa ma'nan uning davomiga o'xshaydi. Bu ikki asarning qo'lyozmalari ham, nashr etilgan nusxalari (Qohira, Boyrut) ham ko'pincha birga muqovalangan holida uchraydi.

Bundan tashqari Abul Lays Samarqandiy fiqh, tafsir, aqoid, kalom va boshqa sohalarda ilmiy asarlar yozib qoldirganlar.

Bu asarlarning ko'pchiligi nashr etilgan ayrimlari esa fors, turk tillariga tarjima qilingan.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:26:12

"Bo'ston-ul orifiyn"ning qo'lingizdagi tarjimasini Livanning Boyrut shahridagi "Dorul-ma'rifi" nashriyotida qayta tuzatib chop qilingan nusxasidan amalga oshirdik.

Asarni arab tilidan aynan o'girgan bo'lsak-da, ba'zi xususiyatlarni uchratishingiz mumkin. Masalan, muallif (rahmatullohi alayh) ba'zi oyati karimalarning bir qismini kiritgan bo'lsalar ham biz tarjimada o'quvchiga tushunarliroq bo'lishi uchun ularni to'liq oldik. "Bo'ston-ul orifiyn"dagi hadisi shariflarning ko'pchiligi sahihligi sababli "Tanbeh-ul g'ofiliyn" tarjimasidagi kabi hadisshunoslik qilmadik. Umuman olganda Dilmurod Qo'shoqovning uslubini saqlab qoldik.

Ushbu asardan ma'rifatingiz ziyoda bo'lsa, avval Alloh taolodan, so'ngra muallif hazratlaridan, xatolarni esa bizdan deb bilib, taklif va mulohazalaringizni etkazasizlar deb umid qilamiz. Ularni muhtaram ustozlarimizning izohlar va ko'rsatkichlar tuzish kabi tavsiyalari qatorida keyingi nashrlarda inobatga olamiz, albatta.

Ushbu nashr amalga oshishiga yaqindan yordam bergan xayrixoh birodarlarimizga, noshiru muharrirlarimizga hamda komputerchi do'stlarimizga minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Alloh taolo barchalarimizni kamoli ma'rifatga etkazib, abadiy Bo'stoni — Firdavs jannatlaridan maskan qilib bersin. Omin.

Tarjimonlar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:26:35

1-bob
Ilm talab qilish haqida


Faqih Abu Lays Samarqandiy (rahimahulloh) aytadilar: Bilgilki, har bir muslim va muslimaga  din ishlarida muhtoj bo'ladigan tahorat, namoz va shariatning boshqa hukmlari hamda hayotiy ishlarida zarur bo'lgan narsalarni biladigan miqdorda ilm o'rganish farzdir. Bundan oshiqchasi farzi ayn (har bir kishi o'rganishi shart) emas, balki fazilatdir, uni tark qilsa ham, ziyoni yo'q. Xullas, kishi  o'zi muhtoj bo'ladigan narsalarning ilmini tahsil qilishi farz. Chunki Alloh taolo:

"Agar bilmaydigan bo'lsanglar, ahli ilmlardan so'ranglar" (Nahl, 43), deydi. Yana boshqa oyatda:

"Ular yana: "Agar tinglab, aql yurgizuvchi bo'lganimizda, do'zax egalari qatorida bo'lmas edik", derlar" (Mulk, 10), deb aytgan. Alloh taolo ularning bilmaganliklari sababli do'zax ahlidan bo'lganini xabar qildi.

Makhul Ali ibn Abu Tolibdan (roziyallohu anhu) rivoyat qilishicha, Nabiy (alayhissolatu vassalom): "Ilm talab qilish har bir muslim va muslimaga farz", deganlar. Boshqa bir hadisda: "Ilmni, garchi Chinda bo'lsa ham, talab qilinglar", deyiladi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:29:35

Abdulloh ibn Mas'ud (roriyallohu anhu) aytadilar: "Ilm yo'qolishidan oldin uni mahkam tutinglar, ilmning yo'qolishi ilm sohiblarini ketishidir. Ilmni mahkam tutinglar, chunki hech kim qachon unga muhtoj bo'lishini bilmaydi", dedilar. So'ng odamlar keragidan ziyoda ilm olish haqida gaplashishdi. Ba'zilar: "Agar kishi o'zi muhtoj bo'ladigan miqdorda ilm olsa, unga amal qilish bilan mashg'ul bo'lishi va ilm olishni tark qilishi lozim", dedi. Boshqalar esa: "Kishining ortiqcha ilm bilan mashg'ul bo'lishi uning farz amallariga nuqson kirmasa afzaldir", deyishdi. Shu so'z to'g'ri so'z. Avvalgi toifaning hujjati Ja'far ibn Burhon Maymun ibn Mihrondan, u esa Abu Dardodan qilgan rivoyatdir. U zot aytganlarki: "Bilmaydigan kishiga bir marta vayl bo'lsin, bilib turib amal qilmaganga yetti marta vayl bo'lsin".

Fuzayl ibn Iyoz aytadilar: "Kim bilgan narsasiga amal qilsa, Alloh unga bilmaydigan narsalarini ham o'rgatib qo'yadi, chunki amal o'zi uchun, ilmining ortiqchasini talab qilish boshqalar uchundir, nafsining ishlari bilan mashg'ul bo'lish muhimroqdir, chunki bu uning bo'ynidagi vazifadir".

Ikkinchi toifaning hujjati Alloh taoloning so'zidir.

Alloh taolo bu haqda boshqa bir oyatda shunday deydi:

"Ayting: "Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo'lurmi?!" (Zumar, 9).

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:29:53

Yana aytadi:

Mufassirlar bu oyatni "ulamolarning fuqaholari bo'lingiz", deb tafsir qilishadi. Subon Payg'ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladi: "Ilmning fazli amaldan yaxshiroqdir. Sizlarning diningizning egasi taqvodir".

Hasan Basriy (rahimahulloh): "Bir kishi ilm o'rganib, so'ng uni boshqalarga o'rgatishi ham amal hisoblanadi", deb aytganlar.

Abdulloh ibn Abbosning (roziyallohu anhu): "Kechasi bir soat ilm o'qish kechasi ibodat qilib chiqishdan ko'ra Allohga suyukliroq", deganlari rivoyat qilingan.

Avf ibn Abdulloh aytadilar: "Bir kishi Abu Zar G'iforiyga kelib: "Men ilm olishni xohlayman, lekin uni zo'e ketkazishdan va unga amal qilmaslikdan qo'rqaman", dedi. Abu Zar G'iforiy: "Boshingga ilmni qo'yishing (bo'yningga olishing) johillikni qo'yishingdan ko'ra yaxshiroqdir", dedilar. So'ng o'sha kishi Abu Dardoning huzurlariga borib, u zotdan ham shu narsani so'radi. Abu Dardo: "Insonlar qabrlaridan o'lgan holatlariga ko'ra tiriltiriladilar, olim olim bo'lib, johil johil bo'lib", dedilar. So'ng Abu Hurayraga borib, u zotdan ham shu haqda so'radi. Abu Hurayra unga: "Ilmni o'rganmaslikning o'zi uni zoe' qilishdir", deb javob berdilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:30:31

Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu): "Insonlar ikki toifadir: olimi rabboniy va najot topish uchun ilm oladigan tolib. Boshqalar esa, avom xalq bo'lib, har qanday da'vatchiga ergashib, har qanday shamolga egilaveradilar".

Ulamolar dunyo turguncha turadi, garchi o'zlari bo'lmasalar-da, qalblarda siymolari yashayveradi. Chunki amalning foydasi faqat kishining o'ziga, ilmning manfaati esa, o'ziga va boshqalarga. Demak, ilm amaldan afzal ekan, chunki Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam): "Insonlarning eng yaxshisi insonlarga ko'proq manfaati tegadigani", deganlar.

Rivoyat qilishlaricha, bir kishi Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam): "Amallarning qaysi biri afzalroq?" deb so'radi. Rasululloh: "Ilm", dedilar. U kishi ikkinchi, uchinchi bor so'radi. Rasululloh unga avvalgidek javob berdilar. Shunda u kishi: "Ey Rasululloh, sizga salomlar bo'lsin, men amal haqida so'rayapman", dedi. Nabiy (alayhissolatu vassalom): "Alloh amallarni ilmsiz qabul qiladimi?" dedilar.

Yana rivoyat qilinadiki, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Banda sadaqa qiladigan narsaning eng afzali ilm o'rganmog'i so'ng uni o'zidan boshqalarga o'rgatmog'idir", dedilar. Bu haqda hadislar ko'p.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:30:45

2-bob
Ilmni yozib borish haqida


Faqih Abu Lays (rahmatullohu alayh) aytadilar: Ba'zi insonlar ilmni kitobat qilishni makruh sanashadi. Ammo ilm ahlining ko'pchiligi muboh deyishgan. Makruh degan kishilarning hujjati Hasan Basriy rivoyat qilgan ushbu hadisdir: "Umar ibn Xattob (roziyallohu taolo anhu): "Ey Rasululloh, yahudiy va nasorolar ba'zi rivoyatlari aytishadi. Ularning ayrimlarini yozib olaylikmi?" deb so'radilar. Shunda Rasululloh u zotga qaradilar, yuzlarida g'azab bilinib turardi, so'ng: "Yahudiy va nasroniylar boshi berk ko'chaga kirib qolganidek, sizlar ham qiyin ahvolga tushmoqchimisizlar? Men sizlarga oppoq pok yo'lni keltirdim. Agar Muso tirik bo'lganida, albatta, menga ergashgan bo'lardi", dedilar.

Ato ibn Yasor Abu Said Xudriydan rivoyat qiladi: U kishi Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) ilmni yozish haqida izn so'raganlarida, Rasululloh izn bermaganlar.

Ibn Muslim aytadi: "Ibn Abbos yozishdan qaytarib: "Sizlardan oldingi qavmlar kitobat sababli adashdilar", deb aytardilar.

Ibn Abu Dovud otasidan rivoyat qiladi: "Abdulloh ibn Mas'udning ashobi u zotning huzuriga kelib: "Sizdan ilm yozib olgan edik, ko'rsataylikmi? Bizga bayon qilib bersangiz", deyishdi. Abdulloh: "Xo'p", dedilar. Keyin kitobniВ  ko'rsatishganida, kitobni oldilar va uni suv bilan yuvib, qaytaribВ  berdilar".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:30:58

Faqih aytadilar: Ibn Mas'udning (roziyallohu anhu) bunday qilishlariga sabab ular agar kitob yozishsa, yozuvga suyanib qolib, yodlashni tashlab qo'yadilar. Tushunmagan odam kitobga murojaat qiladi. Natijada, ularning ilmi yo'qolib ketadi. Chunki kitobda ortiqcha narsalar hamda kamchilik bo'ladi. Shuningdek,В  kitobga qo'shish va undan kamaytirish mumkin. Yod olingan narsani o'zgartirish mumkin emas. Chunki yod olgan kishi bilganini gapiradi. Kitobdan o'rgangan kishi yod olmasdan, gumon bilan xabar beradi.

Kitobat - yozish joiz degan kishilarning hujjati Abu Hurayra (roziyallohu anhu) rivoyat qilgan hadisdir: "Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) ashobi ichida mendan ko'p hadis bilgani yo'q, magar bo'lsa ham, Abdulloh ibn Amrdir. Chunki u yozib olardi, men esa yozib mas edim".

Ibn Jurayj ibn Ma'rur aytadi: "Abdulloh ibn Umar: "Ey Rasululloh, biz sizdan hadislarni eshitamiz, uni yozib boraylikmi?" deb so'radilar. Rasululloh "Ha", dedilar. Men: "Xursan va g'azablangan paytingizda hammi?" dedim. Rasululloh: "Ha, chunki men ikkala holatda ham faqat haqni gapiraman", dedilar".

Muoviya ibn Hurra: "Kimki ilmini yozmasa, uning ilmini ilmВ  hisoblamayman", deb aytardilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:31:41

Alloh taolo Muso (alayhissalom) xaqida habar berib aytadiki, Musodan (sollallohu alayhi vasallam) avvalgi qabilalar haqida so'rashganida, shunday deb javob berganlar: "(Muso) aytdi:

"Ular haqidagi bilim Parvardigorim huzuridagi kitobda - Lavhul mahfuzdadir. Parvardigorim adashmas va unutmas" (Toho, 52).

Rabiy' ibn Abu Aniys bobolari Zayd va Ziyodlardan rivoyat qiladi: "Ular ikkalasi Sulaymon ibn Abdulmaliknikiga kechasi kelishdi. U tuni bilan hadis aytdi, ikkalasi yozib borishdi".

Hasan ibn Ali (roziyallohu anhuma): "Sizlardan birortangiz bu ilmni yozishdan ojiz qolmasin. Chunki yozmaslikda zarar bordir. Agar yozmasa, ilm undan ketadi. Agar yozib olsa, esidan chiqqanida, murojaat qiladi", deganlar. Bu gap quyidagi hikoyaga o'xshaydi: Imom Abu Yusuf  Imom Muhammadni ilmni yozishda aybladilar. Shunda Imom Muhammad: "Men ilmning ketishidan qo'rqdim, chunki ayollar Abu Yusufni qayta tug'maydilar", dedilar. Darhaqiqat, musulmonlar ilmni kitobat qilishni bir-biridan meros qilib oldi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:31:49

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Musulmonlar yaxshi deb bilgan narsa Alloh huzurida yaxshidir. Musulmonlar  yomon deb bilgan narsa Alloh nazdida ham yomondir", deydilar. Yana aytadilarki: "Mening ummatim zalolat ustida jamlanmaydi". Chunki musulmonlar ilmni bir-biridan meros qilib olgani sababli, tutilajak yo'l dalillar bilan tasdiqlanadi.

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: "Ashoblarim yorqin yulduzlar kabidir, qay biriga ergashsanglar, hidoyat topasizlar".

Nofi' Ibn Umardan (roziyallohu anhumo) rivoyat qiladi: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Bu ilmni har bir boyu kambag'aldan, kattayu kichikdan yozib olinglar, kim ilmni ilm sohibining kambag'alligi yoki yoshi o'zidan kichikligi sababli tark qilsa, joyini do'zaxdan tayyorlab qo'ysin", dedilar".

Qayd etilgan