Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn  ( 273250 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 38 B


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:36:25

Aytiladiki: Sakkiz narsaga agar ahamiyat bermagan kishi faqat o'zini malomat qilsin: chaqirilmagan ziyofatga boruvchi, uy egasiga buyruq beruvchi,  dushmanlaridan yaxshilik istovchi, pastkashdan fazilat talab qiluvchi, gaplashib turgan ikki kishining orasiga kiruvchi, sultonni mensimagan kishi, o'zi munosib bo'lmagan majlisda o'tiruvchi, quloq solmayotgan kishiga gapiruvchi.

Said ibn Abu Ishoq Horisdan, u Alidan (roziyallohu anhu) Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) shunday deganlarini rivoyat qiladi: "Oqil faqat uchta narsaga nigohini qaratishi loyiq: yashashdagi aniq maqsadga yoki qiyomatdagi halovatga yoki harom bo'lmagan lazzatga. Oqil kunduzni to'rtta soatga (vaqtga) bo'lishi lozim: Rabbiga munojot qiladigan, nafsini hisob-kitob qiladigan, ilm olishga boradigan — ular unga dinining ishlarini ko'rsatib, nasihat qiladilar, nafsining halol va chiroyli lazzatlar bilan holi qo'yadigan payt. Yana oqilga holatiga nazar qilishi, zamona ahlini tanishi va tilini xatardan saqlashi lozim".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:36:39

50-bob
Odob haqida


Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu): "Avval odob, so'ng ta'lim beringlar", dedilar.

Abu Abdulloh Balxiy: "Nafsning odobi ilmning odobidan ko'proq, ilmning odobi ilmning o'zidan kattaroq", deganlar.

Abdulloh ibn Muborak aytadilar: "Agar menga, bir kishida avvalgilaru  oxirgilarning ilmi bor, deb sifatlashsa-yu, unda odob bo'lmasa, u bilan uchrashmaganimga afsuslanmayman, agar bir kishi haqida nafs odobi bor deb eshitsam, unga yo'liqishni orzu qilaman, uchrashmasam afsuslanaman".

Aytiladiki, Islom beshta qo'rg'oni bo'lgan shaharga o'xshaydi. Birinchisi, oltindan, ikkinchisi, kumushdan, uchinchisi, temirdan, to'rtinchisi, pishiq g'ishtdan, beshinchisi, xom g'ishtdan. Modomiki, qo'rg'on ahli xom g'ishtdan bo'lgan qo'rg'ondagilar bilan ahdlashsa, dushman ularga hujum qila olmaydi. Agar bir-biri bilan ahdlashuvni tark qilishsa, xom g'ishtdan bo'lgan qo'rg'on xarob bo'ladi, so'ng dushman ikkinchisiga hujum qiladi, so'ng uchinchisiga, hatto qo'rg'onlarning hammasi xarob bo'ladi. Shuningdek, Islom ham beshta qo'rg'on ichidadir: birinchisi yaqiyn (qat'iy ishonch), so'ng ixlos, so'ng farzlarni bajarish, so'ng sunnatlarni to'liq qilish, so'ng odobni saqlash. Modomiki, banda odobni saqlab, unga ahd qilar ekan, shayton unga hamla qilolmaydi, agar odobni tark qilsa, shayton sunnatlarga hujum qiladi, so'ng farzlarga, so'ng ixlosga, so'ng yaqiynga. Inson hamma ishlarida odob saqlashi lozim: namoz, tahorat, sotish, sotib olish, suhbat va bundan boshqalarda. Kelgusi boblarda shart bo'lgan odoblarni bayon qilamiz. Avvalo tahorat va namoz odoblari haqida.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:37:56

51-bob
Tahorat va namoz odoblari
`

Faqih Abu Lays (rahimahulloh) aytadilar: Kishi tahorat qilishni xohlasa, hojatxonaga "Bismilloh, ey, Parvardigor, men Sendan shaytoni rajim tomonidan bo'lgan najas, xabis ifloslik va nopoklikdan panoh tilayman", deb chap oyog'i bilan kirishi lozim. Chunki Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Albatta, bu pichan nopokdir (ya'ni, shayton uni iflos qilgan). Agar birortangiz hojatxonaga kirsa, Allohdan shaytoni rajimdan panoh tilasin",deganlar. O'ng qo'l bilan istinjo qilish makruh, chunki Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) bundan qaytarganlar va o'ng qo'lni pokiza, chap qo'lni nopok ishlarga buyurganlar. Oishadan (roziyallohu anho) rivoyat qilinadi: "Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) chap qo'llari hojat  va sodir bo'lgan zararlarni daf qilishi uchun, o'ng qo'llari taomlari uchun edi". Hafsa (roziyallohu anho): "Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) o'ng qo'llari taom, sharob, kiyim va namoz uchun bo'ldi. Chap qo'llari bundan boshqa narsalar uchun edi", deydilar. Ibrohim Naxa'iy: "Kishining o'ng qo'li taom va sharobi uchun, chapi istinjo va burun qoqishi uchun", deganlar.

Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Bu xabarlardan kelib chiqib aytamizki, o'ng qo'l bilan istinjo qilish va burun qoqish durust emas, faqat chap qo'lda nuqsoni bo'lsa, ruxsat. Avratini quyosh va oyga qarab ochish mumkin emas, shuningdek, qiblaga ham qarab o'tirmaydi. Ammo (hojatxonada) qibla tomondan to'siq bilan to'silgan bo'lsa, ziyoni yo'q. Hojat mahalida gapirish durust emas, chunki kotib farishtalar uni xoli qo'yishadi. Agar mana shu vaqtda gapirsa,  so'zini yozib olishlari uchun ular qaytishga majbur bo'lishadi, bu esa, ularga qiyinchilik tug'diradi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:38:04

Bavldan (siydik) albatta, tozalanish lozim, chunki Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Qodir bo'lganlaringcha bavldan saqlaninglar, chunki qabr azobining hammasi shundan", deganlar. Hojatda o'tirganda kiyimini oshiqcha echmasligi, qodir bo'lgunicha avratini berkitishi lozim, chunki Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) shunga buyurganlar. Sahobalar: "Ey Rasululloh, atrofda hech kim bo'lmasa-chi" deyishganda, Rasululloh: "Alloh hayo qilishga  haqliroq, chunki sen bilan birga ikkita sohibing bor, ular senga ozor berishmaydi", dedilar. Bas, sen ham ularga ozor bermasliging lozim.

Hojatdan o'ng oyoq bilan chiq va: "Mendan ozorini chiqarib, quvvatini qoldirgan Zotga hamd bo'lsin", deb ayt. Tahorat qilishni boshlashdan oldin "Bismilloh, suvni poklovchi qilgan Allohga hamd bo'lsin", deb ayt, chunki Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Kim tahorat vaqtida Allohning nomini aytsa, u tahoratini chiroyli qilibdi va jasadini poklabdi. Kim Alloh nomini aytmasa, tahoratiga chiroy bermabdi va jasadini poklamabdi", deganlar. Istinjo qilgan odam qo'lini devorga yoki erga urib yuvishi mustahabdir (ya'ni, bugungi kunimizga qiyosan aytsak, hojatxonadan chiqqan yoki istinjo qilgan kishi qo'llarini sovun bilan, sovun topmasa, toza tuproq, kesak bilan yuvishi lozim.— Muh.) Shunda najaslardan o'tirgan zarar (mikrob) ketadi. Va bu ish sunnatdir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:38:12

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: "Tahorati bo'lmagan kishida namoz, "bismillah"ni aytmagan kishida tahorat bo'lmaydi". ("Bismillah"ni aytish Abu Xanifa mazhablarida sunnatdir — Muh.) Tahorat oluvchi barmoqlarni xilol qilishi va oyog'ining to'pig'ini ishqalab yuvishi lozim. Chunki bunga bee'tibor bo'lishdan qattiq ogohlantirilgan. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Tovonlar uchun do'zaxda vayl bor", deganlar. Abu Ayyub Ansoriy (roziyallohu anhu) Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Xilol qiluvchilar qanday yaxshi", dedilar u zot. "Xilol qiluvchilar kim?" deyildi. "Taomdan xilol qiluvchilar va tahoratda suv bilan xilol qiluvchilar", deb javob qildilar".

Agar tahoratni qilib bo'lsa: "Allohim, Sen aybu nuqsonlardan poksan Senga hamd bo'lsin, Sendan boshqa iloh yo'qligiga guvohlik beraman, Senga istig'for aytaman, tavba qilaman va yana guvohlik beramanki, Muhammad Sening quling va rasulingdir", deb aytadi.

Darhaqiqat, bunday deyish ko'p fazilatlidir. Ibn Mas'uddan rivoyat qilinadiki, Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Agar birortangiz tahoratni tugatsa: "Allohdan o'zga iloh yo'q va Muhammad uning bandasi va rasuli, deb guvohlik beraman", desin va menga salovot aytsin. Shunda unga rahmat eshiklari ochiladi", dedilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:38:27

Tahorat vaqtida qiblaga qaragan bo'lishi va ortiqcha narsalarni so'zlamasligi lozim. Agar masjidga kirsa, uni ulug'lab ta'zim qilishi, o'ng oyoq bilan boshlashi va: "Bismillah, Allohim, menga rahmating eshiklarini och, gunohlarimni mag'firat qil va menga g'azabing eshiklarini yop", deyishi lozim. So'ng namozida xushu'li bo'lsin, chunki Alloh taolo

"Darhaqiqat, mo'minlar najot topdilar. Ular namozlarida (qo'rquv va umid bilan) bo'yin eguvchi — xushu'li kishilardir" (Mo'minun, 1-2), degan. Namozda o'ng va chapga burilmaydi. Chunki u namoz — Buyuk Podshohning huzuridagi buyuk maqomdir. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) Abu Salma ibn Abdurahmonning namozini maqtadilar va: "Uni ko'zi sajda o'rnidan o'tmayotganini ko'ryapsizlarmi", dedilar.

Namoz o'qishni boshlayotganda qaysi namoz ado etayotganini niyat qilishi lozim. Chunki namoz faqat niyat bilan durust bo'ladi. Namozni tugatgach, o'zi, ota-onasi, mo'min va mo'minalar uchun duo qilish lozim. Shuningdek, masjidga ta'zim bajo aylaydi, chunki Alloh taolo:

"(U chiroq) bir uylarda (ya'ni masjidlarda yoqilurki), Alloh ularni baland ko'tarib (bino) qilinishiga va ularda o'zining nomi zikr qilinishiga izn bergan (ya'ni amr qilgan) edi" (Nur, 36), deydi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) masjidda savdo-sotiq qilishdan va ovozni ko'tarishdan qaytarganlar. Ortiqcha so'zlar, lag'v, she'r va janjal u erda makruhdir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:38:40

52-bob
Uxlash odobi haqida


Faqih Abu Lays (rahimahulloh) aytadilar: Inson tahorat bilan uxlashi lozim, chunki Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Kim tahorat bilan uxlasa, uning boshida bir farishta tunaydi. U kechasi uyg'onsa: "Ey Parvardigor, bu bandangni kechir, chunki u tahorat bilan uxladi" deydi", deganlar.

Agar inson doimo tahoratli yurishga qodir bo'lsa, shunday qilsin. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) Anas ibn Molikka: "Agar senga tahoratli holatingda o'lim kelsa, shahidlik seni chetlab o'tmaydi", dedilar.

Alloh taolo Musoga (alayhissalom): "Ey Muso, agar senga musibat etganda tahoratsiz bo'lsang, faqat o'zingni malomat qil", dedi.

Aytiladiki, mo'minlar uxlasalar, ruhi osmonga ko'tariladi. Tahoratlilariga sajda qilishga ruxsat beriladi, tahoratsizlariga ruxsat berilmaydi.

Uxlashda o'ng yonbosh bilan, qiblaga qarab yotish mustahab. Keyin boshqa tomonga burilmoqchi bo'lsa, burilaveradi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:38:56

Yotayotganda: "Ismi tufayli eru samoda biror narsa zarar bermaydigan zot Alloh nomi bilan boshlayman. U eshituvchi va bilguvchidir", degan duoni o'qiydi va yana boshqa xohlagan duolarini qiladi.

Uyqudan uyg'ongan vaqtida: "O'lganimdan keyin tiriltirgan va huzurida to'planiladigan zot Allohga hamd bo'lsin", deydi. Shunday desa, kechasining shukrini ado etgan bo'ladi.

Uyga kirishda o'ng oyog'i bilan, chiqishda chap oyog'i bilan boshlashi mustahabdir. Musulmon kishi hamma harakatlarida avvalo "bismillah" deyishi, iymon halovati qalbga kirishi uchun har bir ishdan bo'shagandan so'ng "alhamdulillah", deyishi lozim.

Kunning avvalida, shom bilan xufton orasida uxlash makruh. Tush payti uxlash mustahab Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) o'g'illaridan bittasining ertalab uxlagani holda ko'rdilar. Shunda oyoqlari bilan uni tepib: "Alloh taolo ikkala ko'zingni uxlatmasin, rizqlar taqsimlanadigan soatda uxlayapsanmi? Arablarning uyqu dangasalik paydo qiladi, qarilik keltiradi, hojatlarni esdan chiqaradi, deganlarini eshitmaganmisan?" dedilar. So'ng aytdilar: "Uyqu uch xil: tabiiy, fazilatli va ahmoqona bo'ladi. Tabiiysi tush paytiidagi uyqu, fazilatlisi choshgoh uyqusi, ahmoqona uyqu esa, kunning oxiridagisi. U paytda faqat ahmoq yoki mast yoki kasal odam uxlaydi".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:40:16

53-bob
Ovqatlanish odobi haqida


Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Kishiga taomdan oldin va keyin ikkala qo'lini yuvishi mustahabdir, chunki bunda barakat bor.

Zozon Salmon Forsiyning shunday deganlarini rivoyat qiladi: "Men Tavrotda taomdan oldin qo'l yuvishda baraka borligini o'qidim, buni Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) aytgan edim, u kishi: "Taomdan oldin va keyin qo'l yuvishda baraka bordir", dedilar". Faqih aytadilar: Issiq taomni ema, chunki Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Taomni sovutinglar, chunki issiq taomda baraka yo'q. Taomni hidlamanglar, chunki  hayvonlar shunday qiladi", deganlar. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) yana: "Taomni yirtqich hayvonlar hidlaganidek hidlamanglar, taom va ichimlikka puflamanglar, chunki bu yomon odatdir", dedilar.

Ikrima ibn Abbosdan (roziyallohu anhumo) Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) idishning ichiga puflash va unda nafas olishdan qaytarganlarini rivoyat qilganlar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  25 Fevral 2008, 06:40:25

Eydigan taoming halol bo'lsin, tanovuldan oldin "Bismillahir rohmanir rohiym", deb ayt. Kimniki taomi harom bo'lsa, garchi "bismillah"ni aytsa ham, shayton: "Yo'q, bu taomni ishlab topganingda men sen bilan birga edim. Bas, bunda senga sherik bo'laman va endi sendan ajramayman", deydi. Agar taoming halol bo'lsa va unga "bismillah" desang, shayton sendan qochadi. "Bismillah" demasang, shayton yana senga sherik bo'ladi. Bu gap Alloh taoloning:

"Topgan mol-davlat va bola-chaqalarida ularga sherik bo'l" (Al-isro, 64), degan so'ziga muvofiqdir. Agar "bismillah"ni ovoz chiqarib aytsang, yoningdagi kishilar ham unutganlari bo'lsa, yodlariga tushib aytadi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) deydilar: "Birortangiz taom esa, Alloh taoloning ismini zikr qilsin, oldidan olib esin, o'ng qo'li bilan esin, taomning ustidan boshlab eyishdan saqlaninglar, chunki ustidan baraka tushib  turadi. Birortangiz chap qo'li bilan eb-ichmasin, chunki shayton chap qo'li bilan eb-ichadi. Agar birortangizning kechki ovqati idishga qo'yilsa, to ko'tarilguncha turmasin. Taomni ko'pchilik bo'lib englar, shunda baraka bo'ladi".

Oisha onamiz Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Agar birortangiz ovqatlansa, boshida "bismillah" desin, esidan chiqsa, oxirida "bismillah" desin. Kim har bir egan luqmada "bismillah" desa, qiyomat kunida egan narsasi haqida hisob-kitob qilinmaydi", dedilar.

Qayd etilgan