Ba'zi hukamolar aytadi: "Kimki o'z aybini ko'rsa, birovning aybi bilan ishi bo'lmay qoladi, kimki taqvo libosini echsa, biror-bir narsa bilan o'zini bekita olmaydi, kimki Alloh bergan rizqqa qanoat qilsa, qo'lidagi narsaga xafa bo'lmaydi, kimki zulm qilichini chiqarsa, shu qilich bilan o'zi chopiladi, kimki birodariga quduq qazisa, o'zi o'sha chuqurga tushadi, kimki o'zganing hijobini echsa, o'zini uyatli eri ochiladi, kimki o'z xatosini unutsa, o'zganing xatosi unga katta ko'rinadi, kimki ishlariga siqilib tashvish qilsa, halok bo'ladi, kimki o'z aqlidan behojat bo'lsa, adashadi, kimki odamlar orasida takabburlik qilsa sharmanda bo'ladi, ishda chuqur ketgan kishi malollanib qoladi, kimki insonlarga faxrlansa sinadi, kimki ahmoqlik qilsa, haqoratlanadi, kimki razil, pastkash kishilar bilan do'stlashsa, xor bo'ladi, kimki olimlar bilan o'tirsa, viqori oshadi, kimki yomon eshikka kirsa tuhmatga qoladi, qarzga beparvo bo'lgan kishi qiyin ahvolda qoladi, odamlar molini o'lja olgan kishi faqir bo'ladi, oqibatga qarab ish qilgan kishi sabrli bo'ladi, bilmay qadam qo'ygan kishi nadomatga qoladi, Allohdan qo'rqqan kishi najot topadi, ishlarda sinab ko'rilmagan kishi aldanadi, haq ahli bilan kurashgan kishi yiqiladi, toqati etmaydigan narsani ko'targan kishi ojiz qoladi, ajalini bilgan kishi orzusini qisqa qiladi, jahldan yordam so'ragan kishi adolatni tark qiladi, kuch va quvvat faqat Allohdan. Muslimning jizyasi — uyini ijaraga berishi, bo'ynini qullikdan ozod etishi — qarzini ado qilishi, bo'ynini xorlashi — qarz olishi, azoblanishi — ayolining yomon xulqi".