Ilm va ziyo > Dasturlash

HTML asoslari. Web sahifa yaratishni boshlovchilar uchun.

(1/5) > >>

Ulugbek:
Assalomu alaykum ahli iymon, ahli musulmon!
*********************************************
Bu bo'limda web-saytlar yaratish bo'yicha yangi
texnologiyalar, dizayn bo'yicha fikr-mulohazalar bilan
o'rtoqlashish va qo'ldan kelgancha darslar bilan
boyitishga qaratilgan ma'lumotlar bo'ladi.
*********************************************
Agar kimda-kim yangi texnologiyalardan xabardor bo'lsa,
iltimos ular bilan o'rtoqlashing!
*********************************************

Ulugbek:
AbdulAziz:

Va alaykum assalom
*********************************************
Judayam aktual mavzuga qo`l uribsiz. O'ylaymanki
bu mavzu ko'pchilikda qiziqish uyg'otadi. Hamma web-
sahifa qiziquvchilari, ustalarim foydalanuvchilarini ushbu
mavzuga taklif qilamiz!
*********************************************
Hozircha ishlatayotganlarimiz juda oddiy dasturlar.
Asosan Dreamweaver MX ni tavsiya qilgan bo`lardim.
Chunki unda ishlash qulay, oson va maroqli!

Ulugbek:
Assalomu alaykum hurmatli do'stlarim!
========================================
Sayt yaratish bo'yicha qo'ldan kelgancha ma'lumotlar
kiritishga harakat qilib boraman!
========================================

Saytlar bir necha web-dasturlash tilarida yaratiladi.
Biz xozirgi kunda eng oson til HTML ni ko'rib chiqamiz.
========================================

Ulugbek:
AbdulAziz:

Bundan tashqari birqancha boshqa formatlar ham mavjud. Masalan: PHP, CGI va h.
Lekin eng osoni va boshlovchilar uchun qulayi HTMLdir. Yana bir qulayligi HTML istalgan brouzerda muammosiz ko`rinishi mumkin.
HTMLda sahifa yaratish uchun oddin NotePad dan ham foydalanishingiz mumkin.

Ulugbek:
Dunyo o'rgimchak to'ri (WWW - World Wide Web)
millionlab saytlardan tashkil topgan.
*********************************************
Avvalari saytlar faqatgina HTML (Hupet Text Markup Language)
da yaratilgan. HTML ni ko'pchilik Programma tili deb
tushunishadi, lekin HTML bu programalash tili emas.
HTML - bu xujjatni "belgilash" tilidir, ya'ni Siz o'z
axborotingizni WWW foydalanuvchiga etkazishdagi eng
asosiy yordamchidir.
*********************************************
Hamma saytlarning poydevori HTML dir.
*********************************************
Forum qatnashchilariga yaxshi ma'lum teg - "buyruq"lar
mavjud. Ularni Siz doimo ishlatib kelgansiz.
Masalan: Matn
Qalin matn "жирный",
o'nga og'ishgan - "наклоный"
hamda Tagiga chizilgan matn bo'lishi uchun

--- Kod: ---[b]Qalin matn "жирный"[/b],
[i]o'nga og'ishgan - "наклоный"[/i] ,
[u]Tagiga chizilgan matn[/u]
lardan foydalanamiz, bu erda [b], [i], [u] - buyruq boshlanishi,
[/b], [/i], [/u] - esa buyruqni yopilganligini bildiradi!
*********************************************


--- End code ---
dan foydalanamiz
Xamma buyruqni bir vaqtda bersak
Mana bu ko'rinishdagi matn xosil qilish mumkin.

--- Kod: ---[b][i][u]Mana bu ko'rinishdagi matn xosil qilish mumkin.[/u][/i][/b]
--- End code ---
*********************************************
Aslida TEG lar <> belgilari ichida yoziladi.
Masalan: Qalin matn, og'ishma matn
tagiga chizilgan matn ko'rinishida bo'ladi.
*********************************************

Sayt yaratishda maxsus buyruqlar - TEG lar orqali boshqariladi.
Sayt asosan 3 qismdan iborat
bosh - <HEAD>
ISM - <TITLE>
tana - <BODY> va boshqa qo'shimcha juda ko'p teglardan tashkil topadi.

--- Kod: ---<html>
<head>
<title>Bizning birinchi dars</title>
<head>
<body> Bizning birinchi dars
</body>
</html>

--- End code ---
========================================
Har bir teg ochilgandan keyin uni yopilganligini bildiruvchi teg bo'lishi kerak.
Masalan:
Biz saytning bosh qismini yaratmoqchimiz, buning uchun
biz bu sahifa HTML tili formatida ekanligini habar qilishimiz kerak , shuning uchun

--- Kod: ---<HTML>
--- End code ---
tegi yoziladi, keyin uni ismi

--- Kod: ---<TITLE> Sayt nomi </title>
--- End code ---
yoziladi bu erda <title> ochilgan teg, </title> esa yopilganligini bildiradi

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version