Umumiy bo'lim > Rasululloh SAV va sahobalar

Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar

<< < (2/22) > >>

Mahdiyah:
Anas roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam menga "œHoy ikki quloqlik", deb hitob qildilar", deydi.
Imomi Abu Dovud rivoyati

Abu Hurayra roziyallohu anhudan: "œPayg’ambar alayhissalom Hasan ibn Aliga tilini chiqarar, bola uni qizilligini ko’rib kular edi".

Mahmud ibn Rabi’ roziyallohu anhu dedi: "œMen 5 yoshda edim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hovlimizdagi quduqdan chelakda suv olib, yuzimga bir hovuch sepganlarini hotirlayman".
Buxoriy va Muslim rivoyatlari

Mahdiyah:
Oisha roziallohu anho rivoyat qiladilar: "œRasululloh sollallohu alayhi va sallam tahoratni ham, poyavzal kiyishni ham, soch tarashni ham o’ngdan boshlashni yaxshi ko’rar edilar. Ul zot barcha o’ngdan boshlash joiz bo’lgan ishlarni o’ngdan boshlashni odat qilgan edilar"

Mahdiyah:
Ato ibn Raboh aytadilar: "œIbn Umayr bilan Oyishaning (r.a.) huzuriga kirdik. U Oyishaga "œRasulullohdan (s.a.v.) ko’rganingiz ajoyib bir narsa gapirib bering", dedi. Shunda Oyisha yig’lab yubordilar va aytdilar: "œU zot bir kechai turib: "œEy Oyisha, meni holi qo’y, Rabbimga ibodat qilaman", dedilar. Men: "œAllohga qasamki, sizning yoningizda bo’lishni yaxshi ko’raman, shuningdek, sizni quvontiradigan narsani ham yaxshi ko’raman", dedim. U zot (s.a.v.) turib tahorat oldilar, keyin namozga qoim bo’ldilar. Shunda tinimsiz yig’layverdilar, ko’kraklari ho’l bo’lib ketdi, yana yig’layverdilar, yer ho’l bo’lib ketdi. Keyin Bilol azo aytgani keldi. U zotning (s.a.v.) yig’layotganlarini ko’rib: "œSiz yig’layabsiz, holbuki, Alloh avvalgi va oxirgi gunohlaringizni kechirgan-ku?" dedi. U zot (s.a.v.): "œShukr qiluvchi banda bo’lmayinmi? Bu kecha menga shunday oyatlar indirildiki, ulardagi narsani tafakkur qilmagan odamga vayl bo’lsin" dedilar va "œOsmonlar va yerning yaralishida"¦" oyatini oxirigacha o’qidilar".
Ibn Hibbon rivoyati

Mahdiyah:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ismlari xususidagi hadislar

Muhammad ibn Jubayr ibn Mut’im otalaridan naql qiladilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam: "œMening (ilgarigi ummatlar yaxshi bilgan) besh ismim bor. Men Muhammad va Ahmadman, men al-Mohiyman (ya’ni) Alloh taolo mening vositam birla kufrni mahv qilur, men al-Hoshirman, (ya’ni Qiyomat kuni birinchi bo’lib) oyoqqa turganimda odamlar (atrofimga) to’plangaylar va men al-Oqibman, (ya’ni men payg’ambarlarning eng so’nggisiman)" — deb marhamat qildilar".

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam: "œAlloh taoloning Quraysh (kofirlari nohaq otayotgan) haqoratu la’nat (toshlarini) qay yo’sinda mendan qaytarib, (ularning o’zlariga yo’naltirayotganidan) taajjub qilmaysizlarmi? Ular (meni "œMuhammad"  - "œG’oyatda maqtovga sazovor" deyish o’rniga), "œMuzammam" ("œLa’nati, nafratli") deb haqorat qiladilar, "œMuzammam" deb la’natlaydilar, men ersam (benihoyat maqtovga sazovor) Muhammaddurman!" — deb marhamat qildilar".

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning "œAL-JOMI’ AS-SAHIH" (Hadis 2) kitobidan (Toshkent - 1996)
82 — bob. 469 — bet

Mahdiyah:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kunyalari (laqablari) xususida

Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam bozorda erdilar, bir kishi ul zotga: "œYo Abulqosim!" — deb murojaat qildi. Shunda ul zot unga o’girilib qaradilar-da: "œ(Qosimning otasi deb) kunyam birlan emas, balki (Muhammad deb) ismim bilan atangizlar!" - dedilar".

Jobir roziyallou anhu rivoyat qiladilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam: "œ(Qosimning otasi deb) kunyam birlan emas, balki (Muhammad deb) ismim birlan atangizlar!" - dedilar".

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning "œAL-JOMI’ AS-SAHIH" (Hadis 2) kitobidan (Toshkent - 1996)
85 — bob. 470 - bet

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version