Форумдошга бир гапим бор! (с)  ( 906311 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 ... 229 B


AbdulAziz  07 Yanvar 2010, 10:16:24

Qachon forumga kirasiz sizni kutib ko'zlarim to'rt bo'p ketdi-ku.

Bugun telefon qilsam ko'taring iltimos

Telefon nomerizni berishga berdiz, endi nimaga ko'tarmaysiz

MSJON, ogohlantiraman:
Bu kabi shaxsiy xabarlaringizni umumiy bo'limlarda qoldirmang.

Qayd etilgan


Muhseena  07 Yanvar 2010, 21:52:43

Assalamu alaykum.
Kuni kecha  Al-Buxoriy hazratlarining "Sahihul Buxoriy" kitoblarining "Fitna" bobini o'qib qoldim.Rasululloh s.a.v. o'zlaridan keyin bo'ladigan fitnalarni umumiy qilib o'tib ketgan ekanlar.Alloh barchalarimizni hozirgi kunimizdagi fitnalardan saqlasin.Ana o'sha bobni o'qishlaringizni maslaxat qilmoqchi edim.Biz o'zimizning muammolarimiz bilan ovvora bo'lib Qiyomatni unutib qo'ymaylik demoqchiman.Ozgina tafakkur qilaylik.

5-bob. Zamonlar tobora yomonlashib boravergaydur!

Zubayr ibn Adiy rivoyat qiladilar: «Anas ibn Molikning huzuriga borib Hajjoj dastidan boshimizga tushayotgan kulfatlardan shikoyat qildik. Anas: «Men Janob Rasulullohning: «Havzi Kavsar bo‘yida uchrashgunimizga qadar sabr qilingizlar!» — deganlarini eshitganmen», — dedi».

Hammamizni  dunyo-yu oxiratdagi barcha fitnalardan saqlasin.Amiin.

Qayd etilgan


Robiya  08 Yanvar 2010, 17:36:14

Assalamu alaykum!

Alloh O'zing barchamizdan hidoyatingni darig' tutmagin!

Behuda suhbatlar, behuda ishlardan O'zing yiroqda tut hammamizni!


Qayd etilgan


Robiya  16 Yanvar 2010, 14:58:29

Aziz forumdosh, forum o'lib boryapti deb saaal oshiribsizdaa, aksincha ko'rilgan chora-tadbirlar sabab ancha jonlanib qoldi. Admin akaning xizmatlari bilan yana qayta "ZIYO"ni ko'ryapmiz, alhamdulillah!

Qaysi forumdoshlarning maili kerak, yozing, qo'ldan kelgancha yordam qilamiz, inshaAlloh!

Gaplarimdan xafa bo'lmaysiz degan umiddaman, hamkasb :)

Qayd etilgan


Hadija  16 Yanvar 2010, 15:23:14

Gaplarizdan hafa emasman aslo. Uziz ham kurib turibsizku yangi userlar kam eskilari kira olmayabdi eski userlar qolganmiz holos. Forumga kirayotganlarni soni kamayib ketdi.....

Eski user debsizuuu a'zo bo'lganizga hali 1 yil ham bo'mapti-ku, ajiib  ;D

Qayd etilgan


Robiya  16 Yanvar 2010, 15:25:10

Hadija, bu forumga kirgan user 1 kun o'tgach o'zini haqiqiy forum a'zosidek biladi :)

Titan_UZ, shunday emasmi?

Qayd etilgan


Mr.Twister  16 Yanvar 2010, 16:44:10

1 kunda eskiradi deysizmi??? Made in China...  :)

Qayd etilgan


Mr.Twister  16 Yanvar 2010, 16:49:14

Uzr, kimlargadir bugunga bir rejamni aytgandim, bajarolmadim, iltimos mani kechiringlar... Sessiya boshlangan shunga bajarolmadim!

Qayd etilgan


Ziyovuddin  17 Yanvar 2010, 00:33:54

 :as: Forumga kirishim bilan shu mavzuga ko'zim tushdi. "Ishqilib tinchlik bo'lsinda!" deb yurak xovuchlab kiribman. Allohga shukur! ;D

Qayd etilgan


lolo  20 Yanvar 2010, 10:28:04

Assalamu alaykum Forumdoshlar! Bundan bir necha hafta muqaddam forumda jiddiy ziddiyatlar bo'lib o'tgani hammamizga sir emas. Va o'z navbatida o'sha mojarolarda man ham qatnashganim rost. Qizig'i shundaki, o'rtada yangi paydo bo'lib qolgan user(ka)larga e'tibor bermaganligim bois ularga nisbatan bildirilayotgan fikrlarga ham qaramagan edim. Lekin yaqinda orqavarotdan eshitib qoldimki ko'pchilik o'sha "yangi"larni kamina (ya'ni lolo) deya gumonga borishibdi. Man esa bunday ikkiyuzlamachilikni hech qachon qilmasligimni bildirib qo'yish maqsadida ushbu postni yozishga qaror qildim. Yangi userlarga qiziqmaganligim sababi esa oddiy, tarafkashlikni yoqtirmasligim va hamfikrlarim umuman yo'q bo'lishidan ham aslo qo'rqmasligimdir! Demak, mani to'g'ri tushundingizlar, deb o'ylayman. Ya'ni, bir nechta (yoki ancha ko'p) nicklarda faoliyat yuritishlikni - ikkiyuzlamachilik, qaysidir ma'nodagi qo'rqoqlik va shu bilan birga katta nohaqlik deb baho beraman. Va bu musulmon kishiga mutlaq nomunosib ishdir.

Endi esa shu fursatdan foydalanib o'sha "yangi user(ka)lar"ga ikki og'iz gapimni aytib olsam: "Fikrlaringiz haqiqattan ham to'g'ri ekaniga zarracha shubhangiz bo'lmasa va o'zingizni nomard  (yohud qo'rqoq) deb hisoblamasangiz marhamat qilib o'z nickingizda ko'rining. Agar bunga jur'atingiz yetmasa sizga chiroyli sabrni tavsiya etaman! Man bo'sam Allohdan boshqa hech kimning yordamiga muhtoj emasman! Alhamdulillah! Qolaversa "yetkazishlik" bu bir o'yin (yoki musobaqa) emas. Man haqni yetkazsam inshaalloh o'sha zahotiyoq vazifam bo'ynimdan soqit bo'ladi, natijasi esa Allohning qo'lida (ya'ni ihtiyorida)dir!"

Biroq biz osongina hulosa chiqarishlik bilan kimlargadir tuhmat qilib qo'yishlikdan ehtiyot bo'lishimiz shart. Chunki, masalan, man yana ko'pgina forumlarni qiziqib o'qib, (albatta mehmon sifatida) kuzatib boraman. Ularga a'zo bo'lgan emasman! Ba'zan, tezda a'zo bo'lib qaysidir qizg'in ketayotgan mojaroga aralashgim kelgan paytlar ham bo'lgan, lekin bu to'sattanlik oqibati yaxshilikka olib kelmasligini tahmin qilganim holda bu ishdan o'zimni tiyganman! Ziyouz forumini ham mehmon sifatida kuzatib borish imkoniyati borligini hisobga olgan holda o'sha "yangi user(ka)lar"ni qo'shtirnoq ichidan chiqarishimiz to'g'ri ish bo'lishi mumkin. Zero, ular ham to'sattan mojaroga aralashgilari kelib qolgan bo'lsa ne ajab?!

Alloh barchamizga tavfiq bersin. Amin!

Qayd etilgan