Bu fikrlarimni "Forum nega sust?" mavzusidagi postimni davomi deb bilishinglarni iltimos qilaman.
Munira xonim sizni forum bilan hayrlashib ketganingizdan xabarim bor. Biroq man sizdan bir narsani so'ramoqchiman--Oxiratda musulmon musulmon uchun ma'sul-- buni mandan yaxshi tusunasiz. Siz Alloh nasib etgancha islomiy ilm sohibisiz. Ana shu ilmingizni faqat o'zingiz uchun olganmisiz, Alloh ilm berib boshqalarga ham o'rgatinglar demaganmidi? Sizni tushunishga harakat qilyapman, balki ba'zi noxush xolatlardan bezib forumdan chiqib ketgan bo'lishingiz mumkin, lekin bir narsani unutmaylik, sizga Alloh O'zi xoxlagancha ilm berib qo'ygan, siz ana shu ilmingizni boshqa bandalarga ham o'rgatish uchun mas'ul emasmisiz? Bu ilm Allohning omonati emasmi? Omonat o'z egalariga berilishi kerak emasmi? Man forumdoshlarimni ham chin mo'min bo'lish uchun xarakat qilayotgan bandalar deb bilaman, va ular nomidan sizdan iltimos qilamanki, forumga qayting, bizga o'zingiz bilganingizcha Alloh qodir qigancha va nasib etgancha bizga ham o'rgating, albatta qizlarimizga ham bu taklif ma'qul bo'ladi deb umid qilaman.
Munira xonim bilan yaqin bo'lgan qizlarimizdan iltimos, ular bilan gaplashib turgan bo'lsalaringiz bu fikrimni ularga yetkazinglar, u kishi forumga qaytsinlar, Alloh yo'lida boshqa bandalariga ham bilganlarini o'rgatishlik savobku.Forumdan qancha a'zolar va qancha mehmonlar nimadur oladilarku, o'sha olayotgan bilimlarimiz bilan balki qaysidir gunohni qilishdan saqlanarmiz.