Iltimos boshqalar, gap o'z egasini topadi. Bu yerda tushunarsiz gap yozilmagan!
Vaqtiki biz forumga kelganimizda, kichiklarimiz hurmat, kattalarimiz izzat qilsa, yozganlarimiz kimgadur ibrat bo'lsa, degan niyatda kelgan edik.
Men yozmoqchi bo'lganlarim bilan hech kimni shaxsiyatiga tegmoqchi emasman, shunchaki ayrim kattalarimizning bizga nisbatan izzatsizlik qilganliklarini aytib o'tmoqchiman.
Meni yozgan ikki postimni, boshqa mavzuga ko'chirgan, va ko'chirishni talab qilgan kattalar!
Agar postim yoqmagan bo'lsa, yuzimga aytib qo'ying! Yoki, yuqoridagi iqtiboslarni keltirganimdek, omma oldida oshkor qiling! Qanday yozgan bo'lsam shunday o'chirish qo'limdan kelardi!
Nima og'zi qiyshiq bo'lsa ham boyni bolasi gapirsin degandek, faqat eski userlar gapirsinu, yangi user yerdan chiqqan qo'ziqorinmi?! Yani orqavarotdan postlarni boshqa joyga ko'chirish bu nima degan gap?! Menimcha buni moder bilan kelishib qilgan bo'lsangiz kerak vallohua'lam.
Biz sizlarni katta dedik, bizlarga ibrat bo'ladi dedik. Bizdan qanday xurmatsizlik o'tdi-ki sizning mavzuingizga yozilgan postlarni boshqa mavzudan o'qisak?!
Mavzuni o'sha uchun ochganmisiz?! Yozishimizni xohlamasangiz, adminga aytib faqat o'zingizga dostup oling, hop?! Bo'lmasa falonchi yozmasin, pismadonchi kirmasin deb yozib qo'ying!
Zohiran qaraganda, aqlli, tafakkur bilan mulohaza qilib fikr yuritadigan insonga o'xshaysiz, lekin kamina sizni bunday tubanlikka boradi deb sira o'ylamangan edim!
O'chirilgan bo'lsa ham mayli edi-ya, boshqa mavzuga ko'chirilgani odamni dilini g'ashlantiradi, bu shunga o'xshaydiki, o'zga bir insonni uyiga biror narsa hadya qilib olib borsangiz, mensimagandek, boshqa birovga bervorsa, siz uni birovni uyida ko'rsangiz!
Nima u postni nimasi yomon edi?! Hadis, ibratli voqeliklarni o'zida mujassam qilgan post.
(Bu gaplarni pm qilib yozmiman, negaki men u kishiga bir marta pm orqali salom berganimda, alik olmadilar! Salomga alik olish vojib, vojibni tark qilgan odam gunohkor bo'lishini kim-kim lekin u kishiga aytish shartmas edi.)
Qadrdonlarim, ozmi ko'pmi shu forumda faoliyat olib borayotgandim, shu narsani forumdosh sifatida bilishga haqqim bormi?!