Islomiy she'riyat  ( 448567 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 89 B


Mahdiyah  02 Oktyabr 2006, 13:42:17

Zahri qotil

Bo’ldi u sharabning asir-tutquni,
Olib aqlu hushin, buzdi xulqini.
Topgan-tutganidan ketdi baraka,
Qo’li qing’ir, haromlandi xalqumi.

Qiyshiq afti aks etar jomi alayda,
Yorga vafo, farzandga shavqat qayda,
Goh jirkanch hayvon yanglig’ yotib loyda,
Ko’rgan hazar qilar sovuq turqini.

"œsog’liq uchun" deya og’u ichdi u,
Dard ortttirib, zaharladi ichni u,
Xonumondan, yor-do’stlardan kechdi u,
Qoldi na xesh-aqrabo, na yaqini.

Dining poklikda bunyod, bo’l ozoda,
Xirmoning berma bodga, ichib boda,
Iymondan ham ajralib, so’ng mabodo,
Qa’riga tortmasin do’zax yolqini!

Ma’rifat ziyosi joy olsa dildan.
Yurtimiz poklanur harom botildan,
Shunda qutilgaymiz zahru qotildan,
Chetga sursa uni hayot to’lqini!
Fozil Zohid
(Musulmonlar taqvim kitobi 2004(1425)/IV)


Qayd etilgan


Mahdiyah  02 Oktyabr 2006, 13:43:17

Yolg’on so’z imon zavoli

Demak yolg’on — mo’minlar fe’li emas,
Yolg’onchini Payg’amvar ummat demas.

Barcha jonzot bezabon g’ayri inson,
Qildi aziz insonni, berib lison.

Tilni pok asrash aqli taqvoga xos,
Asray olmagan tilni tilsin olmos!

Derlarki: tilga yog’on kelgan zamon,
Hazar qilib ketgusi dildan imon.

So’zlanur yolg’on imonsiz holatda,
O’zing zalolatda, dining g’oratda.

Oh! Kechar beimon qancha vaqtimiz,
Chunki rost — nasiya, yolg’on — naqdimiz.

O’tkir qotilmag’an sof gap bormikan?
G’iybatsiz ochilgan bir lab bormikan?

"œAldangani bola yaxshi" deganlar,
Ozmi ekkanin o’rib, pand yegablar.

Tilni kim bulg’asa yolg’on-najasga,
Tanbeh joiz albatta ul nokasga:

-Tiling pokla! Botdi harom — og’uga,
Poklamasang, sudrar seni tamug’ga!

Tobakay yasharsan aldab-aldanib?
So’zing rostla, mo’min, o’zing ol tanib!
Fozil Zohis
(Musulmonlar taqvim kitobi 2004(1425)/IV)


Qayd etilgan


Mahdiyah  02 Oktyabr 2006, 13:44:12

Taqvoga kel

Kel, ozoda, tinglag’il so’z taqvodan,
So’zki, bergay xabar xayri baqodan.
Ey til "œtaqvo" demakka bormi hadding?
Qachon tiygaysan o’zing lafzi boddin?
Suhbat aro g’iybat bo’lib demishing,
Birodaring go’shti go’yo yemishing.
Omixtadir rost bilan yolg’on-yashiq.
Qayon boqsang, halol-haromqorishiq.
Qo’yga to’ng’iz yonma-yon, yoq e’tibor,
Qozonlarda murdor hayvon e’tibor.
Goh olib ehson qallob ham yonidan,
Tuz yeb zakotsiz boy dasturxonidan,
Halolga sa’y, haromdan hazar qani?
Farqlashga foruqi pok nazar qani?
Ne sud har yon chopmoq istab taqvoni,
Qayda imkon topmoq izlab anqoni.
Qodirsan Xudoyim, yoqni bor ayla.
Qil hidoyat, bizni taqvodor ayla.
Haq kitob va Rasul sunnati haqqi,
Ey mo’min, tavbaga kel, bo’l muttaqiy.
Fozil Zohis
(Musulmonlar taqvim kitobi 2004(1425)/IV)

Qayd etilgan


Mahdiyah  02 Oktyabr 2006, 13:45:03

Vaqtinchadir

Har kalom qadriga yetgil, biyronliging vaqtinchadir.
Etma miskinlarga dahshat, arslonligin vaqtinchadir.
Oyning o’n beshi qorong’u — ham o’n beshi yorug’ bo’lgay.
G’am selidan ranjima hech, giryonliging vaqtinchadir.
Avji shodon qahqahangdan o’zga ozor topmasin.
Extiyot bo’l, past tushursan, shodmonliging vaqtinchadir.
Yaxshilik otin minib sen, dil bog’larin sayr aylagin,
Bu makon bo’lmas mudom, sayronliging vaqtinchadir.
Ayla minnatdor elingni, yurtni esa dilfushon.
Ezgulikning haykalin qo’y, sultonliging vaqtinchadir.
Berma erk ko’ngil uyiga, eldan also chiqmagil.
Bul saltanat og’ushida mezbonliging vaqtinchadir.
Bo’lsang Iskandarcha yoxud Bahrom, Faxriddinga yaqin,
Baribir tuproq bo’lursan, arkonliging vaqtinchadir.
Dunyoda bil, neki borki barchasi hisoblidir,
G’ofil o’lma dam ga’nimat, imkonliging vaqtinchadir.
Haqla mahshar uyg’onurg’a senda iymon bo’lsa gar,
Hatto lahad ichra sening mehmonliging vaqtinchadir.
Foniy dunyo mevalari — barchasi vaqtinchadir,
Shul sabab ham bo’lma g’amnok, armonliging vaqtinchadir.
Adham hoji bisotidan, Marg’ilon
(Musulmonlar taqvim kitobi 2006(1427)/IV)

Qayd etilgan


Mahdiyah  02 Oktyabr 2006, 13:45:54

Xush kelibsan, ey Ramazon!..

Xush kelibsan, ey Ramazon,
Davlat bo’lib kelgan oy!
Ummat uchun mag’firatu
Rahmat bo’lib kelgan oy!

Ruhga shifo, tanga davo,
Qur’on nozil bo’lgan oy!
Har mo’minga sevinch bo’lib,
Shafqat bo’lib kelgan oy!

Bu kun ma’no olaminda
O’zgarishlar boshqadir;
Xush kelibsan, zafar bo’lib,
Nusrat bo’lib kelgan oy!
Mirzo Kenjabek
(Musulmonlar taqvim kitobi 2004(1425)/IV)


Qayd etilgan


Mahdiyah  02 Oktyabr 2006, 13:46:39

Assalom, mohi muborak

Assalom, ey mohi oily, qadru qiymat, assalom,
Bizni shod etding kelib, ey mohi bahjot, assalom.
Intizor erdik yo’lingda, ey mohi rahmatnamo,
Sen kelib olamni qilding g’arqi rahmat, assalom.
Yil ichinda garchi Oysan, hurmating Kundin ziyod.
Yer yuzin pok aylading, bilgil salomat, assalom.
Kelganingdan shukri lilloh, shod bo’ldi xosu om,
Qaysi mohda bor muncha hayru barokat, assalom.
Kim seni izzat qilur, izzat topar yavma nushur,
Bu masaldir: "œYaxshidin yetgay sharofat", assalom.
Avvaling rahmat erur, beshak miyoning mag’firat,
Oxiring ozodi do’zax lutfu inoyat, assalom.
Muxlis (XIX asr)
(Musulmonlar taqvim kitobi 2006(1427)/IV)

Qayd etilgan


Laylo  02 Oktyabr 2006, 14:06:37

Assalomu alaykum Noza!
Tashakkur sizga!
Alloh roz bo'lsin!

Yana shunaqa ibratli she'rlardan kutib qolamiz.

Qayd etilgan


UmmatiY_MuhammadiY  07 Oktyabr 2006, 07:27:08

Тўртлик
Ла илаҳа иллаллоҳни тилимиз айтар осон
Аммо ушбу калимани дунёни қилган ҳайрон
Саҳобалар даврига олтин қаср қурдирган
Талстойдек зотларни черковдан юз бурдирган

Гётени ҳайрат ила Исломга қилган мойил
Айни шу калимадир биродар бизга қойил
Эртадан кечга томон унитилмай айтамиз
Аммо қачон гуноҳдан маъсиятдан қайтамиз

"Fazilatli Ramazon kunlari" dan

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Oktyabr 2006, 13:04:53

Fikru yoding panohim...

Goh yaramay, goh yarab-
Ko'nglim to'lmas ishimdan.
Ming bora shukr, yo,Rab,
Ayirmading hushimdan.

Qalbimning mehvarida,
Zikring asli kamolim.
Ko'zlarim gavhariga -
Muhrlansin jamoling.

Fikr yoding panohim,
Ko'zimda yoshlar mening.
Chin ihlosu namozim,
Vaslingga boshlar Sening...

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Oktyabr 2006, 13:08:03

Taskin.

Kelganiga bo'lmay ko'p shod,
Ketganiga solmagin dod.
Taqdir hukmi turgan joyda,
Fig'oningdan, ayt, ne foyda.
Qarab takror so'l-o'ngingga,
Quyib,ol har qulog'ingga:
To dunyoga qo'yding qadam,
Qadamlaring qutlug' bo'lsin.
Iqomating mulki adam,
Mozoring nur bilan to'lsin...

Qayd etilgan