Islomiy she'riyat  ( 447898 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 89 B


Munira xonim  10 Oktyabr 2006, 13:10:17

To'rtliklar.

Haqqat, yaqinsan gohi jon qadar,
Goh yiroqsan ne zamon qadar.
Qalbimning tubiga etgum Seni jo,
Misli dehqon - suyib yerga don qadar.

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Oktyabr 2006, 13:11:43

Boshimga yog'masin desang ming balo,
Qilmishing sir bo'lib qolgani a'lo.
Har ishda atrofdan ibrat ol, ibrat,
Eng buyuk sinoat O'zi avvalo.

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Oktyabr 2006, 13:13:36

Har bitta qismatning tarhi bo'ladi,
Qismatdan qismatning farqi bo'ladi.
Gunohu savobim besamar dema,
Har amal-qilmishning narhi bo'ladi.

Abdulhamid Pardayev.
Toshkent.

Qayd etilgan


Foniy  10 Oktyabr 2006, 13:55:26

Muallifi noma'lum

Deyursanmu??
Shahodatga tiling kelmay,
Namozu, ro'zani bilmay,
Zakotu, hajni ham anglamay,
Men ham muslim deyursanmu?

Boshingni sajdaga qo'ymay,
Haromu shubhadan qo'rqmay,
Xudoni yodinga olmay,
Men ham mo'min deyursanmu??

Birovga yordaming tegmay,
G'ariblar ko'nglini olmay,
Yetimlar holini so'rmay,
Men ham ummat deyursanmu?

Otangning hurmatin qilmay,
Dilingdan himmatin qilmay,
Padarxondan duo olmay,
Men ham farzand deyursanmu??

Ilmning zahmatin chekmay,
Azizlar xizmatin qilmay,
O'z ustozing rizo qilmay,
Men ham olim deyursanmu??

Kishiga oqibat qilmay,
Mehr-shafqat nima, bilmay,
Farosat- fahmini bilmay,
Men ham Odam deyursanmu??

Hamiyat, rashk nima bilmay,
Ayolingga nazar qilmay,
Bolangga tarbiya bermay,
Men ham Erkak deyursanmu??

Erinigni hurmatin qilmay,
So'ziga e'tibor qilmay,
Uyat-andishani bilmay,
Men ham ayol deyursanmu??

Ona til so'zini bilmay,
Vatan tarixini bilmay,
O'zingning millating sevmay,
Men ham O'zbek deyursanmu???

Biror soat tinim bilmay,
Qilib da'vatlaring tolmay,
O'zini aybini ko'rmay,
Men ham Fozil deyursanmu???

Qayd etilgan


Foniy  10 Oktyabr 2006, 13:56:48

Xayrulla Hamidov

Dunyo bir seskandi, dunyo bir to'zdi,
Iymon har tomonga sochilgan kuni.
Hilqat ummonida vajohat suzdi,
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Qahrdan tug'ilgan bu yovuz dillar,
Faqat ma'siyatga cho'zmishlar qo'llar.
Hamma gunohlarga ochildi yo'llar,
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Allohga har qancha to'kmasin ko'z ashk,
Erlarning qalbidan ko'tarildi rashk.
Kufr, shirk yo'lida boshlandi kurash,
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Saltanatlar ketdi, quladi yurtlar,
Bo'y ko'rsatdi ko'ngli chirkin beburdlar.
Ordlar yig'ladilar chinqirdi ordlar,
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Qushlar parvozidan halovat qoldi,
Baliqlar ovozsiz faryodlar soldi.
Ko'zimiz o'ngida g'urur toptaldi,
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Silkindi og'riqdan go'dak beshigi,
Yopildi mehrning so'nggi teshigi.
Yopildi iymonning so'nggi eshigi,
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Bugun fisq yurmaydi unda bor qanot,
G'urabo, fahshga berildi hayot.
Ming yillik qonunga darz ketdi hayhot,
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Boshqa amallarni qilsakda tinmay,
Endi gunohlardan ketdik og'rinmay.
Eng so'nggi fitnaning oldi olinmay,
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Bu katta gunohning avvali qani?
Bu jirkanch gumrohning avvali qani?
Savollar javobsiz qolgan hamisha,
Javob izlab hamma tolgan hamisha.

Chunki bu savolning javobi yo'qdir,
Erkaklarning ko'ngli gunohla to'qdir.
Islomga ilk daf'a otilgan o'qdir,
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Qayd etilgan


Foniy  10 Oktyabr 2006, 13:58:11

Muallifi noma'lum

Yo Rab, qandoq kunga qoldik, bu nechuk savdo?
Odamlarda na shafqat bor, na mehru vafo?
Yigitlarda odob yo'qdir, qizlar hayosiz,
Xotin zoti kun o'tkazmas bir mojarosiz.
Qo'yib bersa, el bir-birin o'yar ko'zini,
Ovboshlar esa faqat o'ylar o'zini.
Dunyo oxir birodarlar yo'q endi hayot,
Kun kecha tamom bo'lgandi oxirgi mamot,
Qadim ajdod o'kinch bilan cho'kib soyada,
Bu so'zlarni cho'kich bilan yozdi qoyaga!

Qayd etilgan


Muslimа  10 Oktyabr 2006, 15:31:46

Bir shoir sherida quyidagilarni yozadi:
    "œ Turli so’zlar ila qilib munojot,
   Salom hovlisidan kutasan najot.
   Ammo tazarru’ga shoshmaysan nega ,
   Nafsingga insof qildingmi, hayhot?!
   G’ofil bo’lma, kuning o’tsin soim — la,
   Kechalari ihyo qilgin qoimla.
   Suv — ta’omning oziga ko’n, ey inson,
   Sharaf maqomining zinasi — iymon.
   Rabbing karamiga bo’lgin musharraf,
   Zuljalol rizosin sen bilgin sharaf!"


Qayd etilgan


Muslimа  10 Oktyabr 2006, 15:33:06

Ey dunyoga mashg’ul bo’lgan zot,
Cheksiz orzu aldar har mahal.
G’ofillikda yurasan nahot —
Hatto senga etganda ajal.
O’lim kelar bir kun nogahon,
Amallarning sandigidir — qabr.
O’lim ajal bilan yonma — yon,
Qil dunyoning azobiga sabr.


Qayd etilgan


Muslimа  10 Oktyabr 2006, 15:34:03

Tavba qilmoq odamlarga farzdir, bil,
Gunohlarni tark aylash vojibroq bundan.
Mashaqqatga sabr qilmoq anchayin mushkul,
Lek savobni yoqotish qiyinroq undan.
Voh, ajabo, umr o’tar, o’zgarar zamon,
Bundan ajib odamlarni g’aflat bosgani.
Kelayotgan hamma narsa yaqinlashgan on,
Bilmaysanki, undan yaqin ajal bosqini.

Qayd etilgan


Muslimа  10 Oktyabr 2006, 15:38:02

Uzun orzu qilish aldadi meni,
Halok qildi mol — dunyoga havasim.
Shayton adashtirdi haq yo’ldan meni,
Yomon amallarga buyurdi nafsim.
                 
                                  "œOhirat kuniga tayyorgarlik" kitobidan

Qayd etilgan