Islomiy she'riyat  ( 447387 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 ... 89 B


Asir  26 Fevral 2007, 15:16:39

Tarjima qilganim mana bu she'rni siz bilan o'rtoqlashgim keldi:

Жамила  Бадр

ТААЖЖУБ

Мабодо ҳазрати Муҳаммад
Уйингизга келса ногаҳон,
Ķизиķ, бир ё икки кун турса,
Ķандай ҳолга тушарсиз шу он?

Шубҳа йсķки, снг гсзал уйни
Ажратасиз азиз меҳмонга,
Тотли овķат, сархил мевадан
Тортажаксиз мсл дастурхонга.

Бу ташрифдан шодлигингизни
Меҳмонга бот ķилгайсиз изҳор.
Уйингизнинг тсри уники,
Хизматдан-да беҳад бахтиёр.

Бироķ унинг сиз томон аста
Келишини ксраркан, дарҳол
Чиķармисиз ķсл ķовуштириб
«Хуш келибиз!» дебон бемалол?

Аки уйга бошлашдан аввал
Ўзгартириб усти бошингиз,
Турли-туман журнал срнига
Ķуръон ķсйиб ķсссизми тез?

Томошалар ксрмоķ ķасдида
Аķасизми ойна жаҳонни?
А зудликда счирасизми
Чиķмай туриб кскка фиғони?

Балки бориб радио симин
Шиддат билан узиб ташларсиз?
Шукур, бир ссз сшитмади, деб
Шартта олиб бузиб ташларсиз?

Мусиķани ксздан беркитиб,
Оласизми ҳадис китобин?
Ичкарига ķсймайсизми ё
А­шитмайин дес хитобин?






Ķизиķ, агар сшал пайғамбар
Сиз-ла турса бир ё икки кун,
Ҳар галгидай сз ишингизда
Давом стгайдирмисиз мамнун?

Кунда айтар ссзларингизни
Ссзлайсизми сшал дамда ҳам?
Ҳаётингиз давом старми
Аввалгидай кунба-кун илдам?

Ķандай бслса оилада урф
Шундайича старми давом?
Дуо ķилмоķ оғир келмасми
Егандан сснг ҳар сафар таом?

Ҳар намозга айни ваķтида
Ķовоķ уймай турасизми шай?
Тонг отмасдан уйғонасизми
Ибодатга дилдан, оғринмай?

Куйлармисиз сски ķсшиķ ё
А­ски китоб олинар ķслга?
Ксрсатарсиз ул зотга балки
Аелар ёķишини кснгулга?

Лайғамбарни олиб кетарсиз
Борар жойингизга ҳар галги?
А ежангиз ҳам тамом сзгарар
Бир ё икки кунгина балки?

Истармисиз дсстларингизнинг
Ул ҳазратни ксришларини?
Ахуд ķайтиб кетгунча токи
Сал четроķда юришларини?

Ае дерсиз гар бутун умрга
Сизнинг билан ķолсалар ул зот?
Аки ķайтиб кетсалар охир
Енгил тортиб бслармисиз шод?

Ķизиķ, сзни тутарсиз ķандоķ?
Ае аҳволга тушиб ул замон,
Уйингизда ҳазрат Муҳаммад
Бир-икки кун бслсалар меҳмон.

Assalamu alaykum.
Juda go'zal sh'er bo'libdi. Lekin buni siz qoldirgan joyingizdan boshqa joyga oldik. Ya'ni islomiy sh'eriyat bo'limiga qo'shdik. Rozi bo'lasiz... Bundan keyin shunday islomiy go'zal she'rlaringiz bo'lsa shu bo'limga joylaysiz, degan umiddaman. Sizdan yana yangi she'rlar kutib qolamiz. Alloh sizdan rozi bo'lsin...


Qayd etilgan


Mahdiyah  02 Mart 2007, 10:32:32



YASSAVIYONA

Nafsim meni mag’lub etdi, yo Rabbano,
Imonim sust, shayton g’olib, yuzim qaro,
Qomatimni isyon yuki qildi duto,
Rohi rostga boshla o’zing, Xudovando.
Nafsim devin yiqmoqlikka jahd ayladim,
Haq yo’lindin ozmayin deb ahd ayladim,
Boshim egib, joynamozni taxt ayladim,
Rohi rostga boshla o’zing, Xudovando.
Malomatning toshlarig’a bo’ldim nishon,
Hamsuhbatim, ulfatlarim do’sti nodon,
Jaholatning botqog’ida qoldim nolon,
Rohi rostga boshla o’zing, Xudovando.
Vaqti sahar turib seni yod etmadim,
Gunohimg’a tavba aylab, dod etmadim,
Zikring aytib xasta ko’nglim shod etmadim,
Rohi rostga boshla o’zing, Xudovando.
Foniy dunyo jilva qildi, mast ayladi,
Shayton g’olib, iymonimga qasd ayladi,
Oqibatda e’tiqodim past ayladi,
Rohi rostga boshla o’zing, Xudovando.
Nadomatda ko’z yoshimni jola qilsam,
Ham Rahmonu Rahimsan deb nola qilsam,
Afg’on chekib yuragimni lola qilsam,
Rohi rostga boshla o’zing, Xudovando.
Nosir Zohid, xo’b aylading kayfu safo,
Mard bo’l endi, degil yo Rab, yo Rabbano,
Ko’hna olam hech kimsag’a qilmas vafo,
Rohi rostga boshla o’zing, Xudovando.

Nosir Zohid, Dang’ara
Musulmonlar taqvim kitobi 1999 (1419) II chorak


Qayd etilgan


Mahdiyah  02 Mart 2007, 10:33:29

YASSAVIYONA

Tong-la mahshar muqarrardur ro’zi jazo,
Ahli ummat aytadurlar vo hasrato,
Men noumid turg’onimda be dastu po,
Shafoatdin nasib etgin, yo Mustafo.
Gunohlarim Ko’hi Qofdek, savobim yoq,
Qoshingizda zabonim lol, javobim yoq.
Sidqidildan aylagan bir tavofim yoq,
Shafoatdin nasib etgin, yo Mustafo.
Hirsu havas band ayladi, tobe’ bo’ldim,
Nafsu havo ummonida xo’b cho’mildim,
Sahfu xato kafan bo’ldi, bag’rim tildim,
Shafoatdin nasib etgin, yo Mustafo.
Ahli taqvo qarshisinda xoru xasman,
Alar joyi Arshda bo’lsa, men-chi pastman,
Jaholatning sharobidin ichg’on mastman,
Shafoatdin nasib etgin, yo Mustafo.
Bahri rahmat jo’sh aylasa, oson erur,
Bir qatrasi vujudimg’a darmon erur,
Umidvorman, noumid bir shayton erur,
Shafoatdin nasib etgin, yo Mustafo.

Nosir Zohid, Dang’ara
Musulmonlar taqvim kitobi 1999 (1419) II chorak


Qayd etilgan


Mahdiyah  02 Mart 2007, 10:34:28

YODINGDA TUT

Ey odam kelding hayotga ketmog’ni ham yodingda tut
Necha yil ko’rsang umr bir kun o’lim yodingda tut
Barchamiz keldik hayotga imtion topshirgani
Toating bo’lsa o’tarsan san buni yodingda tut.
Nokasu nojins bilan do’stu ulfat bo’lmagin
Bir umr afsus chekarsan san buni yodingda tut.
Bo’l yiroq fitna fasoddan hamda g’iybat qilmagin
Go’rda bor qattiq azoblar san buni yodingda tut.
Kirma ko’ngling ko’chasiga xor etib tashlar seni
Oxiri bor burda nonga zor etar yodingda tut.
Har balo ishlarga boshlar to’ymagan nafsing sani
Ming balolar keltirar boshingga sen yodingda tut.
Ichkilik ichgan kishida qolmagay sharmu hayo
Ichkilikdan ming jafo kelgay buni yodingda tut
Kim mukammal inson o’ldi, bo’ldi el ichra aziz
Betayin mujmal odam xordur abad yodingda tut.
Ol qo’lingga san irodangni Foziljon doimo
Egma boshing nafs uchun nomardga sen yodingda tut.

Fozil qori Yosin o’g’li
Musulmonlar taqvim kitobi 1999 (1419) II chorak

Qayd etilgan


Mahdiyah  02 Mart 2007, 10:35:23

O’RGANING

Keldi bir qutlug’ zamon, ahli islom, o’rganing,
Bilmayin qilgan gunohga tavbalarni o’rganing,
Necha yil yotdik jaholat loyig’a botgancha biz,
Siz jaholatdan chiqib, yaxshi yamonni o’rganing.
Na halolu na haromning, farqiga bormay hanuz
Yamlamay yutdik haromni, chin halolni o’rganing.
Yoshimiz bir joyga yetdi, qalbda yo’qdir hech nima,
Bir savob ish qilmadik, endi savobni o’rganing.
Na tahoratni bilurmiz, na namozu ro’zani,
Qo’ymadik jsajdaga bosh, endi namozni o’rganing.
Yaxshi o’ylar qayga ketdi, oqibat birla vafo,
Chunki bizda qolmadi ul nuri imon, o’rganing.
Ertayu kech da’vati Islomni qilgin, Fozilo,
Ta’nalar kelsa boshingga, ayla bardosh, o’rganing.


Fozil qori Yosin qori o’g’li
Musulmonlar taqvim kitobi 1999 (1419) II chorak

Qayd etilgan


Mahdiyah  02 Mart 2007, 10:36:14

QALBGA QULOQ TUTING

Qalbing to’la o’kinchga,
Seni tinglar bir zot yo’q.
Yo’l qidirding sevinchga,
Hech bir joydan najot yo’q.
Nola qilmagin also
Hayot sinovlaridan.
Sabr do’st bo’lar tanho,
Qo’rqma qirovlaridan.
Oldinda ming bir so’qmoq
Qay birin bossang, o’yla,
Boshingga tegsa to’qmoq,
Faqat haqiqat so’yla.
Qalbing ko’z yoshga cho’msa,
Namlanmasin ko’zlaring,
Diling qayg’uga to’lsa,
Titramasin so’zlaring.
O’tma dunyodan gumroh,
Yoru do’st tashvishin qil.
Ortingdan bo’lgin ogoh,
Yaxshi nom qoldira bil.
Gardish aylanaverar
Soniya, asr bo’lib,
Dunyo go’yo tuyular
Tuynuksiz qasr bo’lib.
Ota-ona ko’ngliga
Gard yuqtirma, shodon et.
Poyiga ta’zim ayla,
Qalbini charog’on et.
Vaqtida ado etg’il
Haq buyurgan farzlarni,
Fursatni boy bermagin
Kechikmay uz qarzlarni.
Yo’lni bosib o’tishda
Hamrohing bo’lsin Islom,
Dilingning eng to’rida
Mustahkam tursin imon.

Dilorom Afzalova,
Musulmonlar taqvim kitobi 1999 (1419) II chorak

Qayd etilgan


Mahdiyah  02 Mart 2007, 20:06:18

USTI BOR DUNYONING OSTI HAM BOR

Dunyo ustun deganlar
Ostini ham ko’rarlar.
Qilko’prikning boshida
Bo’yin egib turarlar

"œOg’am" deganing qayda?
"œOnam" deganing qayda?
Soyasiga sig’inib,
"œOtam" deganing qayda?

Barisi ham ko’zda yosh
Biri-biridan yuvvosh?
Yer bag’irlab turarlar,
Yurakda qoyadek tosh:

"œEvoh, qalbi ko’r bo’ldim,
Peshonasi sho’r bo’ldim.
Yaratganni bilmadim,
Shakkok bo’ldim — xo’r bo’ldim".

Badanlaring yuvishar,
Oyoqlaring chalishar.
Sening kabi bandalar
Bir-bir pastga qulashar.

Oz bo’lsa-da vaqting bor,
Imon keltir, Alloh yor!
Oxirating ko’pmasin,
Keyin yig’lamagin zor.

"¦Dunyo ustun deganlar
Ostini ham ko’rarlar.
Qilko’prikning boshida
Bo’yin egib turarlar.

Azimbek Usmon
Musulmonlar taqvim kitobi 1999 (1420) III chorak


Qayd etilgan


Mahdiyah  02 Mart 2007, 20:09:49

CHORRAHADA

Chorrahada turibsan hayron.
To’rt tomon yo’l. Bilmassan ammo:
Tole yo’li qaysi bir tomon?
Xayolingda bir zo’r muammo.

Muammomas qay tomon yurmoq,
bo’lsa hamki yo’llar toru tang.
Muammomas va emas jumboq,
Qiblaga yur, tole istasang.

Aziz Abdurazzoq
Musulmonlar taqvim kitobi 1999 (1420) III chorak


Qayd etilgan


Mahdiyah  02 Mart 2007, 20:13:13

RUBOIY
Islom uchun ovorai yozi bo’ldum,
Kufforu hunud harbsozi bo’ldum.
Jazm aylab edim o’zni shahid o’lmoqqa,
Al-minnatu lillahki, g’oziy bo’ldum

Zahiriddin Muhammad Bobur

***

Ibrat oling, ey xalq, jahondan hamma ketdi,
Kim olamga keldi, hamma armon bila ketdi,
Chin bandalari oxirat asbobini etdi,
Ogoh bo’ling, charx burungilarni netdi,
Voqif bo’ling, ahbob, ki navbat sizga yetdi.

Jahd ayla, qazo alamagin ro’za namozing,
Tur erta sahar, Tangriga arz ayla niyozing,
O’tkarma abas kechayu kunduz, qishu yozing,
Ogoh bo’ling, charx burungilarni netdi,
Voqif bo’ling, ahbob, ki navbat sizga yetdi.

Otayu ona, qavm-qarindoshingni qil yod,
Ham yor, birodaring qani, ul pir ila ustod,
G’ofillik ila berma aziz umringni barbod,
Ogoh bo’ling, charx burungilarni netdi,
Voqif bo’ling, ahbob, ki navbat sizga yetdi.

Yo Rab, qil ani ravzoyi rizvon bila ulfat,
Fazling bila ahvoliga boq, ayla inoyat,
Turg’uzgali ham ravzosida ro’zi qiyomat,
Ogoh bo’ling, charx burungilarni netdi,
Voqif bo’ling, ahbob, ki navbat sizga yetdi.

Ey Andalibo,o’tdi jahondan necha shahboz,
Bu umr baqosiz, qiladir bir kuni parvoz,
Muso Kalim erdi Xudoga qilibon roz.
Ogoh bo’ling, charx burungilarni netdi,
Voqif bo’ling, ahbob, ki navbat sizga yetdi.

Nurmuhammad Andalib
Musulmonlar taqvim kitobi 1999 (1420) III chorak

Qayd etilgan


Mahdiyah  02 Mart 2007, 20:15:39

ESKI CHOPONLIK AZIZ

Insonlarga eski choponda
Ko’rinsam ham ko’rimsiz, xunuk,
Faqat Senga har bir zamonda
Bo’lib qolay aziz va suyuk,
Mehribonim, Allohim mening,
Boshim uzra panohim mening.

Bundan ortiq bormi saodat?..
O’zing bandam, qulim de meni.
Seni sevmoq eng baxtli odat,
Tikan ichra gulim de meni.
Mehribonim, Allohim mening,
Boshim uzra panohim mening.

Aziz Abdurazzoq
Musulmonlar taqvim kitobi 1999 (1420) III chorak

Qayd etilgan