Islomiy she'riyat  ( 448428 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 ... 89 B


Munira xonim  05 Mart 2007, 16:19:13

Ismi go'zal, o'zi go'zal Muhammad.

Jonim qurbon bo'lsin sening yo'lingga,
Ismi go'zal, o'zi go'zal Muhammad.
Shafoat aylagin kamtar qulingga,
Ismi go'zal,o'zi go'zal Muhammad.

Mo'min bo'lganlarning ko'pdir jafosi,
Oxiratda bo'lur zavqu safosi,
O'n sakkiz olamning Mustafosi,
Ismi go'zal,o'zi go'zal Muhammad.

Yetti qavat ko'ni sayron aylagan,
Samo minbarida javlon aylagan,
Me'rojida ummatini tilagan,
Ismi go'zal o'zi go'zal Muhammad.

To'rt choriyor uning sodiq yoridir,
Uni sevgan gunohlardan beridir,
O'n sakkiz olamni9ng sultonidir,
Ismi go'zal, o'zi go'zal Muhammad.

Sen haq payg'ambarsan, shaksiz, gumonsiz,
Yo'lingdan yurmagan ketar iymonsiz,
Oshiq Yunus naylar, dunyoni sensiz,
Ismi go'zla, O'zi go'zal Muhammad.

Yunus Emro.
Nosir Muhammad tarjimasi.

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Mart 2007, 19:52:37

* * *
Tog'larila, toshlar ila chaqirayin Mavlom seni,
Saharlarda qushlar ila chaqirayin Mavlom seni.

Suv tagida mohi ila, sahrolarda ohu ila,
Devonadek "Yo, hu!" ila chaqirayin Mavlom seni.

Samolarda Iyso ila, Tur tog'ida Muso ila,
Qo'limdagi aso ila, chaqirayin Mavlom seni.

Hamdu shukru Iloh ila, vasfi Qulhuvalloh ila,
Doimo zikrulloh ila, chaqirayin Mavlom seni.

Abgladim dunyo holini, tark etdim qiylu qolini,
Bosh ochiq oyoq yolini, chaqirayin Mavlom seni.

Yunus o'qir tillar ila,ul qumri bulbullar ila,
Haqqa ochiq qo'llar ila, chaqirayin Mavlom seni.


Yunus Emro
Nosir Muhammad tarjimasi.

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Mart 2007, 20:08:59

So'radim boychechakdan
"Nega ranging sariqdur?"
Chechak aytur:- Ey darvesh,
O'lmoqligim aniqdir.

So'rdim sariq chechakdan:
-Sizga o'lim bormidur?
Chechak aytur:- Ey, darvesh,
O'limsiz yer bormidur?

Yana so'radim guldan:
- Otang onang bormidur?
Chechak aytur:- Ey, darvesh,
Otam-onam tuproqdur!

So'radim boychechakdan:
- Nedan bo'ying egridur?
Chechak aytur:- Ey, darvesh,
Ko'nglim Haqqa to'g'ridur!

Yunus Emro.

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Mart 2007, 07:22:13

O'tinch.

Oshiqlk tumorin bo'ynima ildim,
Dilni so'z atalmish yarog'da tildim,
Ishq solgan imorat saro yo'l oldim,
Meni bedardlarga berma, Hudoyim.

Ko'ngulning chokini sitdim, sitildim,
Tavba surasiga yor-a, yukindim,
Dunyo libosini yechdim qutuldim,
Meni rahmsizlarga berma, Hudoyim.

Malaklar burjidan kelar tovush, sas,
Vujudim yonadi hajringda payvast,
Ruhim, sen o'zingni tavbalarga os,
Meni ishqsizlarga berma, Hudoyim.

Arshning ayvoniga tutashgan yo'lim,
Takror-takror qutlar qadrdon o'lim,
Nuri ilohiy-la bezanar yo'lim,
Meni bedardlarga berma, Hudoyim.

Oygul Ubaydulla qizi.

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Mart 2007, 15:32:49

SARSON JON

Imonsiz hech baxt bolidan tatib bo’lmas,
Fazilatsiz elda qadr topib bo’lmas,
Etak bilan oyning yuzin yopib bo’lmas,
Hidoyatga kelmagan jon arzon-arzon.

Ko’ngil sandiq, ichi to’la asror-sirdir,
Xayol sahro, poyoni yo’q dala-qirdir,
Jon berarda shohu gado bari birdir,
Hidoyatga kelmagan jon arzon-arzon.

Mehmoni ko’p dunyo ekan, mezboni yo’q,
Nasibangdan ortiq senga osh-noni yo’q,
Nafsni bandi qilay desang, zindoni yo’q,
Hidoyatga kelmagan jon arzon-arzon.

Ketay desang, ruhing asir, osmon uzoq,
Bilolmassan g’anim qayga qo’ygan tuzoq,
Alloh, rahim, rahmondirsan, bergin panoh,
Hidoyatga kelmagan jon arzon-arzon.

Imon nuri kirmagan jon sarson-sarson"¦

Nurmuhammad Shoyoqub
Musulmonlar taqvim kitobi 1999 (1420) IV chorak

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Mart 2007, 15:34:19

SHE’RGA TUSHGAN HADISLAR

"œAlloh taolodan bandalarining qiyinchiliklariga yarasha madad ato qilinur"¦" (Ibn Hibbon rivoyati).

Har kim o’zi ma’suldir o’z orzu-niyatiga,
Ular qandoq? Nechog’lik  pokdir — o’zi biladi.
Bandaning ehtiyoji, sarf-xarajatiga
Qarab Parvardigordan yordam keladi.

"œKechirilmaydigan, kechiriladigan va unitilmaydigan gunohlar bor. Kechirilmaydigan gunoh Allohga shirk keltirishdir. Kechiriladigani esa, Alloh bilan bandaning o’rtasidagi ma’siyat ishlar. Gunohning unitilmaydigani bandalarning bir-birlariga qilgan zulm va xiyonatlaridir" (Tabariy rivoyati).

Bir gunoh bor — qutulib bo’lmas itobsiz,
Gunoh bor — kechirilmas tavba-tavofsiz.
Lekin bandalarning bir-biroviga
Qilgan zulmi qolmas hisob-kitobsiz.

"œHojatning bitmay qolaverishi birovdan so’rab o’zni xor qilgandan yaxshidir".

Hojatning chiqmasa-chiqmasin, mayli,
Kun o’tar bir navi busiz ham, biroq
Hojat chiqmasligi hojat tufayli
Xorlanishdan ko’ra yaxshiroq.

Shukur Qurbon
Musulmonlar taqvim kitobi 1999 (1420) IV chorak

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Mart 2007, 15:35:36

SHE’RGA TUSHGAN HADISLAR

"œJihod to’rt xildir: 1. Amri ma’ruf. 2. Nahyi munkar. 3. O’zining zarariga bo’lsa ham rost so’zlash. 4. Fosiq kishining masxara qilishiga chidab turish"
(Abu Na’im rivoyati).


Jihodning turi ko’p, ular ichida
Shunday bir jihod bor ajib, ibratli.
Fosiqlar masxara qilsalar, chidash
Mo’min-musulmon aylar jannati

***

"œ"¦Jihodning afzali Alloh yo’lida o’z nafsi va xohishiga qarshi qilinadigan jangdir" (Tabariy rivoyati).

Boshlardan sochilmay turib to tuproq,
Jihod qiling Alloh yo’lida ko’proq.
Lekin jihodlarning orasida o’z
Nafsingizga qarshi jihod xo’broq.

***

"œYaxshi gumon qilish ham yaxshi ibodat qilish bilan barobardir" (Abu Dovud rivoyati).

Qalbning to’ridagi ishonch, ishtiboh
Odamning kimligin ko’rsatar albat.
"œYaxshilik qiladi bizlatga Alloh"
Deyish ham, aslida, yaxshi ibodat.

Shukur Qurbon
Musulmonlar taqvim kitobi 1999 (1420) IV chorak

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Mart 2007, 15:37:54

MUNOJOT

Tomchi suvdan paydo qilgan Allohim,
Ne ixtiyor qilsang, kelar qo’lingdan.
To’g’ri yo’ldanozdirmagin, ilohim
Yo bor Alloh, adashtirma O’zingdan.

Mahbubingga yubording Qur’oni Karim,
Isming bilan boshlanur Rahmonir Rahim,
O’zing saqla saqaru ham noru jahim
Qodir Alloh, adashtirma O’zingdan.

Ming bir isming ming bir xislat ayoni,
Qur’on ichra yozilmishdir bayoni,
E’tiqodu imon. ixlos, hayoni
Shior qildim, adashtirma O’zingdan.

Qadim — isming, avvalingning boshi yoq,
Boqiydirsan, oxirinhgning so’ngi yo’q,
Vohid O’zing, Sendan o’zing tangri yo’q,
Yo bor Alloh, adashtirma O’zingdan.

Tog’u toshga larzon kirgay qahringdan,
Chidolmayin suvlar toshar nahringdan,
titrar tanam oxiratd vahmingdan,
Qahhor egam, adashtirma O’zingdan.

Ahad isming ayon qilar birliging,
Samad isming tengsizliging borliging,
Faqir, miskin, shaydolarga yorilging
Yo Ahadim, adashtirma O’zingdan.

G’aniydursan, boyligingga qiyos yoq,
Muruvvatda sahiydursan, tenging yo’q.
Marhamating darig’ tutsang, iloj yo’q.
Umidvorman, adashtirma O’zingdan.

Azimsan, Jamilsan, Xoliqu Muxtor,
Quddussan, Shokirsan, Hamdu G’affor,
Odilu Olimu Sobir ham Sattor,
Razzoq egam, adashtirma O’zingdan.


Payg’ambarim hadislarin tinglagin,
Ma’nisin yech, to’g’ri yo’lni tanglagin,
Ey Muslima, tunlar turib yig’lagin,
Subhon egam, adashtirma o’zingdan.

Shahriniso Ergasheva Abdug’ani qizi
Musulmonlar taqvim kitobi 2000 (1420-1421) I chorak

Qayd etilgan


Robbim_Rahmon  07 Mart 2007, 16:12:56

LA ILAHA ILLALLAH

Sizu bizni yaratgan,
Bulbul qilib sayratgan.
Yakka yagona Alloh,
Laa ilaha illalloh.

Bizga Qur'onni bergan,
Qaymog'u nonni bergan,
Mehribonimiz Alloh,
Laa ilaha illalloh.

Kim o’qisa Qur'onni,
Gapirmasa yolg’onni,
Yaxshi ko’radi Alloh,
Laa ilaha illalloh.

Qo’lda Qur'onimiz bor,
Dilda iymonimiz bor,
Bizni asraydi Alloh,
Laa ilaha illalloh.

Bolalar kelaqoling,
Qur'onni yodlab oling.
Qachon Qur’on o’qilsa,
O’tirib quloq soling.


Iymonsiz qo'yma!!

Atrofim gavjum odam,
Asta kelib bo’g’ar dambadam.
Shaytoniy yo’llarga boshlaydi har dam,
Iymonim shivirlar-"œBO’LGIN SEN BARDAM"
Bo’ldi bas. Tinch qo’ying meni ey sizlar,
Bunchalar yovuzsiz, qabih orsizlar.
Shaytonning makridan hozir ko’rsizlar,
Bu holingiz uchun ming bor essizlar.

Iymonim sen meni aslo tark etma,
Nafsim sen bunchalar tug’yonga ketma.
Vijdonim hech qachon toshdayin qotma,
Allohim sen meni iymonsiz qo’yma.

Hayotim, vujudim, borlig’im tilka.
Rukuda, sajdada bo’laman senga.
Horsamda, tolsamda ayturman yana"¦
Allohim sen meni iymonsiz qo’yma.



Qayd etilgan


Munira xonim  09 Mart 2007, 08:45:20

O'rtanur.

Nola qilgach gulga bulbul, dilda afg'on o'rtanur,
Temulib dildor yo'liga,chashmi giryon o'rtanur.

Bu jahon savdolaridan dard chekar har ahli dil,
Qayga boqsang nokas ermas, yahshi inson o'rtanur.

Otashi ishq sehrida, devona bo'lgan ul ko'ngul,
Nolasidin ne ajab, tahti Sulaymon o'rtanur.

Davlatim borida ne tong, yoru do'st etdi tavof,
Endi ta'na nayzasidin dilda paykon o'rtanur.

Bir yorug' nur izladim, zulmat zimiston ichrakim,
Go'yoki oyni topolmay, yetti osmon o'rtanur.

Charhidun g'avg'sidin g'am chekma ko'p Abdulg'ani,
Jon talashur vaqtida, bilgilki Iymon o'rtanur.

Abdulg'ani Sulaymon.

Qayd etilgan