Anglash
Dilimga xush kalom solding: "œLa ilaha illalloh",
Ham tanidim o‘z qulingni: "œMuhammadur rasululloh".
Yo‘q edim-ku, bunyod etding, mehring ila paydo qilding,
Shukur, deyman, yana menga pok lafzlar berding Alloh:
Yo‘lda edim, ko‘rishganlar, so‘rdilarkim asling nedur?
Javob berdim: onam Havvo, padarimdir Odam ATO!
Shundoq deya asta-asta anglayapman vujudimni,
Yana bildim ilk payg‘ambar ¬ Odam ul Safiyulloh.
"œFaqat Uni bilinglar, adolatda yuringlar" ¬
Deya payg‘om keltirdi, duoguy Nuh Nabiyulloh.
Ummati ilhaq doim, orzu bitmas to Qoyim,
Habib pok iymonliga Xizru Ilyos ¬ Hikmatulloh.
Farzandingdan bo‘lgil judo, deya amr etdi Xudo,
Faqat Haqqa talpinmoqqa o‘rgatdi ul Xalilulloh.
To‘rt tomonga boqib nolon, Sarvariga bo‘ldi hayron,
Bu holatdan ko‘ngli shodon, ay, Muso, ay, Kalimulloh.
Jafo ko‘rgan, jabr ko‘rgan, Iso edi sabr qilgan,
Oqibatda ko‘r qavmidan ko‘kka ketdi ul Ruhulloh.
Yigirmayu yana uch yil, g‘amlar yutgan bul kishi bil:
Haqqa yetib do‘st tutingan yo Muhammad Habibulloh.
Havas qilar sizga bugun, jami dunyo, ahli mo‘min,
Payg‘ambarim avaylagan yuz sahoba ¬ yuzta ogoh!
Qora edi ko‘rinishi, toat bo‘ldi har yumushi,
Yeru osmon zir titradi, Bilol aytgach: "œUlug‘ ALLOH:"
Ham diliga, ham diniga Hamza edi mudom sodiq,
Shahid ketgan jigariga dedi, Rasul: "œoh, Sayfulloh!"
Hazrat Ali, Hazrat Usmon, xalifatur ar-Rahmon,
Abu Bakr Siddiqiga Umar yo‘ldosh ¬ Asadulloh.
Sanayversak xislatlarin, adosi yo‘q bu zotlarning,
Fazilati qo‘llar bizni, gar adashsak, Yo‘lda nogoh.
Ulug‘larning ruhi poki, ko‘rgil endi aziz xoki,
Shu tufayli bir ilinj, qalbga ko‘chdi banogoh:
"œHar bandangning dilida, har kunida tunida,
Ezgu ishiga hamroh, bo‘lsa agar "œBismilloh!"
Balki Ro‘zi qiyomat, kafil bo‘lib ibodat,
Barchamizdan shafqatin darig‘ tutmagay Alloh.
Yana shuni so‘rayman, ijobatin ko‘ray man,
Vido chog‘i nasib et: "œLa ilaha illalloh!.."
Maqsud JONIXONOV