Islomiy she'riyat  ( 448946 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 ... 89 B


Muzayyana  29 May 2007, 14:43:18

Tilaging bo'lsa gar Olloxdan tila,
Yo'qsa ishing so'nggi bo'ladi vaxim.
Xar ishni boshlagin Ollox nomila:
"BISMILLAXIR ROXMANIR ROXIYIM!"

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Iyun 2007, 18:32:24

Yomondir kundan kun holim, bag’oyat, yo Rasululloh!
Tuzalsin endi afholim, inoyat, yo Rasululloh!

Ozdirdi bu osiy nafsim, meni shaytonga yor qildi,
Yasholmam buncha isyonda, madad ber, yo Rasululloh!

Ajab, mumkinmi qutilmoq havoiy nafsi shaytondan?
Eshitmasa agar sizdan hidoyat, yo Rasululloh!

Kelsa gar fayzi ehsoning gunohkor kimsaga bir on,
Bo’lgay ul ikki dunyoda salaomat, yo Rasululloh!

Amrlariga bo’yin egdim, haromni demadim halol,
Har gunohning so’ngi bo’ldi nadomat yo Rasululloh!

Ey, insu jinning Rasuli, insonlarning eng afzali,
Ixlosim haqqi chun qil shafoat, yo Rasululloh!

Qayd etilgan


Mahdiyah  12 Iyun 2007, 17:45:46

D U O

Ko'zimdan yoshlarim tomchilar
Ruhimni afsunlar qamchilar
Har yerda iblislar qarshilar
Qo'llagin, kuch bergin Allohim
Qalbimga nur begin Allohim

Besamar orzular yurakda
Ziyonkor havaslar tilakda
Ne bo'lar ahvolim falakda?-
Pokiza dil bergin Allohim
Dilimga nur bergin Allohim

Ba'zida unutib Rahmonni
Ko'nglini shod etib shaytonni
Rost, deya so'zlarman yolg'onni
Bir rostgo'y til bergin Allohim
Tilimga nur bergin Allohim

Bu yo'llar barisi o'tkinchi
Hammasi so'ngiga yetguvchi
Oxiri jannatga eltguvchi
Ziyoli yo'l bergin Allohim
Yo'limga nur bergin Allohim

Abdulloh

Qayd etilgan


Malikahon  12 Iyun 2007, 19:49:38

Har kishining ota-onasi agar rozi emas,
Hazratim ummat demaslar ham xudo bandan demas.
Ham yana ul chori yorlar barchasi dustim demas,
Pir muridim demas, Halilulloh ham millat demas,
Ul qiyomat kun imomi A'sam yana mazhab demas,
Qop-qaro bulg'ay yuzi, bil tavbasi maqbul emas.

Ka'bani yuz martaba borib ziyorat aylasa,
Kechala qoyim turib toat-ibodat aylasa,
Kunduzi ruza tutib qur'on tilovat aylasa,
Dunyoning borin yana hayru-sahovat aylasa,

Har kishini ota-onasi agar rozi emas,
Hazratim ummat demaslar, ham xudo bandam demas.

Yer yuzida ancha masjid binolar qilsa ul,
Ham yana ko'rigu, ravot,uy, madrasa ko'p qilsa ul,
Kunda yuz ming ochu-yalong'ochga libosu-non bersa ul,
Ilmi holu ilmi qol kashfu karomat qilsa ul,

Har kishini ota-onasi agar rozi emas,
Hazratim ummat demaslar, ham xudo banda demas.

Kunda yuzming haj qilay desang onangni rozi qil,
Hashti jannat sayrqilay desang onangni rozi qil,
Tongla huru.g'ilmon bilan borib bozi qil,
Oxirat dunyo topay desang otangni rozi qil.

Har kishini ota-onasi agar rozi emas,
Hazratim ummat demaslar, ham xudo bandam demas.

Ota-onangni ko'tarib hajni ziyorat aylasang,
Kabatullohga agar borib imorot aylasang,
Misli Adham Robiyodek ko'p munojot aylasang,
Har qadam qo'ysang namoz aylab ziyorat aylasang,

Har kishini ota-otasi agar rozi emas,
Hazratim ummat demaslr,ham xudo bandam demas.

Mashrabo ko'p so'zlama, oqillara bir so'z yetar,
Kar quloq bulsa agar ming suzlagin bekor ketar,
To tirikman suz ado bulmas yetar,
Har kishini ota-onasi agar rozi emas,
Hazratim ummat demaslar, ham xudo bandam demas.

Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Iyun 2007, 11:02:54

XARFDAN OMON ODAM

So’rdi: Qaysi insondir havfdan omon?
Dedi: Xavfdan omon — xavfdagi inson.
Hasan Basriy javobidir bu javob,
Ma’nosini anglasan hikmatdan bir bor.
Qo’rqsa kim, yod aylab Allohni doim,
Taqvo bo’lib odat, toatda qoim,
Xavfdan omonligi — xavfi tufayli,
Najot — karamli Zot avfi tufayli,
Qo’rqmasa Qahhordan — tug’yon ichida,
Tong-la qolur yuz pushaymon ichida.
Qildan quyi ketsang — choh, o’tsang — iydgoh,
Qo’rqinchingga umidni qilg’il hamroh.
Chetga chiqma, chalg’ima, nozikdir yo’l,
Xavf ila rajoning o’rtasida bo’l.
Shu yo’l seni eltar nurli manzilga,
Ko’rkam, saodatli, hurli manzilga.

Fozil Ibrohim
Hilol taqvimi, 2. Safar oyi, 1425


Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Iyun 2007, 11:04:45

NECHUK JONMAN

Nechuk jonman, parishonman, sar to po aybu nuqsonman,
Yomonman, yo’ldan ozg’onman, na insonman, na hayvonman.
Abas umrimni o’tkazdim, gunohlar daftarin yozdim,
Maosiy dashtida ozdim, topolmay yo’lni hayronman.
Amolimdan uyotqonman, gunah loyig’a botqonman,
Xudoyimni unutqonman, nechuk derman musulmonman?
Olib kasbi halolim deb, haqi mardumni molim deb,
Yesin ahli ayolim deb yugurgan qavli yolg’onman.
Amal uqboni darkori, bu dunyodir ekinzori,
Husulum ma’siyat bori, gunah dashtiga dehqonman.
Bo’ynimda ishqi tavqi yo’q, dilimda haqni shavqi yo’q.
Tilimda tavba zavqi yo’q, g’ariqi bahri isyonman.
Netarman go’r azobig’a, maloyikni javobig’a,
Qiyomatni hisobig’a, yomon oluda domonman.
Turar Mahsharda g’ovg’olar, boshimda qancha savdolar,
Bo’lurman anda rasvolar, na qilg’um ahli tug’yonman.
Qani Jamshid taxtida, Skandar bormu baxtida,
Manam o’tkinchi vaqtida gadoman, garchi sultonman.
Qulingdirman manam, yo Rab, gunohimdin na g’am, yo Rab,
Agar qilsang karam, yo Rab, zihi mamnuni ehsonman.
Inoyatlik ilohimsan, panohim, takyagohimsan,
Na qilsang podshohimsan, sanga bo’ynumni sungonman.
Gunahim haddin oshti, lek g’ufroningga Rojiyman,
Qiyomat shiddati vahmi bilan tarsonu larzonman.

Rojiy Marg’inoniy
Hilol taqvimi, 2. Safar oyi, 1425


Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Iyun 2007, 11:06:20

Ibodat ucholmay qanotin izlar,
Sabr esa poymol, oyoq ostida"¦
Sadoqatlar qadriga yig’lar,
Riyo hokim Ixlos ustida"¦

Fasod g’olib, urar qahqaha,
Nafs adashgan, yo’llari egri"¦
Halol ojiz, harom hukmron,
Oydek yuzlar Haqqa teskari"¦

Kubro
Hilol taqvimi, 2. Safar oyi, 1425


Qayd etilgan


Mahdiyah  22 Iyun 2007, 07:08:35

KARVONLAR O’SHA-YU, CHO’LLAR O’ZGARDI

Yuz minglab yulduzlar bag’riga siqqan
Osmonlar o’sha-yu, yillar o’zgardi,
Rizo izlab uzoq safarga chiqqan
Karvonlar o’sha-yu, cho’llar o’zgardi.

Cho’llar obod bo’ldi, karvonlar o’tgach,
Obod bo’ldi zamin, zamonlar o’tgach,
Qo’llari zar, oltin bog’bonlar o’tgach,
Bo’stonlar o’sha-yu, gullar o’zgardi.

Allohning arqoni uzilmas arqon,
Ushlagan qo’llardan oqar qutlug’ qon,
To’kilgan bu qonlar misoli ummon,
Arqonlar o’sha-yu, qo’llar o’zgardi.

Haqning kalomiga oshino tillar,
Haqning salomiga tashnadir dillar,
Yashnamas shaytonga oshyon ko’ngillar,
Zabonlar o’sha-yu, dillar o’zgardi.

Iymonli sarbonlar davondan o’tar,
Iymonsiz sarbonlar toyilib ketar,
Pok niyatda chiqqan murodga yetar,
Dovonlar o’sha-yu, yillar o’zgardi.

Boshimiz ko’yingda, ey sultonimiz,
Senga qul bo’lmoqlik bizning shonimiz,
Fidoiy qullikka bor imkonimiz,
Imkonlar o’sha-yu, qullar o’zgardi.

Baxtiyor Fidoiy
Hilol taqvimi, 3. Rabi’ul avval oyi, 1425

Qayd etilgan


Mahdiyah  22 Iyun 2007, 07:10:30

YO’L

Kimga keng, kimlarga tor erur dunyo,
Kamga yaxshiligu, kimga yomonlik.
Yaxshilar bor joyda hayot ham zebo,
Yomonlar bor joyda anqo omonlik.
Razillar o’rmalab yurar tilida,
Labida — tabassum, ko’ngli — qorong’u.
Ilonlar o’rmalar ular qalbida,
Shu bois dahandan sochilar og’u.
Bir karra berilar dunyoda hayot,
Qarshingda ikki yo’l turar begumon.
Ortingda qolajak yomon-yaxshi ot,
Yo’ling tanlamoqda adashma, inson.
Yaxshilik bobida Jomiy so’zi bor:
Tug’ilding: El xandon, sen esa giryon.
Shu so’zni yodingdan chiqarma zinhor:
Halqing qolsin giryon, sen borgil xandon.

Xayrulloh Turg’unov
Hilol taqvimi, 3. Rabi’ul avval oyi, 1425


Qayd etilgan


Mahdiyah  22 Iyun 2007, 07:11:44

Odam o’g’li o’lgusi, yer ostiga kirgusi,
Kim yaxshidur kim yomon, anda ma’lum bo’lg’usi.
Munda o’zin bilgonlar, Haqqa qulluq qilgonlar,
Haq yo’lig’a kirgonlar yorug’ yuzluq bo’lg’usi.
Manman, qulman degonlar, yer yuziga kelgonlar,
Harom-harish yegonlar bir-bir javob berg’usi.
Munda o’zin bilmagon, nasihatni olmagon,
Besh vaqt namoz qilmag’on anda rasvo bo’lg’usi.
Agar oqil bo’lsangiz, nasihatni olsangiz,
Besh vaqt namoz qilsangiz, anda foyda bo’lg’usi.
Qullig’ qilg’il qulig’a, kirgil Haqni yo’lig’a,
Yorilog’on qulig’a hurler qorshu kelgusi.
Haqdin farmon bo’lg’onda, Azroil jon olg’onda,
So’roq-savol qilg’onda, anda hayron qolg’usi.
Hayron bo’lmas ul kishi, oqsa ko’zini yoshi,
Haq bilan bo’lsa ishi, javon oson bo’lg’usi.
Toat qilg’il qishu yoz, qul Xoja Ahmad, bo’l gudoz,
Yuzi qaro benamoz anda rasvo bo’lg’usi.

Hilol taqvimi, 3. Rabi’ul avval oyi, 1425

Qayd etilgan