Islomiy she'riyat  ( 448364 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 ... 89 B


Robiya  12 Aprel 2008, 14:55:39

HAYOLI AYOLLAR HAQIDA XAYOLLAR

Ayol haqda juda ko'plab asar bor...
Asarlarda undan ham ko'p gaplar bor.

Er zotiga husn bo'lsa jasorat,
Ayollarga go'zal hulqu, nafosat.

Er deb atagaylar haq so'z aytganni,
Xushlamaslar o'z yo'lidan qaytganni.

Ammo ayol borasida bo'lak so'z
Nozik jinsni go'zal aylar ibo ko'z.

Bo'lsin desang satrlarim bayti soz,
Hayoli ayollar xayolida yoz.

Erni ustun qo'yib ota-onadan,
Ular uchun ordir chiqmoq xonadan!

Xayollari zavji uchun bo'lingay,
Tushida ham «dadasi" deb yalingay.

O'zin sabr otliq o'tda toblaydi -
Xudoga itoat deb hisoblaydi.

Eri ranjib uydan chiqib ketsa goh,
O'zin ayblar beshud deb har qanday chog'.

Uzr so'rab charchamagay ba'zi dam
Erin etmish marta tavof qilsa ham.

Zavjiga chiroyli libosin kiyar,
Er kulgusin ko'rsa taomdek to'yar.

... Hayrondirsiz, zamonamiz ayoli
O'zgani maftun aylamak xayoli.

Bormi ushbu mulohaza talqini:
Ayol degan so'ramasmi haqini?

Javobimiz oddiydir, ey birodar,
Ayol dinda erkak bilan barobar.

Ammo ayol siyratining afzali
Hulqu itoatda bekam go'zali!

Chunki shunday yashab o'tgan Fotima,
Shundan o'zingga ol go'zal xotima.

Fotimai Zahro qilmay hech irim,
Alidan yig'lablar so'rmish kechirim.

Ko'zi shishgan qizin Rosul ko'rmishlar,
Bu holatning bayonini so'rmishlar.

Tinglab kuyav tutgan og'ir mavqifni,
Qara, qanday beribdilar tavsifni:

Rosul demish: "œbo'lmasaydi shul ta'zim,
Jahannamga tushardingiz, jon qizim!"

Xoy onalar, xoy ayollar, tinglangiz,
Qay ahvolda Rosululloh suygan qiz!

Siz nelarni istayapsiz, bilmadim,
Siyrat o'qib, yot xulosa qilmadim.

Erlar maqtalganin ko'rdim janggohda,
Ayollarni eri suygan dargohda!

Olam suygan olima ayollar ham
Qilmaganlar johil erlarin mulzam!

Ey ojiza, extimol, bu kulgudir,
Lek olimalik nasibasi shudir!

O'tmish guvoh, singigan qonigacha
Erin kutgan umr poyonigacha.

Erkak ona poyidan istar jannat,
Er bosgan iz ayoliga kifoyat!

Ahli oqil bu so'zlarga kulmaydi
Tarix boshqa rivoyatni bilmaydi!


Qayd etilgan


Robiya  12 Aprel 2008, 14:56:44

QIYOMAT

Qiyomat yaqinlab qolgani ayon,
Ayollar erlarning libosin kiymish,
Avrat-u, xayoning ko'chasin toptab
Xatto mayin bo'lib so'zlamay qo'ymish.

Rasululloh bir kun qo'rqib so'zlagan
Kunlar boshimizda turibdi qarang.
Atrofning yalong'och turgan holiga
Ko'taramiz xatto boshimiz arang.

Tuyaning o'rkachin tasvirlab go'yo
Jannatning hididan voz kechgan ayol
Nahot umri bo'yi vaqt topib bir tun
O'ziga bir bora bermagan savol:

Xoy, men kim o'zi, jinsim ne erur,
Yarasharmi menga shu yovuz xilqat?
Ayollik libosin bir chetga otib
Asl go'zallikdan ayrildim faqat,

Bolamning nigohi menga yovqarash,
Erimning ko'nglida yo'qolgan xohish.
Men qancha urinmay, aslimdan shuncha
Uzoqlashib ketdim, tingandek tovush...

Ovozim erkakcha, yurishim g'alat,
Shimning o'rtasida yig'laydi hayo.
Ajabo, shunchalar xorlik bo'lurmi,
Tubanlik bo'lurmi, do'stlar, ajabo.

Ayolning ko'nglida insofi bo'lsa,
Ushbu savollarni berardi bir tun
O'ech qursa o'qidan qochib boryotgan
O'g'illari uchun, qizlari uchun...

Afsus, ushbu holga faqat ayolmas,
Balki erlarning ham ayblari mavjud.
Rashk o'tin o'chirgach zino-yu faxsh-la,
Dayuslik kasbiga ko'rar taraddud.

Nardadan boshini ko'tara olmay,
Ayollarga turmush yuklagan qopin
Odamdan yaxshilik ko'rmoqchilarga
Ayturmiz olimlar qilgan xitobin

Ular o'zlarini erkak desalar,
Dunyoda eng katta bo'lurlar kazzob,
Chunki nikoh kuni bergan ahdiga
Qilmishlar hiyonat, berolmay javob.

Ularda mag'rurlik asli yo'q xislat,
Ularni iymon ham aylamish xalos.
Ularning egnidan joy olgan ko'ylak
Faqatgina tashqi ko'rinish, xolos.

Hayxot, bu dunyoning ishi ters bo'ldi,
Yaxshilar ko'ngildan yig'lab o'tmishlar
Ayolin ko'chaga qo'yganlar bugun
Ertaga bolaga ko'krak tutmishlar,

Hali bu ketishda vazifalar ham
O'zgararmi ayol, er nasli uchun,
Go'yoki quyoshning tunda chiqishi,
Oyning otishi-la ochiladi kun...

Yo'q, do'stlar, iymon bor, ishonch bor ekan,
Bunga yo'l qo'yilmas hech qachon, hech vaqt.
Har kim o'z fitrati, o'z tabiati
Amriga binoan yashamoqlik - baxt.

Hadisdan oddiy bir xulosam shulki,
Ko'r qilar bu ko'zni qamashtirganlar
Aslida qiyomat kunin tezlatar
Ana o'shanday jins almashtirganlar.


Qayd etilgan


Robiya  12 Aprel 2008, 14:57:28

SINGILJONLAR!

Ko'rarga ko'z quvonsin, komil bo'lsin iymonlar,
Sof qo'shig'in tinglasin asli dorulmakonlar,
Tubsiz jarlik oldida tebranib turibmiz-ku,
Xamzalarni dunyoga keltiring, singiljonlar!
Saodat shamolini eldiring, singiljonlar,

Har kimga ma'lum, mashhur oyat-u, dalil, hadis.
Lek ko'ngillar negadir ma'siyatlarga haris...
Og'zi yumuq ummatga taqdim eting mudarris -
Mus'ablarni dunyoga keltiring, singiljonlar!
Saodat shamolini eldiring, singiljonlar,

Sifatdan darak bering, shart emas millionta son
Daraxtdan uzilgan barg atalar barbir hazon
Qora yuzli bo'lsa ham aytolsin qo'rqmay azon
Bilollarni dunyoga keltiring, singiljonlar!
Saodat shamolini eldiring, singiljonlar,

Islom ummati unga tilasin shon-sharaflar,
«Alloh ulug'» deganda titrasin to'rt taraflar
Qonidan mahzun bo'lib dod ko'tarsin Mushaflar
Usmonlarni dunyoga keltiring, singiljonlar!
Saodat shamolini eldiring, singiljonlar,

Bukun shamol misoli elar farzandlar kerak,
Jonini sherigiga tilar farzandlar kerak,
Janggohlarda uyqusi kelar farzandlar kerak
Alilarni dunyoga keltiring, singiljonlar!
Saodat shamolini eldiring, singiljonlar,

Umid sizgadir bukun, maydonda shay ko'rining,
Sizdan yordam bittadir xoh turtinib surining:
Tug'sangiz gar ming yillik dostonlarga urining
Umarlarni dunyoga keltiring, singiljonlar!
Saodat shamolini eldiring, singiljonlar.

Qayd etilgan


Robiya  12 Aprel 2008, 14:58:06

HIJOBLIK AYOL
Ko'zing-u, qalbingni zabt etgan to'lib
Nafosat haqida sursang gar xayol.
Nuqsonsiz go'zallik timsoli bo'lib
Yurgan bir hasratdir xijobli ayol!
Biroq oson emas yurmoq hijobda,
Bugun bu ko'plarga kelmoqda malol.
His qilar o'zini begona dunyo,
Kelgindi xilqatdir xijobli ayol.

Avj olgan buzuqlik, ma'siyatlardan,
Ne-ne qadriyatlar bo'ldi-ku uvol.
«Ey Robbim, panoh ber!» deya bulardan
Berkingan suvratdir xijobli ayol.

Ko'plar ayol nomin bo'lg'aydi tinmay,
Avratlar ochilib, bo'lishar xush-hol.
Taqvosin ko'rsatib, o'zin ko'rsatmay
Saqlangan siyratdir xijobli ayol.

Millat-u, dinini ko'plar unutib
Gunohlar qa'rida toparkan zavol,
Taqvosi timsoli, libosi bo'lib
Diniga quvvatdir xijobli ayol.

Behayo kimsalar, dinsiz johillar
Masxara qilganda uni bemalol.
«Allohim, ularga hidoyat ber», deb
Eng yaxshi niyatdir xijobli ayol.

Uning mauvjudligi ko'ngilga malham
Ko'z quvnar, qalb esa bo'lmagay behol.
Kitoblar yoqilib ketganida ham
Islomga hujjatdir xijobli ayol!

Da'vatlar to'xtagan telba diyorda
Har kimning ko'nglida katta bir savol.
Indamay ketsa ham ko'zlari erda
Katta bir da'vatdir xijobli ayol.

Unga havas qilgum, degum, «ey singlim,
Erlarga taqvoda o'rnak bo'lib qol!»
Iymondan voz kechgan erkaklar uchun
Eng yaxshi ibratdir, xijobli ayol.

 

Qayd etilgan


Muzayyana  15 Aprel 2008, 14:56:29

O'rangan oy yuzingizni Allox suysin.....

Xaq rizosin tilab xijob tuttgan qizlar,
Xalqning emas xoliq lufin kutgan qizlar.
Xaq ishqida nozin ichga yutgan qizlar,
Pok qalbingiz chin ilohiy hislar tuysin.
O’rangan oy yuzingizni Allox suysin.
Yot nazardan qochib parda tutib yuzga.
Ibrat bo’lib behayoyu qaro yuzga,
Endi xatto tosh otsalar teymas sizga,
Sizga zulm istaganlar o’zin tiysin
O’rangan oy yuzingizni Allox suysin.
Bu ne fayzu karomatkim sirlarga boy
Misli bulut arosinda kulganday oy
Or xayoga burkanibdi oyday chiroy
Kiyim kiygan yalang’ochlar rashkda kuysin
O’rangan oy yuzingizni Allox suysin.
Oriyatli oy yuzlarni to’sgan parda
Bir chiroyli tovlatdi ming bir chiroyda
Yomon ko’zdan asrasin Allox xar joyda
Betavfiqlar mayli nima desa desin,
O’rangan oy yuzingizni Allox suysin.
Muxofaza etib o’zni yot nazardan
Besh maxramni qutqardingiz axli nardan
Xaq lutfiga sazovorsiz tong saxardan
Ochiq sochiq yurganlar xam esin yig’sin
O’rangan oy yuzingizni Allox suysin.
Dunyo sinov Xaq yo’lida sobit qoling
Xatarlardan eson omon o’tib oling
Jannat uzra munda poyondozlar soling
Allox o’zi sizga chin baxt ato etsin
O’rangan oy yuzingizni Allox suysin!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  18 Aprel 2008, 12:35:48

Musulmonmiz!

Go'zal islom din bizga
O'xshar porloq yulduzga
Bu din deydi to'g'ri bo'l
Bu din deydi toza bo'l
Bu dindan yana go'zal
Bormidir boshqa bir yo'l
Payg'ambarim Muhammad (sav)
Ikki dunyo quyoshi
Payg'ambarlar ichida
Yo'qdir uning hech eshi
Kitobimizdir Qur'on
O'qiymiz uni har on
Ko'p shukrlar Allohga
Musulmonmiz, musulmon

Qayd etilgan


Muhammad Amin  18 Aprel 2008, 12:37:54

Shukr

Ushlash uchun qo’l berding,
So’zlash uchun til berding,
Hidlash uchun gul berding,
Robbim senga ko’p shukr.

Yurishga oyoq berding,
Tinglashga quloq berding,
Og’iz, tish, tomoq berding,
Robbim senga ko’p shukr.

Shu go’zal chechak uchun,
Uchgan kapalak uchun,
Osmonu falak uchun,
Robbim senga ko’p shukr.

Otam va onam uchun,
Ajoyib olam uchun,
Barcha ne’mating uchun,
Robbim senga ko’p shukr.
 
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  18 Aprel 2008, 12:40:11

Bismillah

Allohdir ilk so’zimiz,
Imon to’la ko’zimiz.
Uhlagani yotiboq,
Uyg’onganda har saboh
Darhol deyman BISMILLOH.

Narsa yerkan, icharkan,
Kitobimni ocharkan,
Darsimga o’tiriboq,
O’yinimni boshlar chog’
Doim deyman BISMILLOH.

Tushurmasman tilimdan,
Aytarman jon dilimdan.
Alloh tutar qo’limdan,
Adashtirmaz yo’limdan.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  18 Aprel 2008, 12:41:04

Ovqatdan oldingi duo

Taom  yeyishdan oldin,
Qo’l ochdim Robbim senga.
Aql, sihat, to’g’rilik,
Go’zal axloq ber menga.

Yemasam o’solmayman,
Maktabga borolmayman.
Qani tez tez yeyaylik,
Maktabga tez ketaylik.
Yaratgan Allohimga
Doim duo qilaylik.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  18 Aprel 2008, 12:42:05

Ovqatdan keyingi duo

Alhamdulillah alhamdulillah,
Bu ne’matni bergan Alloh.
Payg’ambarim Rasululloh,
Yerkan deyman bismilloh.

Ko’paysin ozaymasin,
Toshsinu kamaymasin.
Ohiri ko’rinmasin,
Ishtaha kesilmasin.

O’tganlarning ruhi uchun,
Qolganlar sog’ligi uchun,
Dardi borga darmon uchun,
Allohim rizosi uchun
Al-Fotiha.
 
 

Qayd etilgan