Islomiy she'riyat  ( 448220 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 ... 89 B


Hadija  22 Sentyabr 2009, 18:52:29

Fikr qilgim keldi O’limni!...

Yo’q, turmayman tortmang qo’limni,
Bilasiz-ku, mani yo’limni,
Hayot haqda o’ylang men esa,
Fikr qilgim keldi o’limni"¦

Fikr qilgim keldi o’limni!...
Yo’q, turmayman tortmang qo’limni
Qaqrab yotur shu yig’i bilan
To’ldirmasam bo’lmas cho’limni!!![/b]
H.Hamidov tomonidan aytilgan...

Alloh rozi bo'lsin.
O'limni eslatganlardan
...


 :amn:, Jumlamizdan

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Sentyabr 2009, 11:03:43

TO’RTLIKLAR

Kutgan kunlar kelmagi bor, bu ayon,
O’tgan kuning bo’lmas takror namoyon,
Bugun his et kelar onlar qadrini,
Bejiz o’tgan umring so’nggi pushaymon.

Zang yesa temirning qolmas misqoli,
Hasad — vujuddagi shu zang misoli.
Gunoh qo’lidagi kosovga qarang,
Olovga avj berib, bukchaygan holi.

Insonga do’st-yor ham, dushman ham zabon,
Har so’z zamirida ko’p asrar pinhon.
Yaxshi so’z g’animni do’st etar, ammo,
Bir og’iz bo’htondan do’st dili vayron.

Niyating yashashmi dunyoda uzoq,
Yomonlikdan bo’lgin hamisha yiroq.
Keng qilgin ko’ngilni, bu olam aro,
Har yomon ishingga bergaysan so’roq.

Abdug’ani hoji Sulaymon

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Sentyabr 2009, 11:04:25

Yaxshidir

Yorug’ olamda odam, xushfe’l bo’lsa yaxshidir.
Fisqu fasoddan har dam, yiroq yursa yaxshidir.
Ga’m anduhni yengishda, sabru toqat yaxshidir.
Rizqni topib yeyishda, halol ne’mat yaxshidir.
Qadrdonlar davrasida, dilxush bo’lsa yaxshidir.
Til va dilni doimo, birdek tutsa yaxshidir.
Keksaygan chog’larida, shirinso’zlik yaxshidir.
Xatoga yo’l qo’yganni, avf etishlik yaxshidir.
Adolatli insonning, baxti kulsa yaxshidir.
Dil so’zi bitdi Erkin, dilkash topsa yaxshidir.

Erkin Shomirzaev

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Sentyabr 2009, 11:15:10

Mana shu she'r judayam yoqdi manga

ILTIJO

Netay, faqirduman, balki xordirman,
Ham ojiz-notavon gunohkordirman.
Allohim, ishqingga nechog’ zordirman,
Meni rahmatingsiz qo’ymasang bo’ldi.

Umrimni yutmoqda vaqt otlig yuho,
Ruhimni yutmoqda nafs otlig’ yuho.
Qalbim qorayadi gunohdan goho —
Meni rahmatingsiz qo’ymasang bo’ldi.

Ikki ko’z dunyoga qaray to’ymaydi,
Iblis to’r tashlaydi: bir dam qo’ymaydi.
Nafsim suyganini Rabbim suymaydi —
Meni rahmatingsiz qo’ymasang bo’ldi.

Shu mo’jaz qalbimga olamni joyla,
Yo’limni valiylar yo’liga boyla.
Ne qilsam, rizoing maqsadim ayla —
Meni rahmatingsiz qo’ymasang bo’ldi.

Qalbimni iymon-la, nur ila to’ldir,
O’lsam, rahmatingga g’arq qilib o’ldir.
Dunyoda kulmadim, oxirda kuldir,
Meni rahmatingsiz qo’ymasang bo’ldi.
Gulbahor Abdulloh qizi

Qayd etilgan


Hadija  25 Sentyabr 2009, 15:49:39

Hayit

Bugun shunday kun erur-ki, ul kunning tengi yo’qdir!...
Bugun nafslar hotirjam-u, ko’ngil ham ancha to’qdir

Bugun qalblar rohat ila masjidga qo’ymish qadam
Bugun Alloh kalomini tinglagay har bir odam

Bugun go’yo farishtalar osmondan tushib saf-saf
Horg’in-so’lg’in ko’ngillarga taqib ketmishlar sadaf

Sadaflar asli iymondin so’zlabon yuraklarga
Aqoid ilmidan aytmish ul ilm keraklarga

Alloh lafzin unutgan qalb, yangi oy chiqqan kecha
O’n bir oylik chang g’uborni boshladi bir-bir yecha

Qanday yaxshi bu kun do’stlar, qanday go’zal bu kunlar
Alloh uchun aziz bo’lmish yarim oy, bedor tunlar

Bu kun yana kelarmi-yo, bu kunga yetmaymizmi?!
Shu bois bu Aziz kunni qadriga yetmaymizmi?!

Mir Alisher bayti aytar, "œMahzun dil chekma jabr"
"œHar kuning Hayit o’libon, har tuning bo’lsin Qadr"
 
Bugun shunday kun erur-ki, ul kunning tenggi yo’qdir.
Bugun nafslar hotirjam-u, ko’ngil ham bir muncha to’qdir"¦

Qayd etilgan


Hadija  25 Sentyabr 2009, 15:51:49

Alvido Abu bakr, Alvido Umar"¦

Yo’llar buncha sirpanchiqdir toyilib ketdik,
Tomirimiz bir edi lek, yoyilib ketdik.
Bir mag’zava suv quydilar chayilib ketdik
Men sizlarni eslashlikka bo’libman Xumor
Alvido ey Abu Bakr, alvido Umar"¦

Sog’inamiz, zor yig’laymiz ammo ne foyda?!
Muslimlikdan faqatgina nom qolgan joyda...
Har kim yashar o’z bilgancha karvon saroyda
Bugungilar bo’ynida ham, qalbida tumor
Alvido ey Abu Bakr, alvido Umar"¦

Yurtning ishi tashkil topmish gunoh, xatodan
Ba’zilar bor ibodat yo’q, kechib Xudodan
Farzand so’rab turibdilar Zangi otadan
Bu holatda quyosh yig’lar, ingrayur qamar
Alvido ey Abu Bakr, alvido Umar"¦

Hayhot zamin yorilsa-yu, tugasa bu g’am
Ammo bizga bo’la olmas, hech narsa malham
Qo’rquv yo’qdir hatto Dajjol chiqishidan ham
Shundan keyin mumkinmikan bo’lmoq bexatar?!
Alvido ey Abu Bakr, alvido Umar"¦

Turdim mana, siz tomonga talpindim be hol,
Bu dunyoning ishlariga hayv surmoq hayol
Musulmonlar ko’kragiga bir tegmish shamol
InshaAlloh ishlaringiz ketmas be samar
Alvido ey Abu Bakr, alvido Umar"¦

Qayd etilgan


Jalol Ahmad  28 Sentyabr 2009, 02:58:02

  Alloh go'zal  
           
Orazi gul, husni hilol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal.
Mutloq kamol, mutloq jamol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal...

Arsh arkida sulton o'zi,
Beaybu benuqson o'zi.
Poyiga cho'k, ul Zuljalol
Alloh go'zal, Alloh go'zal...

Diydori bir shirin umid,
Azal vujud, abad vujud.
Kimga ayon, kimga xayol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal....

Nahri zilol, bag'ri bahor,
Gul chehra yor, nur chehra yor.
Oromijon, oshuftahol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal....

Tuproqqa jon etmish ato
Momo havo, odam Ato.
Loydan odam yasar kulol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal....


Shoir tilak-ta'bim o'shal,
Ruhim o'shal, Rabbim o'shal,
Allohu akbar, ey Bilol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal!.....

Muhammad Yusuf

Qayd etilgan


Jalol Ahmad  28 Sentyabr 2009, 03:05:07

             Allohdir mehribon

G'am chekmagil g'amlaring ko'p bechora,
Mehriboning topar unga bir chora,
Go'zallardan go'zal chunon dildora,
Allohimdir mehribonim yagona!

Goh tolaman,toshday qotib qolaman,
Uh tortaman bir zum qarib qolaman,
Bilgan sari go'dak bo'lib boraman,
Allohimdir mehribonim yagona!

Bandamanman farishtamas bilaman,
Shuning uchun ertayu kech noliman,
Nolam shuki, qachon sodiq bo'laman,
Allohimku mehribonim yagona!

Tafakkurdan aqlim chiroq topadi,
Dunyo g'ami yuragimdan ketadi,
Bu ko'ngilda iymon guncha ochadi,
Allohimdir mehribonim yagona!

Qayd etilgan


Jalol Ahmad  28 Sentyabr 2009, 03:19:33

     UNLAR

Ular, tovbani Hz.Odam’dan o’rgandilar
"œMen pushaymonman" deyishni"¦
Takror gunohga qaytmaslikni,
Odam’(as)dan o’rgandilar.
Johiliyat davrining,
Dengizlar kabi ko’pirgan kufridan qochib
Nuh’(as)ning kemalariga mingandek kirdilar İslom’ga
Bola chaqa demasdan,
Demasdan Ota- Ona"¦

Halîl-ur Rahman’dan o’rgandilar sadoqatni
Hayotlarınıng bahorıda
Tabassum qilib kirdilar otashga
İstasa gulistonga qaytsin,
İstasa zulumatga"¦
Nafslarini qurbon etip Olloh’ga
Va bo’ysunmasdan Olovlarning hamlasiga
"œHasbiyaallah!" dedilar.
Hozir yuraklarimizda oyoq izlari;
Maqom-ı İbrohim kabi"¦

Beshiklarini tebratmadi nahrlar
Bir Mehribon ona quchog’ida o’smadilar Ular,
Mahrumdilar Nil’ga bo’yin egdirgan asodan
Ammo, bo’yin egmaslikni o’rgandilar Hz Muso’dan.
Sajdaga bosh tutishni Tur-i Sino bildilar.

İffatni, Hz. Yûsuf’dan o’rgandilar.
Avval uzildilar Ota o’chog’idan,
Quduqdek qorong’u dahlizlarga kirdilar,
Brodar qo’li bilan"¦
Qo’rqmadilar"¦
Yolları saroylarga chiqmadı.
Qo’rqmadilar!
Necha bor dunyo butun go’zalliklari bilan taklif qildi ularni.
Qaytmadilar!
Yusuf kabi;
"œMen Olloh’dan qo’rqaman!" dedilar.
Bir kelin hayo ibosi bilan yashadılar hayotda.
Chunki ular iffatni, Hz.Yusuf’dan o’rgandilar.

Qachongacha ko’r bo’lib yashash kerak hayotda?
Bu holimizni ko’rsa edi Sahobalar va Rasul (saw),
Yer yorilib yerga kirmasdikmi bunday holatda?,
Ularchi, Ular"¦
Hayiqmasdan, ikkilanmay, taraddut qilmasdan
Tabassum qildilar O’lim malagiga
Va Hz. Zakariyya’nıng ketishi kabi ketdilar.
Chunki Ular o’layatgan paytda ham Mard edilar!

Dovud’(as) ning qo’li kabi edi qo’llari
Temirlardan yuraklarni
Yumshoq paxtaga aylantirdilar.
Bir oyat tushganda ko’kdan
"œEshitdik va Itoat etdik"œdedilar.
Ko’z yoshlari bilan kutib oldilar vahiyni.
Ular yig’lashni Hz. Dovud’dan o’rgandilar.

Tomirlarida Ayyub (as) ni sabri oqdi, qon kabi.
Hz. Yoqub’ning shukri,
Taxt qurdi yuraklarida, Xoqon kabi"¦
Va jon kabi,
Jondan ham ko’ra aziz tutdilar haq so’zni,
Bir yaproq kabi to’kildilar.
Hz.Maryam’ning iffatli qarashlaridan,
İso Masih (as)’ning masum ko’z yoshlaridan
Suzilib keldilar.
Ular koinotdan tanlangan
Va butun borliqning murabbiysi yo’lidagi,
Bir dasta gul edilar.

Ular ulug’dirlar.
Chunki rahbarlari,
Olamlar rahmatining sababchisi
Uning nazari sabab yuksaldilar.
Sahoba bo’ldilar.
Butun molu-dunyolarni qalblaridan tark etib
Oddiy bir qul bo’ldilar.
Chunki ular Ollohga qul bo’lishni
Rasul-i Akram’(saw)dan
Olamlarning sarvaridan
Qullarning birinchisidan o’rgandilar.
Nima o’rgangan bo’lsalar undan o’rgandilar
Chunki Ul, rostga aylangan ro’yo edi.
Ul, Habîb-i Kibriyo edı.
Ul zot, Muhammad Mustafo’(saw) edılar!

Salot va salomlar bo’lsin Ul zotga
Salom bo’lsin Malaklarga,
Ul zotning karamli Ahl’i Bayt’iga
Va Xulafoi Roshidinga.

Salom bo’lsin muhtaram Sahobalarga,
Va ruhlarımız fido bo’lsin Unga,
Va Uning nurli yo’liga"¦
________________
Dursun Ali Erzincanli Turk  ijodiga mansub

Qayd etilgan


Jalol Ahmad  28 Sentyabr 2009, 03:31:49

Tirildim yana o`lmoq uchun

Ey hayol, hijron azoblaydi meni,
Sevib, mazlumga aylandim endi.
Buldi, bas, nigorim izlab boray,
Yetar qalbga berilgan shunchalar zulm.
Dovon ne gap, oshay tog`lar, kechib dengiz,
Kunlar ne gap, tunlar bulay yulda.
Yetib borsam manzilga omonlikda,
E yuq, bormoq omon endi gumon,
Yul olis, tula azob ham, mashaqqat,
Omon emas bir balo bulib borgum,
Shunda yorim chehrasi qamashtirib kuzlarim,
Razm nuridan ayirgusi meni.
"Hush kelibsiz, biz intizor sizga" degan suzlari
Shoshirib, tildan ayirgusi meni.
Visol quvonchin anglamoq bulib mushkul,
Bu uchrashuv aqldan ayirgusi meni.
Rahm qayda, u zolim nozlari,
Sarhush, mast aylar men devonani.
"Sevdim sizni" degan-chi, ishq suzlari,
Qurbon bulay, jondan ayirgusi meni.
Ruh tandan ayrilgan zamon,
Hayolim, Allohga ayla nola,
Robbim, qayta ato etgin jon,
Tiriltir sevgida majruh bulgan jismim,
Hijron azobin aylab menga tuhfa,
Yana oshay tog`u toshlar, kechib dengiz,
Kuz nurim, aqlim yana yuqolsin beiz,
Tiriltir meni, "Sevdim" deganin eshitib yana bir bor,
Qurbon bulay, tanim bulsin jonga zor.
Tirilib o`lmoq, yana o`lib tirilmoq,
Dilga zavq bagishlar qanchalar.
Tirildim yana o`lmoq uchun!

Qayd etilgan