Islomiy she'riyat  ( 447765 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 ... 89 B


Munira xonim  09 Noyabr 2009, 18:40:19

Bugungi kunim ham o'tib boradur,
Umrimni laxzalar yutib boradur,
Tuzukroq amal yo'q oxirat uchun,
Ko'nglim vayronadur,dilim poradur.

Qayd etilgan


registan  09 Noyabr 2009, 19:04:18

Birodar yuzingni ka’ba tomon bur,
Yomon xayollardan qutulish budur,
Aksini qilsangchi, chalinganda sur,
Ko’ngling vayronadir, diling poradir.

Qayd etilgan


Jalol Ahmad  10 Noyabr 2009, 07:37:05

Kalimani ayta olmay musulmonman deysiz, ey voh,
Amalingiz g`ayridiniy, dilda bo‘lsin deysiz Olloh,
Javon to`la qator kitob QUR`ON bormi uyingizda?
Ertak o`qib o`sayapsiz, Muhammadning ummatlari.

Dasturxonga non qo`yasiz, fotihadan ham qochasiz,
Ta'rifini ko‘p keltirib qimmat aroqlar ochasiz.
Gazak deysiz harom-harish, cho`chqa go`shti hamisha bor,
Halol luqma yemayapsiz, Muhammadning ummatlari.

Farzandlarga pul tutqazib, yoshlik deysiz sursin davron,
Erta kunda boshingizda o`qirlarmi bitta QUR`ON,
Qiyomatda bir savobin sizga berishi begumon
Din o`rgatib o`tmayapsiz, Muhammadning ummatlari.

Mayxonalar qo`nog`ingiz, sarxush qaytasiz kechada,
Borgansizmi, bilasizmi masjidingiz qay ko`chada.
Taxlam-taxlam turar gilam, topilgaymi bir joynamoz
Namoz bilmay o`tayapsiz, Muhammadning ummatlari.

Tavba uchun kech bo`lmasin kechirgay Ollohingiz
Joyingizni jahannamdan qilmasin gunohingiz.
Qiyomatdan payg`ambarlar hatto qo`rqib turibdi
Sizlar qanday ummatsiz, Muhammadning ummatlari

Qayd etilgan


Jalol Ahmad  10 Noyabr 2009, 07:39:03

"Islom"
Islom, imonning guli,
Namoz, uning sunbuli.
Islomsiz qolsa xar kim
Bo'lar g'aflatning quli.

Imonli bo'lsa inson
Raxna sola olmas shayton.
Eshigin ochar unga,
Jannat atalmish makon.

Qayd etilgan


Jalol Ahmad  10 Noyabr 2009, 07:43:49

Deyursanmu??

Shahodatga tling kelmay,
Namozu, ro'zani bilmay,
Zakotu, hajni ham anglamay
Menam "Muslim" deyursanmu?

Boshingni sajdaga qo'ymay,
Haromu shubhadan qo'rqmay,
Ollohni yodinga olmay,
Menam "Mo'min" deyursanmu??

Birovga yordaming tegmay,
G'ariblar ko'nglini olmay,
Etimlar holini so'rmay
Menam "Ummat" deyursanmu?

Otangnin hurmatin qilmay,
Dilingdan himmatin qilmay,
Padarhondan duo olmay,
Memam "farzand" deyursanmu??

Ilimning zahmatin chekmay,
Azizlar hizmatin qilmay,
O'z ustozing rizo qilmay,
Meman "olim"deyursanmu??

Kishiga oqibat qilmay,
Mehr-shavqat nima, bilmay,
Farosat- fahmini bilmay
Menam ''Odam''deyursanmu??

Hamiyat, rashk nima bilmay,
Ayolinga nazar qilmay,
Bolanga tarbiya bermay,
Menam ''Erkak'' deyursanmu??

Erinigni hurmatin qilmay,
So'ziga e'tibor qilmay,
Uyat-andishani bilmay,
Menam "ayol'' deyursanmu??

Ona til so'zini bilmay,
Vatan tarihini bilmay,
O'zingning millating savmay
Menam ''O'zbek'' deyursanmu???

Biror soat tinim bilamay,
Qilib da'vatlarin tolmay,
O'zini aybini ko'rmay,
Menam "Fozil" deyursanmu???

Qayd etilgan


ziyoda_aliyeva  24 Noyabr 2009, 21:49:02

       :as:         
  ........................................
 
Hudo taqidlagan ichmadeb sharob.
Bizchi ichyapmiz bo'lguncha harob.

Qumor o'ynamader bizga Tangrimiz.
Qumorga tikilgan bizning umrimiz.

Yana Egam aytar qilma o'g'rilik.
Zero lanatlangan bizda to'g'rilik.

Egam cho'chqa, go'shtini sanagan harom.
Bizdachi cho'chqaga zo'rdur ehtirom.

Nomahramga qarama der qolma isnotda.
Nomahram qolipti-mi Kofir obotda.



Manba.....................bilmiman lekin shu sher meni yodimda qolgan.


Qayd etilgan


Munira xonim  24 Noyabr 2009, 22:04:19

*  *  *
Sarg'aygan kuz kezar xazongir bog'im,
Istig'for yuvarmi dildagi dog'im,
G'animat bildim men tiriklik chog'im,
Dushmanim yuragin g'ashlab ketaman,
Ey dunyo, men seni tashlab ketaman.

Mendan ham ilgari qanchalar inson,
Senda tug'ilgandi, tutgandi makon,
Bir Do'stim kelganda, bo'lganda imkon,
O'shal kun Allohga albat yetaman,
Ey dunyo, men seni tashlab ketaman.

 :as:

Do'stlarim holimni so'rab tursalar,
Ko'nglimni mehrga o'rab tursalar,
Yo'limni Jannatga tomon bursalar,
Armonlar selini boshlab ketaman,
E dunyo, men seni tashlab ketaman.

Qayd etilgan


Munavvara  27 Noyabr 2009, 20:16:43

SAHOBALAR

Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Hamza,
Muoviya, Abu Sufyon, ibn Umar...
Qorong‘u yo‘l yoqasida nurli sho‘‘la -
To Qiyomat bizga hujjat - sahobalar!

Men sizlarni yaxshi ko‘rdim, yaxshi bildim.
Hayotingiz hayotimga o‘rnak qildim.
Rasululloh manhajiga qalbi salim,
Yo‘llarimga nuri himmat sahobalar.

Siz-la islom siyratini ushlab qoldi,
Munofiqlar barmoqlarin tishlab qoldi.
Siz ketdingiz - bu ummatdan nur yo‘qoldi,
Siz-la birga ketgan izzat, sahobalar.

G’orda qolgan birodarin uyg‘otmay deb,
Abu Bakr ilon chaqsa, turdi chidab.
Me’roj kuni Siddiq bo‘ldi aylab xitob:
"Tasdiqlayman barin faqat", sahobalar.

Ayol haq so‘z aytsa, uni to‘g‘ri bilib
Umar o‘tdi adolatni shior qilib,
Bir umrga bir libosin dorga ilib
Qalbi birla ko‘rsatib xad, sahobalar.

Farishtalar hayo qilgan Usmon o‘tdi,
Tilovati payti boshdan qalqon o‘tdi.
Shuning bilan saodatli zamon o‘tdi
Shundan keyin ketdi nusrat, sahobalar.

Xolid o‘tdi badanida tig‘ yemagan
Joyi qolmay, biror jangda yengilmagan.
Zohid Salmon ibodat-la tong bilmagan
Ajratmagan jihod, toat, sahobalar.

Abu Zarning ko‘zlarida yondi yolqin,
"La ilaha illa Alloh"ni aytish uchun
Rozi bo‘ldi bu dunyoning xor va chirkin
Hayotiga ulkan jannat, sahobalar.

Qo‘lda bayroq, Makkadagi chiroyli qalb,
Rosulining vafotidan qo‘rqib, yo rab
Vafot etgan yuztuban va yerga qarab
Mus’ablardek ko‘ngli hijrat sahobalar.

"Rasululloh tuyasiga taqlid qilgan
Tuyam mening markabimdir, bilsang", degan
Abdullohlar o‘tdi bosib ming bir tikan,
Lek oyoqqa yetmay zahmat, sahobalar.

Abu Sufyon, Hamzaga bosh egmoq zarur.
Un-da sharaf, un-da faxr, un-da g‘urur.
Olam sizga bosh egsa ham, qalbi mag‘rur
Boqmadingiz biror soat, sahobalar.

Poyingizda oltin oltin dunyo oqdi,
Rumdan tortib Erongacha mamnun boqdi.
Vale sizning poyingizda xo‘p uloqdi
Bir qiymati yo‘q saltanat, sahobalar.

Muhojirlik bo‘ldi nasib sizga og‘ir,
Ansoriy deb nom olgan ham sizsiz, ahir.
Qon-qoniga singib ketgan ming bir tomir
Bir-biriga nur va rahmat, sahobalar.

Bugun yo‘qsiz, sizsiz ummat g‘arib va xor.
O’zidan kam jamoadan yetib ozor.
Bugun uning yashash joyi keng bir bozor
Yotar yeri shum Shaytanat, sahobalar.

Yo‘limizni yoritguvchi hilollar yo‘q,
Haromlar bor, tuzatguvchi halollar yo‘q.
Endi bizni uyg‘otuvchi Bilollar yo‘q.
Azonimiz bo‘ldi g‘aflat, sahobalar.

Mo‘minlarning onalari o‘tdilar, bas.
Bugungilar bu ummatga ona emas.
Bu ummatga hech kim endi qilmas havas.
Chunki o‘ldi haqqiy toat, sahobalar.

Erlar erlik qilib, haqqin qilmay ado,
Ayollarin ko‘yga qo‘ymish, bu ne savdo.
Na’zu billah, da’yuslikni qilar da’vo,
G’arb quliga do‘ngan xilqat, sahobalar.

Fatvolar bor hadislarga ters yuruvchi,
Imomlar bor tumorlarga dam uruvchi,
Rasululloh la’natlagan tashiruvchi
Shaxslar dinga qilar "xizmat", sahobalar.

Islom uchun jahd desalar, hayratlar bor,
Bunda ruh yo‘q, faqatgina suvratlar bor.
Alamlar bor, sitamlar bor, hasratlar bor,
Bordir gina, ham kudurat, sahobalar.

Ilm uchun rag‘bat ham yo‘q, da’vat ham yo‘q,
Maishat uchun to‘siq ham yo‘q, sarhad ham yo‘q.
Payg‘ambarlar merosxo‘rin ko‘ngli-chi to‘q,
Oz bo‘lsa ham yo‘qdir hayrat, sahobalar.

Siz harom deb bilgan amal bugun halol
Kabiralar qilinmoqda voh, bemalol.
Ruhim yig‘lar badanimga berib savol:
"Mo‘minliging shubha, g‘alat...", sahobalar.

Yaxshiyamki, tun bor, uxlash baxti bordir.
Tushda sizni ko‘rgan inson baxtiyordir.
Bu keng dunyo ko‘pchilikka balkim tordir,
Ammo siz-la ulkan sarhad, sahobalar.

So‘z yakuni shuldir: "Sizlar islom ahli,
Umar o‘tdi, o‘tdi Usmon, o‘tdi Ali.
Uchrashurmiz bir kun insha Alloh hali
Vatanimiz bo‘lmish - jannat, sahobalar!!!

islomdini.ning.com

Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Noyabr 2009, 06:26:47

ISLOM

Iskandarlar o‘tdilar
Ustunmiz deb dunyoga,
Dorolarning toj-taxti
Sig‘may qolmish sarpoga.
Oqibat-chi, hech kimsa
Yuz tutolmay riyoga,
Baralla jar solmishlar
Tugayotganda hayot:
Inson uchun yo‘q erur
islomdan boshqa najot!

Chingizlarning yalong‘och
Qilichlari ostida
Ne-ne yaloq shoirlar
Aytib o‘tmish qasida,
Insof bo‘lsa qaniydi
Hech qursa bittasida,
O’layotgan chog‘ida
Yozardi haq bir bayot:
"Inson uchun yo‘q erur
islomdan boshqa najot!"

Ne-ne tuzumni ko‘rdik,
Parokandasi chiqqan,
Eng aqlli zotlarin
Zulmat qa’riga tiqqan,
Zolimlar ham oxiri
Bu zulmdan toliqqan
Ahvolida dunyoga
Hayqirganmish: "Oh nahot
Inson uchun yo‘q erur
islomdan boshqa najot?!"

Ha, shundan boshqa yo‘lni
Axtarganlar nodondir,
Ularning buguni bor,
Ertasi pushaymondir,
Ular uchun mahsharda
Manzil o‘zga tomondir,
O’ng tomondan kelgani
Nodonlarga erur yot,
Chunki inson uchun yo‘q
islomdan boshqa najot!"

Basriyni dor ostiga
Olib kelgan ummat bu,
Hanbalni sudray-sudray
Holdan tolgan ummat bu,
So‘nggi lahzada aniq
Haqni bilgan ummat bu:
Tugadi jami ozor,
Bundan katta yo‘q sabot:
"Inson uchun yo‘q erur
islomdan boshqa najot!"

G’arb dunyoga hukmron
Uxlaganda mo‘minlar,
Dunyo tinmay zavqlandi
Yig‘laganda mo‘minlar,
Ozgina din deb qalbin
Tig‘laganda mo‘minlar
Bir shior dunyo uzra
Tinmay qoqqandi qanot:
"Inson uchun yo‘q erur
islomdan boshqa najot!"

Kim qanday yo‘l o‘ylasin,
Barchasi botil bo‘lgay,
Insoniyat umriga
Aniqki qotil bo‘lgay,
Islom ketsa zamindan
Zulm muqobil bo‘lgay,
Yer ustini egallar
Bid’atlar-u xurofot,
Chunki inson uchun yo‘q
Islomdan boshqa najot!!!

Aqlin pesh qilib chiqqan
Daholar ham kazzobdir,
Ular tutgan botil yo‘l
Ko‘z o‘ynatgan sarobdir,
Bu g‘o‘r maslakka taqlid
Qilgan odam harobdir,
Garchi uning oldida
Mingdan ziyodroq sirot,
Inson uchun yo‘q erur
islomdan boshqa najot!"

Alloh kalomi tinsa,
Demak, hayot bitgaydir,
Dunyoni olib keling,
Undan fayz ham ketgaydir,
Bir manzilga ming yo‘lmas,
Bir to‘g‘ri yo‘l eltgaydir
Xulosam shu, azizlar,
O’zni aylamang barbod,
Inson uchun yo‘q erur
islomdan boshqa najot!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Noyabr 2009, 06:28:34

QABR KAVLASHNI XAM O'RGANIB QO'YGIL

Nafsni jilovingga olmoq bo’lsang gar,
Qorning to’ymasidan taomga to’ygil.
Gullarni hidlashdan to’xta birodar,
Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!

Ajal o’qi aniq, bir kun yetgusi,
Shoshmasdan, xotirjam halok etgusi,
Otang bor, onang bor — ertan ketgusi"¦
Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!

Bitgan gulzorlaring so’lar ertaga,
Umr kosasi ham to’lar ertaga,
Baland minoralar qular ertaga,
Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!

Birov horma demas, tolsang yugurib,
Yordam ham berolmas ahvoling ko’rib,
Mard bo’l-da, o’rningdan bir sapchib turib,
Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!

Mayli, ko’chat ekkin ertani ko’zlab,
Mayli hosilin ham totgil yolg’izlab,
Lek qolmayin desang qabrda bo’zlab,
Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!

Ko’rding, dosh berolmas, ming-minglab tuzum.
Bir shamol uchirdi barisin yuzin.
Elga suv chiqargan mahaling bir zum.
Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!

Duolar tilagan qo’llaring ila,
Elaklar elagan qo’llaring ila,
Ayoling silagan qo’llaring ila
Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!

Otan yer chopganda, qarashib yubor
Uning yuragidan yo’qolsin g’ubor.
Shunda ham birodar aytaman takror
Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!



Qayd etilgan