Islomiy she'riyat  ( 448265 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 ... 89 B


Mahdiyah  30 Noyabr 2009, 10:02:36

Avval ham joylangan she'rlarku.
Avval joylangan joylanmaganligini bilib kn joylashni iloji yo'qmikin userlar?

Qayd etilgan


Muhammad Amin  01 Dekabr 2009, 06:39:44

Avval joylanganini bilganim yo'q. Keyin menimcha ko'pchillik oldin joylanganlarni juda kam ko'radi. Shuning uchun yana bir bor havola qilinsa yomon bo'maydi menimcha.

Qayd etilgan


akmal?  22 Dekabr 2009, 12:21:44

mahdiyahon-sherlariz juda taasirlik-va chiroylik ekan.rahmat-u'qib foydalanyapmiz.ku'p sitelarda sherlar bir-hilligi bilan-bu sherlardi farqi borakan.

Qayd etilgan


siddiqa  23 Dekabr 2009, 00:09:17

Iymonsiz qoyma


Atrofim gavjum odam,
Asta kelib bo’g’ar dambadam.
Shaytoniy yo’llarga boshlaydi har dam,
Iymonim shivirlar-"œBO’LGIN SEN BARDAM"

Bo’ldi bas. Tinch qo’ying meni ey sizlar,
Bunchalar yovuzsiz, qabih orsizlar.
Shaytonning makridan hozir ko’rsizlar,
Bu holingiz uchun ming bor essizlar.

Iymonim sen meni aslo tark etma,
Nafsim sen bunchalar tug’yonga ketma.
Vijdonim hech qachon toshdayin qotma,
Allohim sen meni iymonsiz qo’yma.

Hayotim, vujudim, borlig’im tilka.
Rukuda, sajdada bo’laman senga.
Horsamda, tolsamda ayturman yana"¦
Allohim sen meni iymonsiz qo’yma.

Qayd etilgan


Munavvara  05 Yanvar 2010, 11:16:04

"Men"imga murojaat

Умрим ҳам стмоқда дарёдек шошиб,
Гоҳида мамнунман, баъзида нолиб,
Бсғзимгача келди бу ссзлар тошиб:
Бугун кетсам дейман сзимдан қочиб.

Баҳор келибдис, сезмай қолибман,
Иш, сқиш кетидан тинмай чопибман,
Фақат "œмен"им учун нафас олибман,
Бугун сса кетгум сзимдан қочиб...

Билиб туриб баъзан хатолар қилдим,
Меҳрин тутганларни гадолар билдим,
Чарчадим, фақат бир тсхтамга келдим:
Барибир кетаман, сзимдан қочиб!

Ҳатто намозимдан хушуълар тонди,
Аафсимдан виждонмас, ер, осмон ёнди,
Бол оққан тилимдан заққумлар томди,
Шу сабаб сзимдан кетсайдим қочиб...

Орзуимда Ҳажмас, дунё ётибди,
Юмшоққина қалбим тошдек қотибди,
Ксксимга ғашликнинг тиғи ботибди,
Кошки, кета олсам сзимдан қочиб...

Бутун замин менга худди бегона,
Бири тошлар отар, бири парвона,
Изладим, топмадим битта ғамхона,
Кетганим схшидир сзимдан қочиб...

Фақат Онажоним мени тушунди,
Менинг дардим олиб, сзи куюнди,
Бахтимга мендан ҳам кспроқ суюнди,
Мумкинми кетишим сзимдан қочиб?

Йсқ, мен енгилмайман дунё ғамига,
Аллоҳ ризолиги таскин барига,
Сингиб ҳам кетсамда замин қаърига,
Барибир кетолмам сзимдан қочиб...

Шарифа, шукр қил, имкон қслингда,
Ким ҳавас қилмади — ирфон йслингда,
Тоғлардан виқорли имон кснглингда,
Кетсанг бари бекор сзингдан қочиб!

Хизмат қил, миллатинг ва дининг учун,
Имондан сшнасин юзларинг гулгун!
Яна қачон қайтар бугунги бу кун?
Сен асло кетмагин сзингдан қочиб,
Кетсангда олиб кет, мени ҳам олиб!!!

Sharifa Mirzahamdamova

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  09 Yanvar 2010, 10:02:40

Assalamu alaykum.
Men bu yerga onamning sizlarga ilingan satrlarini,Namangan shahrini chekka bir qishlog'ida o'zining taqvosi, ozgina olgan ilmiga amal qilib, ko'pchilikni Islomni tanishiga sababchi bo'layotgan bir yaqin do'stlarining yozgan satrlarini berishni xohladim. Bular she'r emas, shunchaki bir muslima opaning yozganlari. Bu satrlarni o'qigan kishilardan u kishini haqqilariga duo qilishligingizni iltimos qilardim. U kishi juda betob ekanla, balki, shu kasallik sabab ajal bilan yuzlasharlar,shunga xolis duolaringizni ayamaysiz, deb umid qilaman.


Demak boshladik... 

Men shoir emasman, qo’rqmang azizim,
Lek ba’zan qo’limga tutaman qalam,
Yozmoqdan o’zga hech ilojim qolmas,
Ko’nglimga botganda qayg’u va alam.

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  09 Yanvar 2010, 10:04:38

Yurakka aytganim"¦

Ko’ngilning ko’chasi huvillab qoldi,
Shodmonlik o’rnini dard alam oldi,
Qay ko’kka termulib hasratim aytay,
Mehrga intizor ko’zlarim toldi.

Hasrtalar domiga cho’kmagil yurak,
Seni tark etmasin duo va tilak.
Yuzlangin Allohni do’st tutib bunda
Sening ko’z yoshing kimga ham kerak.

Qalbingga jo etib iloh mehrini
Sabrla yengolgin zolim zahrini.
Dardingni bildrima harki nomardga,
Har kim ham bo’shatmas senga bag’rini.

Ortiq aldanmagin, yetar, bas, endi,
Har ko’ngilga qo’l solish kerakmas endi,
Suyanib yashagil Yakka Xudoga,
Uning mehrisiz yurak, yurakmas endi.

Endi bas ko’ngilni ziyoga bergil,
Zulmatga cho’kmasin bu g’arib ko’ngil.
G’ubordan saqlay bil iymon gavharing,
Istig’for aytgin-u, xasratni qo’ygil.

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  09 Yanvar 2010, 10:07:12

Qadrim.

Ne savdoda qolgan boshim,
Mudom hayron o’ylanar.
Mujnuntoldek egik qaddim
Qachonlardir o’nglanar.

O’ylanmagil sen bosim-a,
Qadding ko’tar sen qalbim,
Bir kun kleib ko’tarilar,
Bir pul bo’lgan bu qadring.

Eslab qolar istab balki,
Seni yerga urganlar.
Madadkordir dilga doim
Xoling so’rab turganlar.

Alloh senga madadkordir
Qadamingdan xabardor,
Seni zor yig’latganlar
Bir ko’rishga bo’lur zor.

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  09 Yanvar 2010, 10:08:53

O’zbek.

Vaqting o’tmay ilm o’rgan, o’zingni tani,
O’zbekman deb kerilasan iymoning qani?!
Yo bozorda sotganmisan arzon garovga,
Yoki sovg’a qilganmisan uni birovga?!

Namoz ne ekanin bilmassan, ammo
Musulmonman deya ko’krak kerasan.
Ajal kelib yoqangdan tutsa,
Vaqting o’tganini shundan bilasan.

Qaydan kelgansan-u, qayga borasan
Asling qaro yerdur agarda bilsang.
Joning rohatdadur Boqiy dunyoda
Magar Allohning aytganin qilsang.

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  09 Yanvar 2010, 10:10:02

Dunyo.

Dunyolarga endi havas qilmay qo’ydim,
Dardu alam, sitamlardan tamom to’ydim.
Men gunohkor bandangni kechirgin Sen,
Sening mehring ulug’ligin endi tuydim.

Ko’ngil berdim tushmi yoki ro’yolarga,
Ishonmayman endi yolg’on dunyolarga,
Rozilging uchun Alloh jonim beray,
Qalbim chulg’ab bugun ilmu ziyolarga.

O’tkinchidir bir tush kabi bu dunyo ham,
O’tib ketar buning uchun yemagin g’am.
Oxiratni o’ylab ish tut har bir qadam,
Mahshargohda totmay desang dardu-alam.

Savob uchun shoshil doim har ne ishda,
Lain shayton yo’rig’iga yurmagil hech.
Baxting topib baxtiyorsan ikki olam,
"œOh" tortibon afsus etma bo’lmasin kech.

Qayd etilgan