Islomiy she'riyat  ( 447705 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 ... 89 B


Hadija  27 Yanvar 2010, 05:02:19

УММАТ

Дунё сралганди унинг хурмати,
Қани бу умматнинг анга химмати?!
Дунёга қул бслиш сенга срашмас,
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Олдингга боқ, тозалаб юр орқангни,
Дарвозадан олиб ташла тақангни!
Аҳли китоб бир кун тутар ёқангни,
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Қандай бардош бергайсан бу қайғуга?
Фикр юрит, берилмайин туйғуга!
Минг йил бслди кирганингга уйқуга,
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Сиғинганинг Аллоҳ смас, бир мозор,
Шайтон букун иймонингга харидор!
Бошқа уммат сени кутар интизор,
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Чин мусулмон йиғлаб чекса аламни,
Турк ажратса фалон отлиғ ҳсжамни,
Араб кулиб тан олмаса ажамни
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Гар сшитсин десанг Аллоҳ нолангни,
Тун қсйнида йиғлаб оқиз жолангни,
А­ртак айтма ухлатгани болангни
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Қалбдан итар ғойри Аллоҳ қсрқинчни,
Аари туртгин минг асрлик соғинчни,
Бас, босиб ст амал деган босқични
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Ксзгуга боқ, инсонист юзисан,
Аусратсизлик сабаби ҳам сзингсан,
Таъм соғинган умматларнинг тузисан
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Тутаб турган машъалани ёқ снди,
Илмга сч болангга ҳам боқ снди,
А уҳистнинг сшигини қоқ снди,
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Маккани тслдирдинг тавофларингга,
Аммо бегонасан савобларингга,
Бухорийлар илҳақ жавобларингга -
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Қсй сртага, мангу сшар саволни,
"œАаҳот замин ксрмай стса рижолни,
Бу ҳолингда не қиласан дажжолни?" -
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Саодатни алиштирдинг рсёга,
Уммонларни чсктирдинг-а дарёга
Ссқирликка келмагансан дунёга
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Кимдир қсшиқ айтиб нолон бақирар,
Олимларинг уйғонишга чақирар,
Ҳатто Ийсо пайғамбар ҳам ҳайқирар:
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Хсп сргандинг давру даврон суришни,
А­нди бошла жиндай хаёл суришни!
Тсхтатақол тсйхоналар қуришни
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Аечун дунё арқонига бойландинг,
Бозорларнинг пешвосига айландинг,
Асли бошқа юмуш учун сайландинг
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Қачон кскка тарқаб кетар бу қсрқинч,
Ибодатлар замирида минг скинч.
Дунё йиғлаб, сендан ссрар бир стинч:
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Бошдан нари кетмай қолмиш оминлар,
Иймонига қани пухта мсминлар?!
Миллиарддан ҳам ошди соҳта мсминлар
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Ўзингга ҳам оғир бундай юришинг,
Кофирни-да ҳайрон айлар туришинг.
Бу дунёни осон бслар ксришинг
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Тингла! Қулоқ осгин бугун ссзимга,
Тик қарагин тик қараган ксзимга,
Қулоқларинг беркит майли бир зумга
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Аёлларинг оғзи тинмас шаллақи,
Шаҳарлигинг деса тинмай «қишлақи»,
Санга боғлиқ букун ислом равнақи
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Керак смас мавзуларга қалашма,
Ав бошқадир, сзинг билан курашма!
Ҳадеб суннат хусусинда талашма,
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Ҳаловат не оқар уммон, ариқлар,
Сенга муштоқ дарёдаги балиқлар!
Туғавермай фақат ксзи юмуқлар
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Бахт топасан асҳобларга схшасанг,
Тинмай сриб кетажаксан юмшасанг,
Умар сшагандек сша сшасанг!
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Унут ёт кимсалар ссйлар сртагин,
Астиқ қилма бошгинагга патагин!
Ушла маҳкам Ғаззолийнинг стагин
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Сснгги ссзим сйга чсмишдан олдин,
Отангни, онангни ксмишдан олдин
Ксзингни ростакам юмишдан олдин
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Manba: Xolislik sari dasturidan ko'chirildi, Muallifini aniq Bilmayman!

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Yanvar 2010, 07:30:04

She'rlarni o'zingiz yozganmisiz?
Yoki muallifini esdan chiqardingizmi?

Qayd etilgan


Hadija  28 Yanvar 2010, 01:18:28

She'rlarni o'zingiz yozganmisiz?
Yoki muallifini esdan chiqardingizmi?

Aniq mualliflarini bilmayman, bilganimda yozardim!
Admin janoblari qo'pollik qilmasangiz ham mualliflik huquqi hamisha yodimda   :1

Qayd etilgan


Akbarjоn  28 Yanvar 2010, 22:46:59

Iqtibos
SubhanAlloh, buncha yaxshi she'r. rosa kulibman )))))

Jannatdagi kundoshim!

Ammo meni kulish u yo'qda tursin jilmayoshga xam holim qolmadi bu she'rni o'qib
exxxxxxxxxxxx!!!........

Qayd etilgan


JeeS  07 Fevral 2010, 02:47:49

(Eng)Mehribon va (eng)rahmli alloh nomi bilan boshlayman!
Namozingni o`qi ukam namozingi

Boshlagin sen har bir ishni bismillohdan
Tasbehlardan, zikrlardan, ibodatdan
Tilovatga shayla do`stim zaboningni
Namozingni o`qi ukam namozingni.

Ihlos bo`lsa ibodating mohiyati
Go`zal bo'lur insoniyat oxirati
Eng muhimi yo'qotmagin iymoningni
Namozingni oqi ukam namozingni .

Duolarda so`ragin sen Ollohimdan
Panoh bersin qaynab turgan do`zaxidan
O`rnak qilgin Sahobiylar hayotini
Namozigni o`qi ukam namozingni.

Namoz erur iymoningning ustunlari
Ibodatda bo`lgin mudom sen tunlari
Sabrsizlik bilan kutgin ramazonni
Namozingni qoldirmagin namozingni.


Sherni yozgan va bizlarga jo'natgan Allohning bandasidan

Alloh rozi bo'lsin.


Qayd etilgan


Hadija  16 Fevral 2010, 23:25:41

Hikoyat

Tunlarimning har biri yaldo,
Saratondek otash har kunim
O’tkan kunim boshimga balo
Qizartirar yuzni bugunim.

Chidaymizda o’rtansa ham jon,
Shunday qismat tushibdi chekka,
Musulmonlik emas-ku, oson
O’hshamaymiz hech, yo’q O’zbekka

Mahshar qo’pmas yo’limdan qaytsam,
Garchi u jim insofga kelmas,
Arsh zrillar bir so’zni aytsam
Yo’qsa qalbda zilzila tinmas

Tag’in itdey kelurman qaytib,
Jarlik qayon yo’limni bursam
Yurmaymanku bir umr daydib
Yutaman deb uyimga kirsam

Ko’rgim kelar bir muslimani,
O’t tushgan dil ketadi muzlab
Duo qilib o’ltirsa meni,
Oyday bo’lib joynamoz uzra

Janozaga borsam negadir?!
Ko’zim quvnab, bo’lurman behol,
Faqat shunda o’hshaydir ahir,
Er erkakka, ayolga ayol.

Bir dard o’rtab yubordi dilni,
Yozarkanman titradi qo’lim,
O’z asliga qaytarsa elni,
O’lim bo’lsin, har kuni o’lim"¦

Kechir Tangrim qil umrim uzun,
Bejiz emas lek shikoyatim,
Shunday zo’r xalq hattoki bugun,
Anglamayur hijob oyatin!

Aytay qo’lim ko’ksimga qo’yib,
Keksalar ne qilmish hikmatlik,
Qayga kirsa, chiqsada doim
Po’sh der edi bobom rahmatlik.

O, qandayin zamon o’zi bu?!
Chirt yummasang bo’lmagay ko’zni
Ko’plar bundan chekmaydi qayg’u
Faqat hammol aytar bu so’zni

Hoy, onalar buncha botirsiz?!
Tirik ota qolmaganmi yo?!
Qizlar qayon ketayotirsiz?!
Ahir, ko’cha uy emas aslo!

Yoshligimda eshitgan so’zlar
Hanuz yodda sanchilib turar,
Faqat erkin mastura qizlar,
Pok ayollar hijobda yurar"¦

Do’stlar mendan ranjimang hecham,
Bu so’z avval o’zimga o’qdir!
Anglaganim shulki chinakam,
Er yo’q joyda ayol ham yo’qdir!

Nizo chiqib mahr bobida,
Er asabiy xotin norozi,
Adl qilmoq ishtiyoqida,
Ikki guvoh so’raydi qozi.

Paranjida kim bor, bilmasak?
"œYuzin ochsin"-deydi, bir guvoh.
Er erkakda bir qalqdi yurak,
Hali bekor bo’lmagan nikoh!

Yo’q ochmaysan yuzingni, ishon!
"œKamlik bo’lmas mahrdan"-dedi,
O’z qadrini anglagan juvon,
"œO’tdim mahr bahridan"-dedi.

Balki naqlim kelgandir, malol
Tuyulgandir havoyi so’zdek,
U arabdir dersiz ehtimol
Tinglang qandoq bo’lgandir o’zbek!

Necha yillar o’tsada hanuz,
Haddim sig’mas aytgani otin,
Polvon bo’lib tanildi bir qiz,
Yiqar edi bor yigit zotin.

Tomoshabin ahli bo’lgan jam
Kurash hali boshlanmay turib,
Kirib keldi qurga bir odam
Va qizni dast oldi ko’tarib.

So’ng uyiga ketaverdi, jim
Qizig’i qilt etmadi qiz ham
"œGuvoh bo’ling nikoh o’qidim"
-dedi, uydan chiqqan bir dam.
 
Kirib ketdi er yelkasida,
Kelin bo’lib o’n o’g’il tug’di
Yillar o’tib el yelkasida
Ya’ni, o’lib tobuti chiqdi.

Itqitaman birdan qalamim,
Tugab bitar tamom bardoshim.
Kimdan olay endi alamim,
Qayga uray egilgan boshim"¦

Qalbda nedur borardi nurab
Holim kabi parishon so’zim
Kirsam uyda oq ro’mol o’rab,
Oyat yodlab o’ltirar qizim

Qaytarkanman oyoq uchida,
Yngil edim uchayotgandek,
Allohga hamd aytdim ichimda,
Uzoq turib qoldim shunday tik

Bu his qalbdan g’amni aritgay,
Yog’ilgaydir nur hayotimga,
Uzoq yillar qalbim yoritgan,
Bir hikoyat tushdi yodimga.


Tong yulduzi ketolmay hayron,
Subhi kozib qilsada firb
Subhi sodiq kelardi shu on,
Umarhon shart ketadi turib.

Cho’chib tushar umrida ilk bor,
Bosh ustida ko’rib osmonni
Otlar borar yurtib hoy kim bor?!
Kim so’raydi u siz Qo’qonu,

U arabo kimniki g’amgin,
Bugun ayol Malikami kim?!
O’z juftidan yuzini nechun,
Yopib olgan Nodirabegim"¦

Chiqib ketdik qachon shahardan,
Ayting, qayon ketmoqdadirmiz?
Ko’rinmaydi bironta odam,
Nechun ahir, ikkimiz yolg’iz?

Javob berar Malika behol,
So’zdan hanjar urdingiz jonga
Ne istasang xazinadan ol
So’ng taloqsan ket Shahrixonda?!

Amringizni bildimu vojib,
To’liq ado etayotirman
Eng kerakli qimmatbaho deb,
Sizni olib ketayotirman!

So’z deyolmay qolgan Umarhon,
Bir uradi peshonasiga,
Qayta nikoh o’qitib shodon,
Kirib kelar koshonasiga

Men moziydan so’z ochdimmi
Bas, qilishim shart qissadan hissa.
Ammo netay bularni emas,
O’shalarni bir ko’rgim kelsa!...

Manba: H.Hamidov tomonlaridan o'qilgan muallifini bilmayman...

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  16 Mart 2010, 17:43:16

Assalamu alaykum.
Bir opaxonni she'rlarini joylayotgan edim. Vaqtim bo'lmagani uchun qolib ketgandi. Inshaalloh bugun shu she'rlarni davomini joylayman.

Ayriliq"¦
Sizning bo’yingizga bo’lay bo’ytumor,
Sabr bilan yorini kutgan ey Dildor,
Allohim bersin sizga matonat,
Doimo bo’lsin sizga Alloh yor.
Dushmanga ko’rsatmang hech ham yoshingiz,
Aslo egilmasin aziz boshingiz.
Yuzingiz sarg’atmang har-ki nomardga,
Yaratgan bo’lsin chin Do’st sirdoshingiz.
Ko’zingiz qorasi bo’lmasin xumor,
Zolimdan mehrlar kutmangiz zinhor,
Umidla yashangiz ertangi kunga,
Illo bu zahmatning ajrlari bor.
Bolangiz "œdada" deb qilsa xarhasha,
Qo’shnilar qarasa devordan osha.
Birovga bildirmang boru-kamingiz,
Dunyoda g’ami yo’q insondek yashang.
Yoringiz kelishi bilingki aniq,
Qaddingiz bukmasin mash’um qyriliq,
Umidni alishmang umdisizlikka,
Qalbda saqlangiz iymonni tiniq.

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  16 Mart 2010, 17:44:40

Ohim tinglab menga quloq bergali,
Sendan o’zga mehribonim yo’q meni.
Mushtoqdirman jamolingni ko’rgali,
Allohim, kechir mendek qulingni,
Ravon ayla men g’aribga yo’lingni.

Ul amringdan men hamma zarra sadoman,
Vasling istab kecha kunduz adoman,
Dunyolardan kechgan g’arib gadoman,
Allohim kechirgaysan qulingni,
Ravon ayla men g’aribga yo’lingni.

Hidoyating birla topdim O’zingni,
Tengsiz hikmat deya bildim so’zingni,
Ulug’ bir istagim ko’rmoq yuzingni,
Allohim kechirgin mahzun qulingni,
Oson ayla men g’aribga yo’lingni.

Bu kun Sening vasling istab yig’larman,
Xajring birla yurak bag’rim tig’larman,
Senga mehrim arqonini bog’larman,
Panohimsan O’zing qo’lla qulingni,
Oson ayla men g’aribga yo’lingni.

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  16 Mart 2010, 17:45:18

Dushmanning munofiq bo’lgain yomon,
Kunda ko’rib xoling so’rgani yomon,
Ichingdagi darding ilonday bilib,
Har kimga yomonlab yurgani yomon.
Bir qarashda do’stdek holing so’rguvchi,
"œTomoshng"ni chetda turib ko’rguvchi,
Qadamingdan xabar topib turguvchi,
Ammo u yon qo’shning bo’lgani yomon.
Darding kuchaytirar bir ko’rish bilan,
Kunda so’rash chiqar yana hol so’rash bilan,
Qadam qo’yar bo’lsang bir yumush bilan,
"œYo’q" deya bo’zrayib turgani yomon.
Ishing tushmasin-eyy bunday makkorga,
U bilan bo’lgan har vaqting bekorga,
Alloh kifoyadir bir badkirdorga,
Ko’ngilning zardobga to’lgani yomon.

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  16 Mart 2010, 17:47:10

Kumushbibi kuni tushdi bu boshimga,
Suyanganim og’u soldi non oshimga,

Ohlarimni osmon tinglab hayron bo’ldi,
Ishonch uyi chok chokidan vayron bo’ldi.

Nomardlari to’lib ketdi dunyolarga,
Ko’ngil  berib qo’ydimmikan ro’yolarga,

Ishonganim dushmanlarim  tomon bo’ldi,
Kishi bilmas xo’p g’alati zamon bo’ldi.

Men g’aribning ohlariga kim ham zordir,
Shukr qalbda, sabr degan gavhar bordir,

Mehr istab xasta ko’nglim sarson bo’ldi,
Hasratlarim tuya emas karvon bo’ldi.

G’alat ekan dunyolari juda g’alat,
Uyg’on yurak hech bosmasin seni g’aflat,

Ko’zim ochib topganim ul iymon bo’ldi,
Butkul umrim lahza ichra bir on bo’ldi.

Bu dunyoning dardlariga etib toqat,
Vaqt g’animat Ilohimga qilay toat,

Yozganlari sh’er emas bir doston bo’ldi.
Men g’aribga yozmoqlik ham imkon bo’ldi.

Qayd etilgan