Islomiy she'riyat  ( 448389 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 ... 89 B


Mubashshir Muhammad  16 Mart 2010, 17:50:21

Men hamon yashayman"¦

Gulzorimda sayramas bulbul yashar,
Ochilmayin so’ligan bir gul yashar,
Yodga tushsa negadir ko’nglim qaqshar,
Dardlarim ichimga yutib yashayman,
Dunyoda kimnidir kutib yashayman.

Yurakka armonlar changalin solar,
Mehrga intizor ko’zlarim tolar,
Bog’zimdan chiqmay ne so’zlarim qolar,
Ko’ksimni hijratga tutib yashayman,
Bilolmam kimnidir kutib yashayman.

Ko’ngil bir xazonli gulzorga o’xshar,
Xazonlar tagida nimadir yashar,
Negadir kundan kun sog’inchim oshar,
Umidning etagin tutib yashayman,
Men hamon kimnidir kutib yashayman.

Hayot so’qmog’idan karvonlar o’tar,
Dunyodan yana ne jononlar o’tar,
Meni bu ohlarim armonga eltar,
O’zimni hayronlar etib ytashayman,
Baribir kimnidir kutib yashayman.

Dardimdan xabardor Allohim erur,
Yagona ishongli panohim erur,
Ham do’stu, sig’ingan Ilohim erur,
Sh’aniga maqtovlar bitib yashayman,
Eh, yana kimnidir kutib yashayman.

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  16 Mart 2010, 17:52:05

Ko’zim yoshin to’kay endi Alloh debon,
Ne qiloldim oxiratning g’amin yebon,
Namoz, tasbeh, ibodatlar chala, noqis,
Faqat Uning nomin aytib yig’la zabon.

Iymon qushim qanotlaring qayrilmasin,
Tillaringdan tasbeh sano ayrilmasin,
Yig’la ko’nglim faqat Uning nomin aytib,
O’zga yorga izhori dil aytilmasin.

Kimki yolg’iz vafoli ul yori Xudo,
Xohlamasman bo’lmoq Undan hargiz judo,
Ro’zi Maxshar visolini istar yurak,
Rahmati chun bo’lsa arzir jonlar fido.

Ey Matluba talab etgil ilmu ziyo,
Duo-zorlar aylagil sen qilib nido,
Amallaring chin ko’ngildan bo’lsin vale,
Ul Do’stingga yuzlan bunda qilmay riyo"¦

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  16 Mart 2010, 17:53:25

* * *
Bolam bor deb kerilma
Tutar bir kun qo’lingdan,
Maxshar kuni Sirotda,
Toydirradi yo’lingdan.

Kiyim boshu qornini
g’amin yesang yugurib,
Bolam o’ksimasin deb,
Turli tuman kiydirib.

Yedirsang gar topganing
Tanlamay halolini,
Qarib qartayganingda,
Bildirar malolini.

Qiyomat kun mahsharda,
Yaxshiling unutar,
O’rgatmadi namoz deb,
Yoqaginangdan tutar.

Farzand bersa albatta
Tanitgin Robbisini.
Haq yo’lini bildirsang,
Qilar jon fidosini.

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  16 Mart 2010, 17:53:52

Hamroh bo’lsin diyonat,
Do’stim qilmay xiyonat,
Kun keladi Qiyomat,
Hech kim sizni qo’llamas.
Peshvoz chiqar gunohlar
Keltirilar guvohlar,
Topolmaysiz panohlar,
Hech kim sizni qo’llamas.
Besh kunlik dunyo edi,
Kim jonin g’amin yedi,
Topganlar to’play dedi,
Sizni hech kim qo’llamas.
Sichqon ini ming tanga,
Mushrik- kofir bo’lganga.
Tavba qil kazzob banda,
Seni hech kim qo’llamas.
Men ham osiy bir banda,
Qilma meni sharmanda,
Hisob kuning kelganda,
Meni hech kim qo’llamas.
Shfqatingdan umidim,
Goho dunyoni dedim,
Jonimni g’amin yedim,
Meni hech kim qo’llamas.

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  16 Mart 2010, 17:54:56

Hayotdan bezdirar bu dardu dunlar,
Ba’zida qiynaydi uxlatmay tunlar,
Dev kirib ichimga devona bo’lmam,
Chun aqlu xushimdan begona bo’lmam.

Mirzo Alisher ham qalam tutgandi,
Mashrab devonayu, ne unutgandi,
Yaratgan Ruxsorin men hem istayman,
Muhabbat cho’gidan alam istayman.

Oxiri qandoqdir qayu bir yo’lning
Olamcha farqi bor o’ngu va so’lning
Ko’ngilni ba’zida kimga bog’ladim,
Behuda ishlarga dilim dog’ladim.

Hayolim tortqilab to’zg’itar gumon,
Qalbimga ko’mildi oh qancha armon,
Nolishga ravomas shukr qilgumdir,
Yonib ham bir kuni ado bo’lgumdir.

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  16 Mart 2010, 17:56:08

So’rov"¦
Bir kuni Azroil menga ham yetar,
Jonimni muhlatsiz olibon ketar.
Oqmi yo qop-qora farishta uni
Bilolmam yergami osmonga eltar?

Qabrimda yana ne kutadi meni,
Gunohlar azobi ilon yo chayon,
JAnnatdan bir bog’cha umidim bormi?
Bul holim faqatki Allohga ayon.

YAshaymiz savob yo gunohni bilmay,
Uncha muncha narsani nazarga ilmay,
Ertaga javobim ne bo’lar hali,
Umr tugan qolishiga parvo ham qilmay.

Ey do’stlar aytingiz netayin bugun,
Aytmagan so’zlarim qalbimda tugun,\
Jannatga boshlaymu o’zim va sizni,
Jim turib do’zaxga qilaymi surgun.

Sizniku bilmadim shunca mashqqat
Yetadi mening bir murg’ak jonimga
Arosat yo’ldaman boshimdir garang,
Do’stmisiz tushuning mening holimga.

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  16 Mart 2010, 17:56:34

Ofarin kerakmas, olqish kerakmas,
\Maqtovlar ortida ermak yashirin,
Qo’pollik qilsam gar kechiring meni,
Qaniydi aytolsam qalbimning sirin.
Bu shunday omonat tog’lar olmagan,
"œYukini qanday ham ko’taray" degan,
Ha,nodon insonmiz go’rni unutgan,
Besh kunlik dunyoni g’amini yegan.
Men shunday rasvoman amalsiz qolgan,
Holimni bilsa gar maymuinlar yig’lar,
Gar ruxsat bersangiz, ey azizlarim,
Aytaman ne dardlar yuragim tig’lar.

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  16 Mart 2010, 18:00:45

Matluba opani bu she'rlari Hayulla aka Hamidovga bag'ishlangan. Bu she'rni o'zlariga ham yetkazilgandi, endi sizlar ham bahramand bo'linglar. Alloh bu kishini mushkullarini oson qilsin. O'zi najot, sabr bersin. Amiyn.


Ul qadamlar xolsilik deb tashlanganda,
Har yo’liga zo’r chaqiriq boshlanganda,
Ko’z tegmasin ukam sizga ko’z tegmasin,
So’zingizdan qalb ko’zlari yoshlanganda.

Balki taqdir uchrashtirmas also bizni,
Alloh uchun do’st tutaman ukam sizni,
Duo qilib, har ko’ngil bir titraganda,
Garchi ado qilolmasman haqqingizni.

So’zlaringiz malham bo’lar yaro dilga,
Hidoyatla kirib boring har ko’ngilga,
Roziligin so’rab, ukam duo qildim,
Ba’zan sabab bo’loldingiz ko’zda selga.

Yaro ko’ngil va iymon aylasa firoq,
Iymonning ko’zini changlar bosgan chog’,
Doimo siz keldingiz mash’al ko’tarib
Zaif iymon yo’lini yoritgan chiroq.

Bu-ki dunyo o’tkinchidir hamma bilar,
Hoyu havas deya ba’zan bag’rim tilar,
Oxiratlar afzal bizga ro’yolardan,
Maqomiga erishtirsin havas qilar.

Qisqa qildim garchi so’zim ko’pdir hali,
Charx aylanar navbatidan galma-galdan.
Ustozimiz bitta Zotdir,Iloh bitta,
G’ariblarni duo qiling tong mahali.

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  16 Mart 2010, 18:01:29

Islom bir imoratdir
Kimdir unga g’isht bo’lar,
Kimdir uyning burchagi
Kimdir unga pesht bo’lar.
Yana kimdir poydevor,
Kimdir unga  sinch bo’lar,
Sinchli uyda xatar yo’q
DOim ko’ngil tinch bo’lar.
Derazayu eshikni
Bordir albat o’z o’rni,
To’sinla tomni yopib,
To’samiz yomg;ir qorni.
Bunda kimdir ishongan
Mustahkam ustun bo’lar,
O’ylab ko’rsam imorat
Ko’p bilan butun bo’lar.
Qaramay qo’ysak agar,
Nurab ketar har yona,
Go’zal bir imoratdan
Qolar faqat vayrona.

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  16 Mart 2010, 18:03:31

Nechun ko’ngil ko’z yosh to’kib tolmagaydir,
Munofiqlar bilganidan qolmagaydir,
Yaqinlarim nasihatim olmagaydir,
Men onamni bo’ylarini sog’inaman.

Payg’ambarlar sig’magan ul dunyolarga,
Biz aldanib qolmadikmi ro’yolarga,
Ul ko’ngilni oqqizaylik daryolarga,
Ravzayi ul muborakni sog’inaman.

Bilib netay, bilganlari  zoye bo’lar,
Bu yurakka gohda qon zardob to’lar,
Qachon toshdan suv chiqaru, chechak unar,
Iymondoshim chehrangizni sog’inaman.

Boshim garang dunyolarning g’avg’osidan,
Nasibam yo’q muhabbatning savdsodan,
Meh bir qulman, marhamat ul Mavlosidan,
Azrolildek bir do’stimni sog’inaman.

Qayd etilgan