Islomiy she'riyat  ( 447711 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 ... 89 B


Mubashshir Muhammad  16 Mart 2010, 18:05:08

Sarg’aygan kuz kezar xazongir bog’im
Istig’fir yuvarmi dildagi dog’im,
G’animat bildim men tiriklik cho’gim,
Dushmanin yuragin g’ashlab ketaman,
Ey dunyo, men seni tashlab ketaman.

Mendan ham ilgari qanchalar inson,
Senda tug’ilgani tutgandi makon,
Bir do’stim kelganda, bo’lganda imkon,
O’shal kun Allohga alabt yetaman,
Ey dunyo, emn seni tashlab ketaman.

Do’stlarim holimni so’rab tursalar,
Ko’nglimni mehrga o’rab tursalar,
Y’limni jannatga tomon bursalar,
Armonlar selini boshlab ketaman,
Ey dunyo, men seni tashlab ketaman.

Yaqindir ketishim bilib yuraman,
Hozircha murosa qilib turaman,
Imkoni kelganda sekin suraman,
Darveshday chorig’im sudrab o’taman,
Ey dunyo, men seni tashlab ketaman.

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  16 Mart 2010, 18:06:40

Men juda kech bildim ul haqiqatim,
ALLOH ho’p sinadi mening toqatim,
Sajdaga bosh qo’ydim, oshir iymonim,
Men endi bu yo’ldan qaytmagaydirman,
O’zgaga sirimni aytmagaydirman.

Rost so’zni so’zlasang aytar malolin,
Ajratmoq qiyinmish oshning halolin,
Insonlar bilsaydi vaqtning uvolin,
Yoronlar men endi qaytmagaydirman,
Nodonga so’zimni aytmagaydirman.

Qaysi bir yetimning boshin siladim,
Toqatim yetgancha farzin qiloldim,
Yaltiroq dunyoning aybin biloldim,
Ey do’stlar, men endi qaytmagaydirman,
Har kimga so’zimni aytmagaydirman.

Qalbimni bosganda titroqli tuyg’u,
Ko’zimdan qochganda kechalar uyqu.
Oxirat g’amidir dilimdaq ayg’u,
Ey Matlub, men endi qaytmagaudriman,
Dardimni bedilga aytmagaydirman.

Toabad sig’indim, Rabbim O’zingdir,
Titroqqa yig’latgan Qur’on so’zingdir
Ko’p mushtoq aylagan tengsiz Yuzingdir,
InshaAlloh yo’lingdan qaytmagaydirman,
O’zgani iloh deb aytmagaydirman.

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  16 Mart 2010, 18:09:12

Dunyo o’tib borar misoli shamol,
Insonlar o’tadi  topganda kamol,
Go’zal ibodatlar topmasin zavol,
Musulmon birodar,g’aflatda qolma.

Boy ham, kambag’al ham bir kun o’tadi,
Podsho, xizmatkor ham o’tib ketadi.
Bilmaysan qabrda nelar kutadi,
Musulmon birodar, g’aflatda qolma.

Allohdan hamisha tila yaxshilik,
Farz va sunnatlarga qilma qarshilik,
Solih amallarga bo’l doim sherik,
Musulmon birodar, g’aflatda qolma.

Dunyo ishlariga mukkangdan ketma,
Aslo g’animingga siringni aytma,
Axmoq bilimdonni sira d’st tutma,
Musulmon birodar, g’aflatda qolma.

Quyoshga ishonma botib ketadi,
Kuningga zeb berma,o’tib ketadi,
Hammasi dunyoda qolib ketadi,
Musulmon birodar, g’aflatda qolma.

Yolg’iz Yaratganga ibodat qilgin,
Solih amallardam qasrlar qurgin,
Dunyo lazzatini o’tkinchi bilgin,
Musulmon birodar, g’aflatda qolma.

G’animga ishonma aldab qo’yadi,
Tikilib turgancha ko’zing o’yadi,
Allohga suyangin,Alloh suyadi,
Musulmon birodar g’aflatda qolma.

G’iybat tuhmatlarga quloq tutmagin,
Masjid eshigidan befarq o’tmagin,
Muruvvat ko’rsatmay izzat kutmagin,
Musulmon birodar, g’aflatda qolma.


Davomi bor...Inshaalloh.

Qayd etilgan


JeeS  09 Aprel 2010, 09:16:12

Yaratganning mag'firatin tilab dildan,
Ibodatdan huzur va ishq istalgan kun,
Tabriklayin izn bering ey dindoshim,
Yetti kunga sulton bo'lgan Jum'a bugun!
Jo'madul ayyom barchangizga muborak bo'lsin azizlar!

Qayd etilgan


UzMuslim  09 Aprel 2010, 20:52:26

Haq rizosin tilab hijob tutgan qizlar
Halqning emas holiq lutfin kutgan qizlar
Haq ishqida nozin ichga yutgan qizlar
Pok qalbingiz chin ilohiy hislar tuysin
O'rangan oy yuzingizni Olloh suysin

Hayrulla Hamidov.

Qayd etilgan


Jamila  10 Aprel 2010, 00:16:19

ANGLASH
Dilimga
xush kalom solding: "œLo iloha illalloh",
Ham tanidim o‘z qulingni:
"œMuhammadur rasululloh".

Yo‘q edim-ku, bunyod etding, mehring ila
paydo qilding,
Shukur, deyman, yana menga pok lafzlar berding Alloh:
 

Yo‘lda edim, ko‘rishganlar, so‘rdilarkim asling nedur?
Javob
berdim: onam Havvo, padarimdir Odam ATO!

Shundoq deya asta-asta
anglayapman vujudimni,
Yana bildim ilk payg‘ambar  Odam ul
Safiyulloh.

"œFaqat Uni bilinglar, adolatda yuringlar"
Deya
payg‘om keltirdi, duoguy Nuh Nabiyulloh.

Ummati ilhaq doim, orzu
bitmas to Qoyim,
Habib pok iymonliga Xizru Ilyos  Hikmatulloh.

Farzandingdan
bo‘lgil judo, deya amr etdi Xudo,
Faqat Haqqa talpinmoqqa o‘rgatdi
ul Xalilulloh.

To‘rt tomonga boqib nolon, Sarvariga bo‘ldi
hayron,
Bu holatdan ko‘ngli shodon, ay, Muso, ay, Kalimulloh.

Jafo
ko‘rgan, jabr ko‘rgan, Iso edi sabr qilgan,
Oqibatda ko‘r qavmidan
ko‘kka ketdi ul Ruhulloh.

Yigirmayu yana uch yil, g‘amlar yutgan
bul kishi bil:
Haqqa yetib do‘st tutingan yo Muhammad Habibulloh.

Havas
qilar sizga bugun, jami dunyo, ahli mo‘min,
Payg‘ambarim avaylagan
yuz sahoba  yuzta ogoh!

Qora edi ko‘rinishi, toat bo‘ldi har
yumushi,
Yeru osmon zir titradi, Bilol aytgach: "œUlug‘ ALLOH:"

Ham
diliga, ham diniga Hamza edi mudom sodiq,
Shahid ketgan jigariga
dedi, Rasul: "œoh, Sayfulloh!"

Hazrat Ali, Hazrat Usmon, xalifatur
ar-Rahmon,
Abu Bakr Siddiqiga Umar yo‘ldosh  Asadulloh.

Sanayversak
xislatlarin, adosi yo‘q bu zotlarning,
Fazilati qo‘llar bizni, gar
adashsak, Yo‘lda nogoh.

Ulug‘larning ruhi poki, ko‘rgil endi aziz
xoki,
Shu tufayli bir ilinj, qalbga ko‘chdi banogoh:

"œHar
bandangning dilida, har kunida tunida,
Ezgu ishiga hamroh, bo‘lsa
agar "œBismilloh!"

Balki Ro‘zi qiyomat, kafil bo‘lib ibodat,
Barchamizdan
shafqatin darig‘ tutmagay Alloh.

Yana shuni so‘rayman, ijobatin
ko‘ray man,
Vido chog‘i nasib et: "œLo iloha illalloh!.."

Maqsud
JONIXONOV

Qayd etilgan


UzMuslim  12 Aprel 2010, 21:41:14


Tong otmoqda quyosh chiqmasdan,
Siz namozni tez o'qib oling.
Ustingizga qo'yilgan farzni,
Qazo qilmay tez uzib oling.
Omonat jon hali chiqmasdan,
Uyingizda aza bo'lmasdan.
Qabrgacha yetib bormasdan,
Namozingiz tez o'qib oling.
Tura qoling kech bo'lmasidan,
So'ng afsusda kuyib yonmasdan.
Alloh sizga jazo bermasdan,
Ibodatni tez ado qiling.
Jannatning bog'idir qabr,
Yoki do'zax cho'xidir qabr.
Dam g'animat umr qisqadir,
Tavbangizni tez ado qiling.
Qilgandirsiz katta gunohlar,
Yoki kichik,mayda gunohlar.
Kech bo'lmasin chekmang so'ng ohlar,
Allohimga tavbangiz qiling.
Jaynamozga qo'yib siz boshni,
Ko'zdan to'kib tavba yoshini,
Tark eting siz dildan gunohni,
Yaratganga sig'inib oling.
Turing endi ko'zingiz oching,
Haq yo'liga joylashib oling

Qayd etilgan


Jamila  14 Aprel 2010, 08:37:33

Bir kun savol berdi yoshgina o‘g‘lon:
- Nechun Allohim deb yig‘laysiz nolon.
Dedim, javobimdan bo‘lmagin hayron,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.
Tinimsiz aldasa muhit, makoning,
Tortsa oyog‘ingdan do‘stu yoroning.
Shunday o‘tar bo‘lsa har zum, har oning,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Noshukur emasman dunyoda garchand,
Qaydadir menga ham bor balki dilband
Va lekin tiriklay kuydirsa farzand,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Insofu ishonch ham shirin so‘z bari,
Tiriklik toshqindir yoki ko‘pkari.
To hayot ekansan qochgaydir nari,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Shunchalar kaj erur dunyoi gardun,
Undan diyonatni axtarmoq nechun,
Padar shod o‘z o‘g‘lin bag‘rin etsa xun,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Mingta ko‘z poylaydi bitta joningni,
Joningmas, martabang, balki shoningni,
O’t qo‘ymay yoqarlar xonumoningni,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Bu ko‘hna dunyoda yashadim nega,
Yaydoq ot misoli bo‘ldim beega.
Malomat qilurman, olomon, senga:
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Mendan ranjimasin bo‘lsa do‘st agar,
Balki ularning ham dilida kadar,
Hoynahoy mendaylar degay muqarrar:
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Umr ham oxirlab bormoqda sekin,
Endi sarg‘aymoqda men ekkan ekin.
Mayli, sen o‘zingga suyangil, lekin,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Aprel 2010, 09:00:39

Uzmuslim, Jamila, she'rning muallifi qani?

Qayd etilgan


Jamila  14 Aprel 2010, 09:02:46

Bu she'rni bir sayitdan olgandim bu yerda muallifi yo'q ekan.

Qayd etilgan